Tojikiston hududi mezolit davri yodgorliklari. Tojikiston hududi mezolit davri yodgorliklari nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Bu borada arxeolog olimlardan, A.P.Okladnikov, V.A. Ranov, A.G.Amosova, A.YUsupov, V.A.Jukov, T.G. Filimonova kabi olimlarning tadqiqotlari muhim hisoblanadi. 1965 – 1984 yillar maboyinida 10 dan ortiq mezolit davri yodgorliklari tadqiqotiga erishilgan. Asosiy yodgorliklar Vaxsh, Kofirnigon va Panj vohalaridan topilgan bo‘lib, ulardan Tutqovul, Say-Sayyod, Oq tanga, SHugnov va Darai-SHo‘r yodgorliklarida bevosita qazilma ishlari bajarilgan. Madaniy qatlamlari buzilgan, lekin yaxshi tosh buyumlari to‘plami topilgan yodgorliklar CHilchor-CHashma, Makoni-Mor manzilgohlari hamda Beshkent vohasi manzilgohlari hisoblanadi(26-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |