15- sentabr kuni Bolgariyaga qaqshatqich zarba berildi. 28- sentabr kuni esa Bolgariya bitim imzolashga majbur bo’ldi. Shu tariqa, Bolgariya «To’rtlar ittifoqi» davlatlari ichida birinchi bo’lib urushdan chiqdi. 29- oktabr kuni Avstriya-Vengriya yarashish bitimini imzolash haqida Antantaga murojaat qildi. 3- noyabr kuni shunday shartnoma imzolandi va Avstriya-Vengriya ham urushdan chiqdi. 30- oktabr kuni Turkiya Antanta bilan yarash bitimini imzolashga majbur bo’ldi.

Urush Germaniyada inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi. 9- noyabrda Germaniya imperiyasi quladi. Imperator Vilgelm II taxtdan voz kechdi va mamlakatdan qochib ketdi. 10- noyabr kuni sotsial-demokrat Ebert boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 11- noyabr kuni Kompen o’rmonida marshal Foshning shtab vagonida Antanta bilan yarash bitimi imzolandi. Shu tariqa birinchi jahon umshi Antantaning g’alabasi bilan tugadi.

1919- yil 28- iyunda Versalda sulh shartnomasi imzolandi. German bloki davlatlari talandi, ko’pgina hududlaridan ajraldi, 132 mlrd. marka reparasiya to’laydigan bo’ldi.
Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi. Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar edi. Urushga 74 mln. ga yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. kishi o’ldirildi, 20 mln. kishi esa yarador bo’ldi. Bundan tashqari, juda ko’p kishilar kasallik va ochlikdan o’lib ketdi.

Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirokchilari bo’Igan davlatlar о’г milliy boylikiarirung uchdan bir qismini yo’qotdilar.
Insoniyat birinchi jahon urushigacha bo’lgan 1000 yil davomida yuz bergan barcha urushlarda ham bunchalik qurbon bermagan edi.