O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
MANBASHUNOSLIK KAFEDRASI
Fakultet dekani: Mo‘minov A.G’.
Kafedra mudiri: Rahmonqulova Z.
KURS ISHI
Mavzu: Xiva xonligiga oid manbalar tasnifi
5120300-Tarix(mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
Tayyorlovchi:Jo‘raqulov Otabek
Qabul qiluvchi:Botirov Elbek
Toshkent-2022
MAVZU; XIVA XONLIGI TARIXIGA DOIR MANBALAR TASNIFI
REJA
XIVA XONLIGI TARIXIGA DOIR MANBALAR TASNIFI
KIRISH……………………………………………………………………………………….
I.BOB. O’RTA OSIYO TARIXCHI OLIMLARI TOMONIDAN XIVA TARIXI BUYICHA YOZGAN MANBALAR.
I.1.O’zbekiston olimlarining Xiva tarixiga oid asarlari.
I.2.XVI-XIX asrlar tarixiga oid asarlar va manbalar tasnifi
II.BOB. Xiva xonligi buyicha chet el tarixchilar tomonidan yozib qoldirgan manbalarni o’rganish
II.1.Xiva xonligi buyicha rossiyalik mualliflarning
manbalar va asarlar.
II.2.Xeva xonligi buyicha yevropa tarixchilari yozib qoldirgan manbalar.
XULOSA……………………………………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………………………….
KIRISH
O‘zbekiston mustaqilligining ilk paytlaridanoq asl manbalarga tayangan holda, chuqur ilmiy tahlil, yaxlit bir konsepsiya asosida xalqning haqqoniy tarixini yaratish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zero, tarixiy voqelikni haqqoniy va to‘laqonli aks ettirishning zarurshartlaridan biri birlamchi manbalardan foydalanish, ularni ilmiy iste'molga kiritish hisoblanadi.
Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini o‘rganishda yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Xonlik tarixi bilan bog‘liq ma'lumotlar asosan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (“Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome' ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohid ul-iqbol”) va Muhammad Yusuf Bayoniy (“Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”), Sayyid Homid To‘ra Kamyob (“Tavorix ul-xavonin”) singari xivalik tarixchilar asarlarida qayd qilingan bo‘lib, ular XVII asrda Abulg‘oziy Bahodirxon boshlab bergan tarixnavislik ilmini davom ettirganlar, hamda rivojlantirganlar. Ushbu mualliflar o‘zlaridan oldin o‘tgan va zamondoshlari asarlaridan ham foydalangan xolda,voqea-hodisalarga o‘zlarining fikr-mulohazalari, tanqidiy yondashuvlarini bildirganlar.Ogahiy,Bayoniy va Kamyobning tarixiy asarlari faktik ma'lumotlarning ko‘pligi va aniqligi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.Rus olimi akademik V.V. Bartold Munis va Ogahiy asarlarini adabiy- tarixiy asarlar deya ta'kidlagan27. Olimning ushbu fikriga qo‘shilgan xolda shuni aytish mumkinki, Ogahiy, Bayoniy va Kamyob asarlarida tarixiy voqealar bayon
etilib, faktik ma'lumotlar keng o‘rin olgan bo‘lsada, bayon etish usuli adabiy ekanligi ko‘rinadi. Ma'lumki, Xiva xoni Eltuzarxon tashabbusi bilan Munisga Xorazm tarixini yozish ishi topshirilgan. Ogahiy tomonidan yakunlangan ushbu “Firdavs ul-iqbol” asarining ahamiyati shundaki, asardan Xiva xonligining qariyib 300 yillik (1511 – 1825) tarixi, shu davr mobaynida istiqomat qilgan turli etnik guruhlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni, yer egaligi, soliq va majburiyatlar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalariga oid ma'lumotlar o‘rin olgan. Ayniqsa, Qo‘ng‘irot urug‘larining Xorazm hududiga kelib joylashishi, bu urug‘ vakillarining Xorazmdagi siyosiy voqealarda muhim ro‘l o‘ynay boshlaganlari tarixi hamda xonlik taxtiga erishish yo‘lida qilgan tadbirlari bayon qilingan.Ogahiy yashagan davrda Xivada yetti marta xon almashgan, muallif ularning faoliyati davrida bo‘lgan tarixiy voqealarni bayon etuvchi beshta tarixiy asarlarini yozishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, Olloqulixon hukmronligi davrini (1825 – 1843) yorituvchi “Riyoz ud-davla” (“Saltanat bog‘lari”) asari shular jumlasidandir. Ushbu manbaning qimmati shundaki,unda Olloqulixon davrida yuz bergan voqealar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalar, xalqning turmush tarzi, madaniyati, mamlakatda hukm surgan diniy ahvol keng yoritilgan.
Ogahiyning tarixlar sarasi yoki tarixlar qaymog‘i nomini olgan “Zubdat ut-tavorix” asari Xiva xoni Rahimqulixon saltanati voqealarini(1843 – 1846) tasvirlaydi. Ushbu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism Rahimqulixonning tug‘ilishidan boshlanib, diniy, dunyoviy va harbiy ilmlarni egallashi, Hazorasp hokimi sifatidagi faoliyati, hamda xonlik taxtiga chiqquniga qadar bo‘lgan voqealar, ikkinchi qismda xonning taxtga chiqqandan vafotigacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Ushbu asar 2009 yilda Rashid Zoxid muharrirligida nashr qilindi.Tadqiqotchi Nurboy Jabborov uni nashrga tayyorlab, asarni so‘z boshi, lug‘at,izoh va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlagan28. Bu esa, tabdilning ilmiy ahamiyatini oshiradi.
Ogahiyning “Jome' ul-voqeoti sultoniy” (“Sulton voqaealarining majmuasi») asarida 1846 – 1854 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Aminxon davri voqealari o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, asarning oxirida Xiva xonlari Abdullaxon (1854) va Qutlug‘murodxon (1855) davridagi voqealarni bayon etuvchi qism ham bor29.
Xiva xoni Sayyid Muhammadxon zamoniga doir Ogahiyning “Gulshani Davlat” (“Davlat gulshani”) asari esa, xonlikning 1856-1865 yillari voqealarini o‘z ichiga oladi30.Hozirda ushbu manbalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda.Biroq, Ogahiyning “Shohid ul-iqbol” asarining muallif dastxati hisoblangan yagona nusxasi hozirda Rossiya Fanlar akademiyasi Sankt-Peterburg Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda.
Ogahiy esa, “Riyoz ud-davla” asarida Toshsaqo degan joyda daryogacha suv bog‘langani xususida: “Hamul bahor viloyoti maxrusa mazorig‘a suvjihatidan andak tanqisliq chekti. Ul hazrat (Olloqulixon) yurt manfaativa xosu-om behbudi uchun otlanib… hazrati Qutb-ul-avliyo Pahlavon otanahrining saqosig‘a borib, o‘tgan yil qirdan yordurg‘on saqonikim Toshsaqoderlar, yangidan hashar bila qazdurub suv joriy qildi”35, – deb xonlikdagi yop va solmalarning muntazam tozalanishi, xalqning ko‘magida “qazuv” deb, nomlangan hashar uyushtirilib, kanallarning tuproqdan tozalanishi va bu ishlarga xonlarning o‘zlari boshchilik qilishini bayon etgan.Xiva xonligi iqtisodiyotining asosini soliq va majburiyatlar tashkil qilgan. Tarixiy adabiyotlarda xonlikda aholidan olinadiga nsoliqlar, ularni yig‘ib olish yo‘llari, soliq yig‘ish maqsadida shaharlarga kimlar tayin etilgani, qaysi joylardan qanday miqdorda soliqlar olingani, ba'zida soliq to‘lashdan bosh tortgan yoki to‘lay olmagan kishilar tomonidan xon soliq yig‘uvchilarining o‘ldirilgani, natijada xon harbiy qism yordamida soliq undirganiga oid ma'lumotlar mavjud.
Jumladan, “Firdavs ul-iqbol” asarida bu haqida: «... tamomi qo‘ng‘irot elin mute va mahkum qilib, Sayyidnazar biyda ixtiyor qo‘ymadilar
Bu kabi ma'lumotlarni biz Ogahiy va Bayoniy asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Xususan, Q. Munirov Ogahiyning “Gulshani davlat” asarida:“Va navrasfikru tozatab' shuarodin fazlu hunar ahli arosida mumtoz Pahlavon Niyozboykim, fozillar guruhi ichra taxallusi Komildur, buta'rixni nazm etibdurkim, tastir topar: Ta'rix: ... Komil zi bahri guft “azsari bashorat”“Shud voliy viloyat shoh Sayyid Muhammad”43, – deb keltirib o‘tgan, Bayoniy esa o‘zining “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida: “... Alimahramning Ahmad otlig‘ bir o‘g‘li bor edi. Ul ham o‘zini Tabibiy taxallusibila mutaxallis etib she'r aytmoq boshladi... Tabibiy farmoni mujibibila amal qilib, ul g‘azallarni jam' qilib har g‘azalni yozmoqchi bo‘lg‘onda,masnaviy bila ul g‘azalni aytg‘on kim erkanin bayon etib, bu tariqada tamomig‘azallarni jam' qilib tamom etib ul kitobg‘a “Majmuat ush-shuaro” otqo‘yuldi. Oning itmomi ham ushbu yil voqye bo‘lub erdi. Faqir onga butarixni aytdim...”44, – deb bayon etgan. Demak, ushbu asarda xonlikda yashagan shoir va tarixchilar haqida ma'lumotlar mavjud bo‘lib, bu manbalar ularning hayoti va faoliyatini o‘rganishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Ogahiy, Bayoniy va Kamyobning tarixiy asarlari XIX – XX asr boshlarida xonlikdagi bunyodkorlik ishlari tarixini yoritishda muhim o‘rin tutadi.Jumladan, Bayoniy asarida Xivadagi bunyodkorlikka oid ma'lumotlar mavjud. Unga ko‘ra: “Chun Xevaq shahrining orqa tarafi tamomi viloyat xalqining rohguzarlaridur, bag‘oyat vayron va nozirlarg‘a boisi nafrat erdi.Xohlardilarkim, ul yerlarni obod etib
Ma’lumki, XIX asrda Xiva xonligida hujjatlarni saqlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Toshhovlida hujjatlar saqlanadigan maxsus joylar qurilgan. Tarixchilarning bergan ma'lumotlariga qaraganda, saroydagi arxiv hujjatlari Xazinaxonada – alohida binoda juda ehtiyotkorlik bilan maxfiy holda saqlangan.Arxiv hujjatlarini nazorat qilib turish uchun alohida kishilar ham ajratilgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, Qo‘ng‘irotlar sulolasi davrida Xorazmda qurilish sohasida ancha ishlar qilingan, Xiva xonlari tashabbusi bilan mamlakatda yangi masjid, madrasa,saroy va boshqa bir qator inshootlar qurishga e’tibor berilgan, hamda saroy amaldorlari ham bu ishga jalb qilingan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Xiva xonlari turkman, qoraqalpoq,Xurosonda yashovchi ba'zi bir xalqlarni Xorazm atrofiga ko‘chirib keltirib,daryo va kanallar atrofidan ularga muqim joy tayin etganlar. Shunday guruhlardan biri – eroniylar bo‘lib, Xorazmning Qo‘shko‘pir tumanining .
Bayoniy asarida xonlikning rus qo‘shinlari tomonidan katta harbiy kuch yordamida bo‘ysundirilishi manzarasi berilgan. Unda muallif rus zobitlariga nafratini, xalqqa nisbatan xayrixohligi, achinish tuyg‘ularini ifodalagan. Zero, Bayoniy o‘z asarida Mang‘it qal'asi aholisining 1500 nafarining rus qo‘shini tomonidan o‘ldirilishini aniq tasvirlagan, hamda bir so‘z bilan Rossiya O‘rta Osiyoni “tasxir etdi – ya'ni, zabt etdi,bo‘ysundirdi”, – deb qayd qilgan49.
Ushbu jumlalardan muallifning xonlikning mustamlakaga aylantirilgan bir paytda tarixiy jarayonga o‘zining dadil munosabat bildira olganligining guvohi bo‘lamiz. Zero, Bayoniyning yozishicha: “Tarix kitobi yozishning bir sharti bor. Tarixiy voqealarni yozuvchi tarafdorlik etmasdan, bo‘lgan voqealarni rostlik bilan bayon etishi kerak. Agar rostlik bilan bayon etmasa, uning so‘zlari hech bir odamga ma'qul bo‘lmaydi”50. 17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng, taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonni 1643 yilda xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi.
Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685 yilda Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonga taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan. 17-asrning oxiri — 18-asr boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88), Oʻzbekxon—Arnakxon (1688—90), Joʻji Sulton (1694—97), Valixon (1697—99), Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon (1702—03), Sayid Alixon (1703—05), Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706—13) kabi oʻnlab xonlar almashgan. Bu mamlakat ahvolini yanada ogʻirlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib Rossiyaning Sharqqa boʻlgan qiziqishi ortgan va Petr I 1714—17 yillarda Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida Xivaga harbiy ekspeditsiya joʻnatgan. Xiva xoni Shergʻozixon (1714—28) Qayragʻoch darasidagi ochiq toʻqnashuvda katta talafotga uchragach, harbiy hiyla ishlatib, rus qoʻshinlarini 5 ta shaharga boʻlib yuborgan va ularni alohida-alohida qirgʻin qilgan. Bu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728 yilda Xivadagi Shergʻozixon madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy oʻyin yana avj olgan. Xiva xonligidagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1741 yilda xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan.
Buxoro xonligi bilan Oʻrta Osiyoda hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda Xiva askarlari Qorakoʻl, Chorjoʻy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagacha yetib keldi. 1662 yil Xiva xoni Abulgʻozi navbatdagi urushdan soʻng Buxoro xoni Abulaziz bilan sulh tuzdi. Lekin uning oʻgʻli Anushaxon (1663-1687yy.) davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 1685 yil xivaliklar Samarqandni egallab olishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida Anushaxon magʻlubiyatga uchradi va Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Koʻp oʻtmasdan Buxoro xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi, unda Anushaning oʻgʻli Ernak(Ereng) ham ishtirok etdi. 1687 yil Anusha hibsga olinib, koʻzi koʻr qilindi. 1668 yil Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga boʻysindirdi va uning hukmdori etib Shohniyozni tayinladi- keyinchalik u xonlik unvonini qabul qildi. Shohniyoz xonlik hokimiyatini mustahkamlash va Buxoroga tobelikdan xalos boʻlishga intildi. Shu maqsadda 1700 yil Buxorodan yashirin holda Petr I ga elchi joʻnatib, qoʻl ostidagi xalqi bilan oʻzini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni soʻradi. Xon Arab Muhammad (1702-1714yy.) ham Rossiya koʻmagiga umid qilgan koʻrinadi. Shergʻozixon (1715-1728yyy.) hukmronligi davrida feodal fitnalari davlatni boʻlak-boʻlakka ajratib tashlagan. 1717 yil Xiva xonligi Rossiya davlatining A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiyasi hujumini bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng xonlik taxtiga Ilbars (1728-1740yy.) oʻtirdi. Eron shohining Afgʻoniston va Hindistonga qilgan yurishidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum qildi. Ushbu voqea, shuningdek Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilishi va Buxoroni harbiy jihatdan qoʻllab quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga yurish qilishga undadi. Hazorasp yonida Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi. Xivada Nodirshoh vakili va Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning shimoliy qismida Eron hukmronligi kuchga ega emas edi. Bu yerda orolliklar orasida 1730—1732 yillarda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kichik qozoq ulusi xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining mavqei baland edi. 1741 yil xivaliklar Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi hamda vakil va garnizon yoʻq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu voqealardan xabar topgan Nodirshoh oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi yurishni buyuradi. Nuralini taxtga koʻtargan Xiva korchalonlari Marvga boʻyin egib borishadi. Ularning iltimosiga koʻra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning oʻgʻli Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning 40-yillarida Xivada bir necha xon almashdi.
18-asr oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shohlarining xohishi, goh Buxoro hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan tez-tez almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II (1742—46), Gʻoyibxon (1746—56), Qoraboyxon (1756—57), Temurgʻoziyxon (1757—64) va boshqalar Xiva xonligida rasman hukmronlik qilishgan. 18-asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan oʻzbek qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770 yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida oʻzbek qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan.
Bu bilan 19-asr boshlarida oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning vorisi Eltuzar (1804—06) 1804 yilda Abulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802— 04)ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan qoʻngʻirotlar sulolasining 1-xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811 yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.
Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—56) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv shahri uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha boʻlgan yerlarni boshqargan. 1855 yilda Saraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. Abdullaxon (1855—56), Qutlugʻmurodxonlar (1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan. 1856 yilda taxtni Sayd Muhammadxon (1856—64) egallagan.
Xiva xonligida soʻnggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873 yilda Rossiya Xiva xonligini bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K.P.Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. Asfandiyorxon (1910—18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi.
1917 yilda Rossiyadagi fevral inqilobi taʼsirida Yosh xivaliklar va boshqa siyosiy kuchlarning talabi bilan Asfandiyorxon majlis chaqirish va nozirlar kengashini tuzish toʻgʻrisidagi manifestga imzo chekkan. 1917 yil oxirlarida Xiva xonligidagi sovetlarga moyil kuchlarning olib chiqib ketilishi majlisning tugatilishiga asos boʻlgan. 1918 yilning yanvarida soʻnggi rus askarlarining Xiva xonligidan chiqib ketishi Junaidxon Xiva shahrini egallashiga imkon bergan. Asfandiyorxon Junaidxon qoʻlida qoʻgʻirchoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy oʻyinlar sababli 1918 yil oktabr oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon oʻldirilgan va soʻnggi xon Sayd Abdullaxon (1918 yil oktabr — 1920 yil 2 fevral) taxtga chiqarilgan. Bu davrda Xiva xonligi mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar qizil armiyaning yordami bilan 1920 yil 2 fevralda Sayd Abdullaxonni taxtdan tushirishgan va Xiva xonligi tugatildi deb eʼlon qilishgan.
16—19-asrlar davomida Xiva xonligi hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi janubda Eron va Marvgacha, shimolda Ural daryosigacha boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda esa Kaspiy dengizi qirgʻoqlarigacha yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning chap qirgʻogʻida 62237,2 km² yer maydoniga ega kichik vassal davlatga aylanib qolgan. Aholisining soni ham doimo oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi atrofida aholi yashagan. Uning koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar, ruslar va boshqalar tashkil qilgan.
Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qoʻqon xonliklaridek boʻlib, farqi, 19-asr boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) boʻlgan. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan kengash vakolati cheklangan. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan boʻlsada, amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei baland edi. Mansab va unvonlar harbiymaʼmuriy, harbiy va diniy toifalarga boʻlingan. Inoq, otaliq, biy, amir ulumaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim oʻrin tutgan. Xonlik sud ishlari, asosan, diniy ulamolar qoʻlida boʻlib, ularning mamlakat hayotida taʼsiri kuchli boʻlgan.
Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib, Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-asrlarda Xiva xonligining maʼmuriy jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-asrdan beklik deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.
Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori boʻlib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan, ular qoʻlida boʻlgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ularning ahvoli juda ogʻir boʻlgan. Sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik mamyaakat iqtisodida muhim oʻrin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq ham iqgisodiy hayotda muhim oʻrin tutgan.
Xonlik harbiy qoʻshini va qurol aslahasini yaxshilash juda past darajada boʻlgan. Qoʻshinni koʻproq yarim koʻchmanchi turkmanlar tashkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy tajribalar rivojlantirilmay tashlab qoʻyilgan.
Xiva xonligi Buxoro, Qoʻqon, Eron va Rossiya kabi qoʻshni davlatlar bilan savdosotiq ishlari olib borgan. Soliqdar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juzʼyadan iborat boʻlgan. Shu bilan majburiy mehnatning baʼzi turlari amalga oshirilgan.
Boshlangʻich maktabda oʻqish, yozishni oʻrgangan bolalar madrasalarda oʻqitilgan. 19-asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlangʻich maktab va 103 Madrasa mavjud boʻlgan. Xiva shahrining oʻzida 22 ta Madrasa boʻlgan. 19-asrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa sanʼati, meʼmorlik va madaniyatning boshqa sohalarida muayyan yutuqlar qoʻlga kiritilgan.
Munis, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Kamron, Bayoniy, Xisraviy, Murodiy, Rojiy, Mutrib Xonaxarobiy, Laffasiylar asarlari oʻzbek adabiyoti rivojida oʻziga xos oʻringa ega. Tanbur chizigʻi notasini yaratgan Komil Xorazmiy „Maqomi Feruz Shohiy“ asari va „Panjgoh“ maqomi bilan oʻzbek millati sanʼatiga katta hissa qoʻshgan. Abulgʻoziyxon „Shajarayi turk“, „Shajarayi tarokima“ asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab bergan boʻlsa, Munis va Ogahiylar tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib, „Firdavs uliqbol“, „Zubdat uttavorix“, „Gʻiyos uddavlat“, „Jome ulvoqeoti sultoniy“, „Shohid ul iqbol“ asarlari bilan tarix sohasini rivojlantirdilar. Bayoniyning „Shajarayi Xorazmshohiy“, „Xorazm tarixi“ asarlari Oʻzbekiston tarixini oʻrganishda asosiy manbalar hisoblanadi.
Hozirgi Xiva shahrida saqlanib qolgan qad. meʼmorlik inshootlari, asosan, xonliklar davrida qurilgan. Bularga Anushaxon hammomi, Shergʻozixon madrasasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Koʻhna Ark, Toshxovli, Karvonsaroy, Islomxoʻja minorasi, Qalʼa devori, Nurillaboy saroyi va boshqa kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |