Tarix fani haqida


Mehnat va mehnat qurollarining roli, fikr, nutqning vujudga kelishi



Download 0,55 Mb.
bet3/5
Sana11.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#347901
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy topshiriq 1

3. Mehnat va mehnat qurollarining roli, fikr, nutqning vujudga kelishi.

Qadimgi odamlar toshga ishlov berib uni mehnat quroliga aylantirganlar. Ishlov berilib, bodom shaklida yasalgan va foydalanilgan tosh qurolning uzunligi 10–20 santimetrni tashkil etgan. Og‘irligi esa besh yuz grammdan bir kilogrammgacha bo‘lgan. Bu dastlabki mehnat qurolining ikki tomoni boshqa tosh bilan tarashlangan.



T oshdan va tayoqdan yasalgan mehnat qurollari

Undan biror narsani urish, kesish, o‘yish va ko‘zlangan masofaga irg‘itish quroli sifatida foydalanilgan. Qadimgi odamlar o‘z mehnatlarini yengillashtirish maqsadida  mehnat qurollarini yanada takomillashtirib borganlar. Masalan, sinantroplar oldingi ajdodlariga qaraganda qirralari o‘tkirroq uchli  hamda ushlash uchun undan ham qulayroq qurollar yarata olganlar. Bu qurollardan foydalanish ancha qulay bo‘lgan.

Neandertal odami toshdan uchi yanada uchqurroq ish qurolini yaratgan. Suyakdan esa kundalik hayotiy ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan turli xildagi o‘tkir uchli mayda mehnat qurollari yaratgan. Kromanyon odami toshdan pichoq, nayza, turli xil keskich, qirg‘ich, bigiz, suyakdan esa igna, qarmoq, sanchqi yaratgan. Suyakdan igna yasab tikishni kashf etdi. Sun’iy olov hosil qilishni o‘rganib oldi. Keyinchalik o‘q-yoy ixtiro qildi. Bu insoniyat tarixidagi yirik ixtiro edi. Ayni paytda odamlarning itni qo‘lga aylantira borishi natijasida chorvachilik vujudga keldi.

Bora-bora odamlar kulolchilikni o‘rgandilar va o‘rgatishi, kundalik iste’moldan ortiqcha hayvon ovlana boshlagach esa yovvoyi hayvonlarni uy hayvonlariga o‘zlarining kuzatuvchanliklari bois tabiatda uchraydigan mis, qalay va qo‘rg‘oshindan mehnat qurollari tayyorlay boshladilar. Keyinchalik metallar aralashmasidan tayyorlangan bronza (jez)ni ixtiro qilishgan. Shuningdek, g‘ildirakli arava, o‘ziga xos qo‘l tegirmoni, charxpalak ixtiro qilingan. Vaqtlar o‘tishi bilan inson temir uchli omoch, temir bolta va boshqa muhim mehnat qurollari yaratadi. Bu esa dehqonchilikning rivojlanishiga yordam beradi.



Ibtidoiy toʻdadan soʻnggi paleolitga oʻtish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ancha oʻzgardi va taraqqiy etdi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda ibtidoiy jamoaning har bir davriga mansub mehnat qurollari Fargʻona vodiysidagi Selungur gʻorida va boshqa joylarda topildi. Arxeolog A. P. Okladnikov tomonidan 1938-39- yillarda tekshirilgan Teshiktosh gʻori yodgorliklari ham mazkur davrning mustʼe bosqichiga mansubdir.Yuqori paleolit davri odamlari xoʻjaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bugʻu, yovvoyi ot, sirtlon, arxar, qulon, tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz mevali oʻsimliklarni ham terib-terib ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning ham dastlabki kurtaklari paydo boʻlgan. Bu davrda ov va mehnat qurollarining turi koʻpaygan. Tosh qurollari ishlash uslubi oʻzgargan. Bunga esa tosh qurollarini yasash texnika sidagi yangilik sabab boʻlgan. Yorma texnika usuli ilk bosqichda keng qoʻllanilgan boʻlsa, keyingi bocqichlarda retushlash usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini koʻpaytiribgina qolmay, ularning mayda, yaʼni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib, kerakli shaklga keltirish tushuniladi. Bu usul juda murakkab boʻlib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. Retushlangan nukleuslar toʻgʻri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqalashgan. Pichoqlar paydo boʻlgan. Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirgʻich boʻlgan. Tosh kesgich qattiq materiallarni ishlashda foydalanilgan. Tosh qirgʻich uzunchoq parrakcha boʻlib, bir uchi yoysimon tigʻ boʻlgan, muste davridagi qirgʻichdan ancha farq qilgan, undan yumshoq materiallarni ishlashda foydalanganlar.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish