Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Quldorlik tizimining inqirozi



Download 1,03 Mb.
bet42/83
Sana10.05.2023
Hajmi1,03 Mb.
#936839
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

1. Quldorlik tizimining inqirozi. III-IV asrlar Rim imperiyai xo`jaligida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelingan, quldorlik xo`jaligining inqirozi, erkin ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo`lishi davridir.
Rimda qulchilik boshqa mamlakatlarga nisbatan juda rivojlangan edi. U yerda qullar soni ko`p bo`lib, dastlab ularning mehnatidan keng foydalanilgan. Bora-bora kullar mehnatining unumdorligi kamayib ketgan. Chunki qullar mehnati evaziga olingan hosilning asosiy qismi quldorlarga tegar edi. Quldorlar ularni uy-joy, oziq-ovqat va oddiy kiyim-bosh bilan ta'minlar edilar, xolos. Ularga qo`shimcha mahsulot berilmas, haq to`lanmas edi. Shuning uchun qullar mumkin qadar kamroq va yemonroq ishlardilar. Qullar o`z xo`jayinlarga nafrat bilan qarar, mehnat qurollarini sindirar va ish, chorva mollarni o`ldirar yoki mayib qilardilar.
Ilk qulchilik quldorlik jamiyatining rivojlanishida katta o`rin tutgan. Ammo keyinchilik qullar mehnatining samarasi pasayib, texnikaning rivojlanishiga to`sqinlik qila boshlagan. Rim ixtirochilari yer haydashda tuproqni ag`darib beradigan tishli so`qa va ho`kiz qo`shib ishlatiladigan o`roq aravalar yasaganlar. Erkin dehqonlar va ijaracha korondalar ixtiro qilingan yangi qurollar bilan yerga ishlov berib yuqori hosil olganlar. O`roq aravalar yordamida g`allani o`rib olganlar, chunki ular o`z mehnatidan manfaatdor edilar. Quldorlar esa yangi mehnat qurollarini qullarga ishonib topshirolmasdilar. Ularga eski oddiy qurollar berilgan.
Dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikda asosiy mehnatning qullar zimmasiga yuklanishi xo`jalikning orqaga ketishiga olib kelgan. Shu tariqa qullar mehnati quldorlar uchun foydasiz bo`lib qolgan. Ayni paytda ko`p qulga egalik qilish ham juda xavfli edi.
Imperator hokimning kuchsizlangani sari qullarning g`alayoni quldor uchun dahshatli kuch bo`lgan.
Qullar mehnatining samarasizligini qo`rgan ko`pgina yer egalari o`z xo`jaliklaridagi yerlarni kichik-kichik qismlarga bo`lganlar. Ular bu yerlarni yersiz erkin kambag`allarga ijaraga berganlar. Kichik –kichik yerlarni ijaraga olgan kishilar Rimda kolonlar deb atalgan.
Kolov yerdan chiqqan hosilning ma'lum qismini xo`jayinga berib, qolganini o`zi olib qolgan. O`z mehnatidan mafaatdor bo`lgan kolon qulga qaraganda bir necha bor yaxshiroq va unumliroq ishlagan, chunki u erkin mehnat qilgan. Ularni nazorat qilish ham kerak emas edi. Ayni paytda kolonlar chorva mollari, yer va mehnat kurollarga ehtiyotkorlik bilan qaraganlar.
Ko`p hollarda yer egasi kolonlari urug`lik, ish hayvoni va mehnat kurollari bilan ta'minlangan. Agar kolonlar yer egasidan qarzdor bo`lib qolsa, u xo`jayin yeridan hech qayeqqa keta olmas edi. Yer egalari bundan foydalanib, ijara haqini oshirar edilar83.
Italiyada Yunonistonga nisbatan serunum yerlar va sersuv daryolar ko`p edi. Shuning uchun astoydil mehnat qilgan dehqonlar yerdan mo`l-ko`l hosil olishlari mumkin bo`lgan. Italiyada yaylovlar keng maydonlarni egallab yotgan. Shu boisdan Italiyada chorvachilik ham ancha rivojlangan. Quldorlar qullarga yer, chorva, mehnat qurollari va boshqa anjomlar berib, mustaqil ish yuritishga imkoniyat yaratganlar. Bunday sharoitda qullar oilali bo`lib ancha erkin yashaganlar. Bunday qullar kulbali yeki uy- joyli qullar deb atalgan.
Ular bola- chaqalari bilan barcha astoydil mehnat qilib, yerdan mo`l-ko`l hosil olganlar. Hosilning bir qismi xo`jayinga berilsa, kolgan qismi qulning o`z ixtiyorida qolgan. Bundan har ikki tomon manfaat ko`rgan. Ayni paytda bu qullar boshqa yoqlarga ketmas, mehnat qurollari va ish hayvonlariga zarar keltirmasdilar.
Kulbali qullarning ahvoli oddiy qullarning ahvoliga nisbatan ancha yaxshilana boshlagan. Ammo qullarining taqdiri avvalgidek, o`z xo`jayinlarining qo`lida bo`lgan.
Shaharlardagi quldorlarning bir qismi o`z qullariga ustoxonalar ochib, hunarmandchilik bilan shug`ullanishga ham ruxsat berganlar. Ba'zi qullar kichik do`konchalar ochib, tijorat ishlari bilan ham shug`ullanganlar. Mehnatlari evaziga boyib olgan qullar pul, mol-mulk evaziga o`z ozodliklarini sotib olib, erkin kishilarga aylanganlar.
Shunday qilib xo`jalik hayotida feodal munosabatlarning ko`rinishlari yuzaga kelib, kechagi qullar endi qaram dehqon, chorvador va hunarmandga aylanib borganlar.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish