Janubiy O‘zbekiston territoriyasi mezolit davri yodgorliklari
O‘zbekistonning janubiy sarhadlari tosh davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida istiqbolli o‘lkalardan biri sanaladi. Buni o‘tgan asr 30-yillari oxirlaridan e’tiboran ayni kunlargacha aniqlanib, tadqiq etilgan tosh davri yodgorliklari tadqiqotining natijalari ko‘rsatib turibdi. Bu yodgorliklar Teshiktosh, Amir Temur, Machay Angilak g‘or makonlari, To‘da yodgorliklari, Zarautkamar qoyatosh rasmlari yodgorliklari hisoblanadi. Xususan, Machay g‘or makoni tadqiqotlari mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda o‘ta ahamiyatli hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |