Dara-i-SHo‘rg‘or makoni. Bu makon 1978 yil A.X.YUsupov tomonidan Nurek suv ombori atrofini arxeologik qidiruv va kuzatuv jarayonida kashf etilgan. 1977-78 yillarda V.A.Ranov, A.X.YUsupov, T.Filimonovalar tomonidan makonda qazilma ishlari amalga oshirilgan. A.X.YUsupov va T.Filimonovalar ko‘rsatishicha mazkur g‘or makoni madaniy qatlamlari qisman buzilgan qatlamlar hisoblanadi. SHu bois arxeologik topilmalar aralashib ketgan. Hammasi bo‘lib 5000 dan ortiq arxeologik topilmalar qo‘lga kiritilgan va tosh buyumlari to‘plamlarining tipologik tahlili ularning 10 foiziga yaqini Hisor madaniyati elementlari tashkil etganligini ko‘rsatgan. Tosh qurollari T.T.Filimonova tomonidan maxsus trassalogik jihatdan o‘rganilgan bo‘lib, ilmiy tahlillar natijalaridan tosh buyumlarning ko‘pchiligi maxsus ishlov berilmasdan turmushda ishlatilgani ma’lum bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |