Tarix fani metodologiyasi fanining vazifasi: Tarixiy bilish metodlarini tizimi to`g`risida bilim berish;
Tarixiy tadqiqot metodologiyasi va metodlari to`g`risida bilim hosil qilish;
Tarixiy tadqiqot metodologiyasining tamoyillarini ijodiy qo`llash ko`nikmasini shakllantirish, hozirgi tarixiy bilish paradigmalarini epistemologik ildizlari aniqlash, hamda tarixiy jarayonning global nazariyalarini epistemologik tahlil qilish.
Tarixiy manbalar, dalillar muammolari bo`yicha adabiyotlardan mustaqil foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish;
Tarixiy jarayon nazariyalari bilan ularni qurilish uslublari to`g`risida bilim berish;
Tarixiy jarayon nazariyalari epistemologik asoslarini tadqiq qilish uquvini shakllantirish;
Istoriosofiya muammolari bo`yicha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash malakasini hosil qilish;
Tarix faning nazariy –metodologik muammolarini o`rganishning hozirgi holati to`g`risida tushuncha hosil qilish.