Birinchidan, istiqlol yillarida O’zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamitida o’ziga xos nufuzga ega bo’ldi. U o’zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko’rsata oldi.
Ikkinchidan, eng og’ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o’tish davrining o’ziga xos murakkabliklari mavjud bo’lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini ko’rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va ealt yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g’oyalar ta’sirida bo’lgan aholining talab-ehtiyojlarini o’z vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat’iyatlikni talab etadi. O’zbekiston hukumati xuddi ana shunday qat’iyatni ko’rsata bildi.
Uchinchidan, bozor iunosabatlariga o’tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning aosi bo’lgan qonun ustivorligiga erishish, qonun oldida barchaning tenligini ta’minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub islohotlarning Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqori baholandi va to’la tan olindi.
To’rtinchidan, xorijiy invalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan yo’lga qo’yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o’zgartirish, uni jahonning eng ilg’or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo’li tutildi. Bu O’zbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o’rtasida eng to’g’ri yo’l tanlaganini ko’rsatdi.
Beshinchidan, O’zbekiston hukumatining islohchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an’analari bilan uyg’un holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sadagoh kabi muqaddasdir», «Savob ishni har kim qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, aqlli, dono va albatta baxtli bo’lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg’un holda dunyoga keldi. Bugungi O’zbekistonning tom ma’noda ma’naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarininguyg’unligi natijasidir.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, o’tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchiningo’rni yana ham yaqqolroq ko’zga tashlanadi. Chunki, bu paytda hali ma’lum bir siyosiy tutum, siyosiy qatlam va jamiyatni yo’naltiradigan oqim shakllanmagan, qarashlar bir o’zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo’lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o’z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. O’zining iymon-e’tiqodini, taqdirini u bilan bog’laydi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda mustaqillikning o’tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondoshish usuli bilan bog’lanib ketgan. Xohlaymizmi-yo’qmi, davlat arbobining siyosiy qiyofasi o’tish davrining noyob maxsuli sifatida tarix sahifalarida Bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o’rnashgan bo’ladi. Demak, mustaqllik davri tarixini o’rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy bog’langanligini yaqqol ko’ramiz va uni sahifalarga aynan ko’chirishga intildik. Tarixiy haqiqat ham, hayotiy va ilmiy haqiqat ham shuni taqozo etadi.
Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni o’rganish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yoshlarni tarixiy an’analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatang muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |