Tarix fanlari kafedrasi ummatov mirzohid zokirjonovich


KIRISH Mavzuning dolzarbligi



Download 351,5 Kb.
bet2/10
Sana16.05.2023
Hajmi351,5 Kb.
#939258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tarix fanlari kafedrasi ummatov mirzohid zokirjonovich

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Milliy mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston yangi yo`ldan taraqqiy eta boshladi. Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston o’tgan yigirma bir yil ichida o’ta mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. Buni oldindan yaxshi bilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz1.
Shu bilan birga, istiqlol O`zbekiston xalqiga ma`naviy uyg’onish, o`zlikni anglash, boy tarixiy o`tmishini o`rganishga imkon yaratib berdi. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma`naviy merosini o`rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. Ma`naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma`naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek “…tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasorati tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda”2. Prezident tarixiy xotira to`g’risida fikrini davom ettirar ekan – “Tarixiy xotira tuyg’usi to`laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o`tgan yo`l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o`rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi,”3 – deya haqli ravishda qayd etgan.
Ma`lumki, toponimika yunoncha “topos” – “joy” va “onoma (yoki onima)” – “nom” so'zlaridan tarkib topgan bo`lib, shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko'llar, tog'lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o'rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi.
O`zbekiston hududi shaharlarga boy hisoblanadi. Yurtimizda Toshkent, Qo`qon, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Xiva, Urganch, Termiz, Qarshi, Jizzax kabi qadimiy shaharlar bilan bir qatorda, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Sirdaryo, Guliston, Quvasoy, Nukus, Angren, Oxangaron va boshqa ko`plab yosh shaharlar ham mavjud. Bu shaharlar nomlarining o`ziyoq bir tarix xisoblanadi. O`zbekiston shaharlari aksariyatining nomlanishi xaqida turli xil ma`lumotlar mavjud.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O`zbekiston shaharlari toponomikasini o`rganish va tahlil qilib, xulosa chiqarish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish