Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Tosh asriga umumiy tasnif va antropogenez jarayoni masalasi



Download 1,5 Mb.
bet3/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Tosh asriga umumiy tasnif va antropogenez jarayoni masalasi

Tosh asriga umumiy tasnif, inson va tabiat, tosh davrida inson konsepsiyasiga doir innovatsiyalar va ularning ilk jamiyat rivojidagi ijtimoiy ahamiyati va o‘rni, tosh asrining rivojlanishi bosqichlari, antropogenez jarayoni masalasi: monotsentrizm va politsentrizm ilmiy nazariyalari, O‘rta Osiyoning odamzod tomonidan o‘zlashtirilishiga asos beruvchi antropologik topilmalar.

Jahon tarixshunosligida kishilik tarixini tosh, mis-tosh, bronza va temir davriga bo‘lib o‘rganish amaliyoti qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday tarixiy davrlarga bo‘lib o‘rganish ishlariga qadimgi davr mutafakkirlari ham o‘z davrida e’tibor qaratishganliklari haqida ma’lumotlar mavjud. Xususan, materialist Lukretsiy Kar (mil.avv.1 asr) odamzod uzoq davrlardan buyon yashab kelayotgani va ular yaratgan moddiy madaniyat, iqtisodiy, madaniy yutuqlari ketma-ketlikdagi tarixiy davrlarda sodir bo‘lganligini ta’kidlab, insoniyat tarixini tosh, bronza va temir asrlariga bo‘ladi.

Insoniyat taraqqiyoti tosh davridan boshlab kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlari- tarixiy davrlari uchun xos bo‘lgan bosqichli, tizimli, ma’lum tabiat qonuniyatlariga asoslangan rivojlanish tarixiga ega. Kishilik tarixining ilk jamiyati rivoji bosqichi bag‘rida insonning tabiatga qaramligidan asta-sekin, evolyusion tarzda o‘z kunlik turmush, tarzi, mashg‘ulotlari mehnati jarayonida tabiat hodisalarini mohiyotini tushinib, ularni o‘ziga bo‘ysindirganligi favqulodiy hodisa bo‘lmasdan, balki bu jarayon ularning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda ketma-ket erishgan innovatsiyalarining ham mahsulidir. Bu innovatsiyalar zamirida faqat insonning o‘z mehnati faoliyatida to‘plagan tajriba, bilim ko‘nikmasi va iqtidorini ma’lum maqsadga to‘g‘ri va ongli yo‘naltiraolganlik qobiliyati yotadi. Bu taraqqiyot yo‘li, tarixiy jarayonlar insonning o‘zining biologik jihatdan takomillashishi va uning jamiyati rivoji uyg‘unligi bilan bevosita bog‘liq.

Kishilik ilk jamiyati rivoji tadqiqotlari fan yutuqlarida ham o‘z ifodasini topgan. Bu XIX asrda tarix fanining erishgan yirik yutuqlaridan biri – insoniyat tarixining ilk jamiyati rivojida inson xo‘jalik madaniy taraqqiyoti evolyusiyasi bosqichlarining aniqlanishi bilan xarakterlanadi. «Yovvoyilik» va «Varvarlik» taraqqiyot bosqichlaridan iborat davriy sistema fanda o‘z kuchini hozir ham saqlab kelmoqda. Ushbu xronologik sistemani dastlab ishlab chiqqan amerikalik olim L.G.Morgan o‘z vaqtida etnografik va qisman lingvistik manbalarga tayangan edi. Ammo, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab arxeologiya fani yutuqlari tufayli boy manbalar qo‘lga kiritildi, tarixiy taraqqiyotning arxeologik davriy sistemasi ishlab chiqildi va unga ko‘ra paleolit tarixan yovvoyilik, qisman mezolit davrlarini o‘z ichiga olib, kishilik jamoalarining kunlik mashg‘uloti asosini o‘zlashtirma xo‘jalik ovchilik, termachilik tashkil qilgan bo‘lsa, mezolit, neolit davri «varvarlik» esa muayyan o‘troqlashib yashashga o‘tish bilan tirikchilik xo‘jaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik, ya’ni ishlab chiqarish iqtisodiyoti bilan izohlanadi. SHunday qilib, paleolit davri va ilk mezolit davrlari ovchi, termachi jamoalar, keyingi mezolit, neolit davrlari esa qo‘nim, muqim yashovchi dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi jamoalar yashagan tarixiy bosqichlar hisoblanadi.

Insoniyatning ilk jamiyati tarixiy taraqqiyot yo‘li, ayni vaqtda fanda garchi, g‘arb mutaxassislaridan G.Chayld, R.Breydvud singari olimlar tomonidan bu xronologik sistemaga qisman o‘zgartirishlarni kiritishga urinishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq ,u hozircha asl holatini saqlagan tarzda fanda qo‘llanilib kelinmoqda.

Ma’lumki, kishilik tarixi tarixi rivoji ilk bosqichlarini tosh asri (3-2 mln.- mil avv. IV ming yilliklar) o‘z ichiga oladi. Bu davr odamzodning tosh qurollari yasashi bilan hayvonat dunyosidan ajralishi, ya’ni odamzod paydo bo‘lishi va uning ilk vatanlari, uning moddiy madaniyati o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tarixiy davr hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, tosh asri dastlabki bosqichlarida odamlar hali tabiatga to‘la qaram bo‘lishgan. Bu qaramlik bir tomondan odamning hali biologik jihatdan takomillashmaganligi, ikkinchi tomondan uning turmush tarzi hali hayvonlar turmush tarzidan deyarli farq qilmaganligi bilan izohlanadi. Mehnat qurollari juda sodda, yashash joylari ham tabiiy holdagi yomg‘ir, qor bo‘ron, izg‘irinli sovuq shamollardan panoh etadigan g‘or, o‘ngurlar, daraxt ustlari kabilar bo‘lishgan., Ular o‘zlari yashab turgan atrof muhit, tabiatni, tabiat sirlarini tushunishmagan. Garchi, odamlar tosh qurollarini yasashib va ulardan foydalanishib, primitiv tarzda o‘z kunlik ehtiyojlarini qisman qondirishgan bo‘lishsada, lekin tabiatga qaram bo‘lishib, tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishgan, ularni topish uchun termachilik, sodda turdagi ovchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Ular ochlikdan qirilib ketmaslik va yirtqich hayvonlarga em bo‘lib ketmaslik uchun beixtiyoriy ravishda kichik-kichik guruhlarga birlashishib, ibtidoiy to‘da, ibtidoiy gala tarzida hayot kechirishgan. Lekin, izlanishlar ko‘rsatishicha, garchi asta-sekinlik bilan bo‘lsada, odamzod jamiyati shakllana borgan, odamning o‘zi ham biologik jihatdan takomillasha borganligining guvohi bo‘lamiz. ko‘ramiz. Ikkala holatda ham inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi masalasi mazmunan o‘ta dolzarbdir. Bu aloqadorlik so‘zsiz ularning kunlik turmush tarzi, mashg‘ulotlari mehnati jarayonida kechadi. SHu jarayonda odamlar o‘zlari yashayotgan atrof muhitni bilishga intilishlari shakllanadi, bu intilishlar esa odamlar o‘z turmushlarini yaxshilashga qaratilgan ixtiro va kashfiyotlar yaratishlariga olib kelganki, ular tom ma’noda o‘z davrining innovatsiyalari demakdir. Masalan, tosh qurollarining turmushda bajargan funksiyasiga ko‘ra turlarining ko‘payishi, odamzodning dastlab tabiiy olovdan so‘ngra sun’iy olovdan foydalanishlari shu innovatsiyalar jumlasiga kiradi.



Inson borki, u o‘zi yashayotgan tabiiy landshaft, atrof muhit, ekologik sharoit ta’siri va qurshovida bo‘ladi. SHu omillardan kelib chiqib, insonning kunlik turmush tarzi, xo‘jalik mashg‘ulotlari, tafakkuri, ongi, moddiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Ushbu xususiyatlarning asosini tosh qurollari yasalishi tashkil etadi. Tosh qurollari o‘z mazmunini turmushda bajaradigan funksiyasida topadi. Eng muhimi ishlab chiqarish vositalari moxiyatida ibtidoiy odam imkoniyatlari uning tabiat, jamiyat, atrof muxitga bo‘lgan munosabati o‘z aksini topgan. Ishlab chiqarish vositalari -tosh qurollar, yog‘ochdan yasalgan qurollar, sopol buyumlar o‘z yasalish texnologiyasi bilan ishlab chiqarishning mazmun moxiyatini, tarixini, moddiy madaniyat mazmunini beradi. Ibtidoiy davr ishlab chiqarishda odamlar kunlik turmushda, xo‘jaligida ishlatiladigan qurollarning ma’lum bir funksiyani bajarganligini, yasalish texnalogiyasini bilib olishda, albatta munozarali-bahsli xolatlar uchrab turadi. Tosh qurollarining turmushda, xo‘jalik yumushlarida bajargan funksiyalarini bilishda, ularda ishlatilganidan saqlanib qolgan izlarnining o‘rni va ahamiyati katta: 1. Tosh qurollari ish maydonida ishlatilganini bildiruvchi izlar; 2.Bevosita tosh qurollariga ikkinchi ishlov berilganlik izlari. Birinchi kategoriya bo‘yicha biz tosh qurollarini qanday maqsad uchun ishlatilgani va uodam tomonidan qanday qo‘llanilganligini bilib olamiz. Ikkinchi kategoriya bo‘yicha esa biz bevosita bu qurolning o‘zi qanday yasalganligi texnikasi, texnologiyasini bilib olamiz. Bu kategoriyalarni bilib olishimizda olimlar trassologik tajriba usullaridan foydalanishgan. Bu uslubdan tosh qurollarining turmushda qanday funksiyalarni bajarganligi ma’lum bo‘ladi. Masalan qirg‘ichlar bilan hayvon terilariga ishlov berishgan. Pichoqsimon qurollar bilan hayvon go‘shtlarini burdalashgan va hakoza.Tosh qurollarida saqlanib qolgan ikkinchi marotaba ishlov berilganlik izlari tadqiqotchilar uchun juda muhim hujjat hisoblanadi. Sababi, bu izlar tosh qurollarni birinchidan tosh shakli, ish maydonlari (m. keskir qirralari,tig‘lari) bilan qurol turmushda malum funksiyani bajarganligi, ikkinchidan odamzod qurolni qay darajada ishlatish xarakati xolatlarini bilishimizda, uchinchidan qurolga qanday usullarda ikkinchi marotaba ishlov berilganligini bilishimizda juda axamiyatlidir.

Mexnat qurollarida saqlanib qolgan ibtidoiy odamlar faoliyatining izlarini o‘rganish mutaxassis olimlarning doima diqqat markazida bo‘lgan. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, qurollarda saqlanib qolgan izlar quyidagicha bo‘lgan: 1) Dastlabki uchirib olinganlik izlari va ularning shakllari; 2) ikkinchi marotaba ishlov berilganlik izlari (kertuv, ezish, qarama-qarshi holatda, tishsimon); 3) ish qurollarini silliqlash, 4) qirqib olinganlik izlari, 5) parmalab teshilganlik izlari. Tosh qurollarida saqlanib qolgan izlar o‘rganilishi ularning turmushda bajargan funksiyasini bilishda muhimdir. Birinchi marotaba yirik shoxli xayvonlar suyaklarida saqlanib qolingan izlar 1828 yili Oda g‘ori makonidan topilgan suyaklarda aniqlangan. Keyinchalik, E.Larte va G.de.Mortilelar ham hayvon suyaklarida saqlanib qolgan izlarni boshqa hayvon tishlari bilan bu suyak kamirilganidan farq qilishini aniqladilar, aniqrog‘i suyakda qolgan izlar o‘tkir uchli, qirrali tosh qurollari ishlatilganidan qolgan izlar ekanligi isbotlandi. Tosh qurollarida saqlanib qolgan izlarni trassologik-tajriba yo‘li bilan maxsus o‘rganuvchi dastlabki laboratoriya Rossiya Fanlar Akademiyasining moddiy madaniyat tarixi Instituti qoshida faoliyat ko‘rsatgan. Bu labaratoriyada mutaxassislar ko‘rsatishicha, tosh qurollari–dastlab xarsang holatidan uchirib olinib, to tayyor holda mehnat quroli ko‘rinishiga kelguncha bo‘lgan jarayonni tiklash, amaliyotda qo‘llash imkoni bo‘lgan. Aniqrog‘i, ibtidoiy davr muhitida tosh qurollari yasash va ularga ishlov berish sharoitiga ega bo‘lgan laboratoriya hisoblangan. Masalan, G.A.Bonch-Osmolovskiy Kiyik –Kobo g‘or makonidan bir nechta boldir suyagi ajratib olib, ularni tosh qurollarga ikkinchi marotaba ezish uslubida ishlov berish amaliyotini asoslagan. Ko‘pincha tosh qurollaring yon qirrasiga hayvon suyaklari orqali ishlov berilganligi aniqlangan. G.A.Bonch-Osmolovskiy birinchi bo‘lib, tosh qurollarining turmushda bajargan funksiyasi turlicha bo‘lganligi haqida fikr bildirgan. M.V.Voevodskiy laboratoriyada sopol idishlar ustida sinov-tajriba o‘tkazdi. G.G. Lilileyko esa birinchi bo‘lib tosh munchoqlarga ishlov berishni labaratoriya sharoitida sinab ko‘rdi hamda tosh munchoqlarda teshish, parmalash, silliqlash jarayonida saqlanib qolgan izlarni o‘rgangan. Shuni alohida takidlash lozimki, ko‘pgina tadqiqotchilar tosh qurollarida saqlanib qolgan izlarni aniqlashda qiynalishardi. Yani, bu izlar haqiqatdan ham ishlab chiqarishda ishlatilganlikning belgisimi yoki tabiat tasirida (ishqalanish, suv yoki shamolda silliqlanish) hosil bo‘lganni aniq muhim bo‘lgan. Bularni ajratish uchun birinchi navbatda chaqmoqtosh mikrotizimiga hamda eng muhimi, bu izlarni predmetda qo‘llanishi uning shakli bo‘yicha to‘g‘ri keladimi yo‘qmi, bunga etibor berish kerak va hattoki tosh qurolni odam dastgohsiz ishlatgan bo‘lsa, unda uni qo‘l bilan ushlash imkonini beruvchi holatlar hisobga olinadi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, u tosh qurol bo‘lsin, suyak quroli bo‘lsin, ishlab chiqarishda ishlatilganligini ifodalovchi bosh belgi to‘g‘ri chiziqli belgilar, izlar hisoblangan. Ana shu belgilarni aniqlashda labaratoriya sharoitida mikroskoplar qo‘llanilgan. Ibtidoiy odamlar xo‘jalik faoliyati jarayonlaridan kelib chiqib mehnat qurollari bajargan funksiyani ham bilib olish mumkin: 1)Daraxtlarga ishlov berish, qirqish yoki po‘stini archish ishlari pichoqsimon qurol,bolta,tesha,qurol orqali bajarilgan; 2) Erni qazish ishlari esa uchi uchqur tayoqchalar, motigalar yordamida bajarilgan; 3) YOvvoiy hayvon gavdasini burdalash ishlari pichoqsimon qurollar orqali bajarilgan; 4) Hayvon terilariga ishlov berish qirg‘ichlar, silliqlovchilar orqali bo‘lgan; 5)Terini teshish va uni tikish ishlari toshdan yoki suyakdan yasalgan buguzlar orqali bajarilgan; 6) Daraxt, suyak, toshni teshish yo‘llari turli suyak va toshdan yasalgan teshgichlar orqali bajarilgan; 7) Toshga ishlov berish suyak va toshdan yasalgan predmetlar orqali bo‘lgan; 8) Suyaklarga ishlov berish esa kesgich, teshgichlar orqali bo‘lgan ; 9) boshoqli donlarni, buyoqlarni maydalash, un qilish ishlari yorg‘uchoqlar, kelilar orqali bajarilgan; 10) Donli ekinlarni o‘rish toshdan yasalgan o‘roqlar, qadama qurollari orqali bajarilgan. SHu kabi mehnat qurollari tarixiy taraqqiyot bosqichlari ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi, aholi kunlik turmush tarzi, iqtisodiy xo‘jalik asoslari, moddiy madaniyatini yoritishda o‘ziga xos birlamchi manba hisoblanadi.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish