Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Rimda islohotlar uchun kurash



Download 1,03 Mb.
bet37/83
Sana06.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#747779
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

2. Rimda islohotlar uchun kurash. Miloddan avvalgi II asrda Italiyada yuz bergan ijtimoiy tabaqalanish (qullarning ko'payishi, mayda erkin dehqonlarning kamayishi) rimliklarning ilg’or qatlamlarini tashvishga solgan, ular Rim respublikasining harbiy qudrati zaiflashishidan va eski Rim urf-odatlarinig inqirozidan xavfsiragan. Bu ilg'or fikrli noiblar qullar va shahar lyumpen proletarlari ko'payishi, senz ro'yxatiga kiritilgan grajdanlar soni kamayib ketishi, o'z puliga qurol-yaroq olishga qurbi yetadigan, harbiy xizmatga layoqatli erkin grajdanlarning kamayib ketishi Rim legionlarini to'ldira olmay qoladi, bu davlat kuchsizlanishiga olib keladi deb qo'rqqanlar.
Aka- uka Grakxlar, tarixchi Polibiy, Leliy kabi guruh jamoat dalasi yerlarini ijaraga berilishini chegaralash kerak, qishloq grajdanlariga yer berish kerak degan fikrni olg'a surdilar. Yirik quldorlarga, ijaradorlar, sudxo'rlarga bu yoqmadi. Ikki guruh o'rtasida uzoq kurash hukumat darajasiga ko’tarildi. Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlar agrar reforma o'tkazish uchun tinimsiz kurash olib bordilar. Bu kurash mil.avv. 130-120 yillarda olib borildi. Ular bu kurashda muvaffaqiyatlarga ham erishdilar, mag'lub ham bo'ldilar. Shaxslarning ikkalasi ham dushmanlar tomonidan o'ldirilgan.
Miloddan avvalgi 130-120 yillardagi agrar reformalar natijasida yer va qullarning bir qo'lga to'planish jarayoni bir oz sekinlashgan bo'lsada, miloddan avvalgi II asr oxirlariga kelib yangitdan kuchayib ketgan. Miloddan avvalgi III yilda yirik yer egalari optimatlarning tashabbusi bilan xalq tribuni Spuriy Toriy yangi agrar qonunini o'tkazgan. Bu qonunga ko'ra, shu paytda Rim grajdanlari egallab turgan barcha yerlar ularnig xususiy mulki bo'lib qolgan. Mayda yer egalari o'z yerlarining to'liq xo'jayini bo'lib qolgan. Jamoat dalalaridan bemuddat katta yer uchastkalarini ijaraga olganlar. Bu yerlarning xo'jayini bo'lib qolavergan.
Toriy qonuni e'lon qilingandan so'ng mayda yer egalari o'z mulklarini sota boshlagan. Natijada «senzlilar» ya'ni harbiy xizmatni o'tashi lozim bo'lgan grajdanlan soni kamaya borgan. Bu hol Yugurta urushlari vaqtida sezilgan62.
3. Yugurta urushlari. Gay Mariy faoliyati. Uchinchi Puni urushidan so'ng Karfagenning ko'p yerlari Rimning Afrikadagi ittifoqchisi Numidiya (hozirgi Jazoir) ixtiyoriga o'tgan. Shundan so'ng Numidiya g'oyat boyib ketgan. Miloddan avvalgi 111 yilda Numidiyaning podshosi o'lgach, rim otliqlarining talabi bilan Numidiya uning uch nevarasiga bo'lib berilgan. Lekin aholi va shaharliklardan biri Yugurta mamlakatning bo'linib ketishini istashmagan. Yugurta Rim harbiy san'atini yaxshi bilgan, rimliklarga qarshi kurashish mumkin deb hisoblagan. U xalqqa tayanib, qarindoshlari yeriga hujum qilgan. Biri o'ldirilgan, ikkinchisi Rimga qochib ketgan. Rim senati Yugurtani Rim sudiga chaqirgan, u dadillik bilan borgan va e'tiborli shaxslarni sotib olib o'zini oqlatishga erishgan. Senat Numidiyani yana bo'lgan, lekin bu gal ikki qismga bo'lgan. Yugurtaning qarindoshi bilan Rim savdogarlari kelgan. Yugurta yana urush ochgan. U Numidiya poytaxti Sitrani ishg'ol qilgan, rimliklarni ham qirib tashlagan. Ikkinchi marta Yugurta Rimda sud qilingan va Rim xalqining dushmani deb e'lon qilingan. Yugurta ketayotib: «Sotqin shahar! Sotuvchi topilsa seni tag-tuging bilan bemalol sotib olardi» degan63.
Rimliklar Afrikada urush harakatlarini sustlik bilan olib borganlar. Obro'li va qattiqqo'l konsul Metell yuborilgach, ahvol yaxshilana boshlagan. Qobiliyatli jangchi Gay Mariy uning yordamchisi bo'lgan. U patritsiylarning yuliylar xonadoni qiziga uylanib, siyosiy arboblar doirasiga kirgan edi. Mutal daryosi yonida Yugurta armiyasini tor-mor qilishga yordamlashagan. Gay Mariy Rimga qaytib, konsullikka saylangan. Gay Mariy Rim armiyasini sog'lomlashtirish haqida qonunlar chiqartirgan. U ko'ngillardan legionlar to'plagan. Qo’shinga lyumpen-proletarlar ham olingan. Jangchilarga xazinadan qurol-yaroq va oylik berilgan.Ularga urushdan so'ng chek yer va'da qilingan. Har bir legionda o'zining umumiy belgisi - kumushdan yasalgan burguti bo'lgan. Mariy o'z qo'shinini irg'itma qisqa nayzalar bilan qurollantirgan. Qattiq intizom o'rnatilgan. Jangovorlik ortgan. Yugurta qaynatasi Mavritan podshosi huzuriga borgan. Rimdan kelgan boy Korneliy Sulla talabi bilan Yugurta Rimga olib ketilgan. Buning evaziga Numidiyaning bir qismi Mavritan podshosiga berilgan. Gay Mariy Yugurta ustidan qilgan g'alabasi uchun yana konsul qilib saylangan.
Miloddan avvalgi 113 yilda noma'lum sabablarga ko'ra O'rta Yevropada yashovchi kimvr va tevton qabilalari Apennin yarim orolining shimoliy – sharqiga kela boshlagan. Rim konsuli Karbon ulardan Rim chegaralaridan nari ketishni talab qilgan, ular orqaga qaytgach, Karbon hujum uyushtirgan va qattiq mag'lubiyatga uchragan. Keyin bir necha Rim armiyalari tor-mor qilingan. Rim dahshatga tushgan. Lekin g'oliblar sira kutilmaganda ortiga qaytib Piriney yarim oroli tomon ketishgan.
Gay Mariy qo'mondon qilib saylangan. U Lutsiy Korneliy Sulla, Kvint Sertoriylar bilan birga armiyani mustahkamlashga uringan paytda Sitsiliyada ikkinchi katta qullar qo'zg'oloni boshglangan. Urushlar tufayli Rim armiyasi kamayib qolgan edi. Mariy ittifoqchilardan askar olishga senat orqali ruxsat oladi. Vifin podshosi Nikomed rimliklarning bu talabini bajara olmasligini aytdi. Sabab yosh erkaklarni Rim sudxo’rlarini qul qilib sotayapti deb aytadi. Senat tekshirishga komissiya yuboradi. Lekin tekshirish sudxo’rlar ta'siri bilan to'xtab qolgach, miloddan avvalgi 104 yilda qullar qo'zg'oloni boshlanib ketadi. Qo'zg'olonga Salviy va Afenion degan kishilar rahbarlik qilgan. Salviy podsho deb e'lon qilinadi. Armiya tuzadilar. Podsho huzurida kengash tuzilgan. Ular Sitsiliyaning ancha qismini ishg'ol qilgan. Miloddan avvalgi 101- yilda Rimdan konsul Maniy Akviliy kuchli qo'shin bilan keladi va qo'zg'olonni tor- mor qiladi. Asirlar Rim sirklari va amfiteatrlarining gladiatorlariga aylantirilgan. Attikadagi Lavrion kumush konlaridagi qullar qo'zg'olon qilganlar64.
Bosfor podsholigida Savmak boshchiligida qullar qo'zg'oloni g'alaba qilgan. Evksin Pontiy podshosi Mitridat IV Bosfordagi qullar qo'zg'olonini bostirib (mil.avv. 107-106 yillar), uning yerlarini bosib olgan. Mitridat IV hatto Rimga qarshi kurashishga jur'at etgan. Sitsiliyadagi qullar qo'zg'oloni bo'layotganda tevtonlar va kimvrlar Alpni oshib o'tib, Italiyaga hujum qilgan. To'rtinchi marta konsullikka saylangan Gay Mariy dushmanni qaytargan. Shundan so'ng Rim boshiga tushgan og'ir ahvol bartaraf etilgan. Gay Mariyning shuhrati oshib ketgan. Gay Mariyning raqiblari bo'lgan optimatlar ham unga tan berishgan. Senat unga Vatan otasi va Rimning Ikkinchi asoschisi degan unvon bergan (Pattr Patriae). Lekin uning armiya veteranlariga yer berish haqidagi iltimosini senat rad qilgan. U Apullat Saturnil va Glavsiy degan arboblar yordamida armiya veteranlariga yengilliklar berishi va Afrikadan yer ajratilishiga erishgan. Rimda shu masala yuzasidan optimatlar va populyarlar (plebsning yo'lboshchilari) qattiq kurash boshlagan. Bu kurashlarda Gay Mariy avval optimatlar qarshiligini sindirgan. Keyin qo'shin yordamida populyarlarni tarqatib yuborgan. Optimatlar ham, populyarlar ham Gay Mariyning Rimdan chiqib ketishiga erishganlar. Senatda optimatlar ustinlikka erishganlar. Populyarlarning pozitsiyasi bo'shashgan. Rimdagi siyosiy- iqtisodiy kurashi juda jiddiylashgan. Italiyadagi ittifoqchilar Rim grajdanlik huquqi berilishini talab qilganlar. Italiyada tashqaridagi Rim yerlaridan grajdanlarga yer berilishini talab qilgan. Xalq tribuni Liviy Druz reformalar o'tkazgan. Keyin Druz o'ldirilgan.
Druz vafotidan so'ng ittifoqchilar Rimga qarshi urush boshlagan. Qo'zg'olon avval Avskul shahrida boshlangan, keyin O'rta va janubiy Italiyaga yoyilgan. Yirik quldorlik xo'jaligi rivojlangan Umbriy va Etruriya Rimga sodiq bo'lib qolgan. Samniylar, kukanlar, marslar qo'zg'olonning ilg’or ishtirokchilari bo'lganlar. Marslardan Silon va samniylardan Gay Mutiya qo'zg'olonning harbiy kuchlarini uyushtirishga boshchilik qilganlar. Qo'zg'olonchilar armiyasini tuzishgan. Qo'zg'olonchilar Korfniy shahrini poytaxti qilib, uni Italiya deb o'zgartirganlar. Poytaxtda turli shahar va qabilalardan 500 a'zodan iborat senat to'plagan. Senat 2 ta konsul va 12 pretor saylangan. Rim bilan uning ilgarigi ittifoqchilari orasida boshlangan bu urush og'ir va keskin tus olgan. Dastlab qo'zg'olonchilar g'alabalar qilgan. Rim senati Gay Mariy va Korneliy Sullani qo'shinga rahbarlik qilishga chaqirganlar. Rim plebsi ham davlatdan norozi bo'la boshlagan edi. Rim qo'shini g'alabalarga erisha olmagach, rimliklar o'z ittifoqchilariga munosabatlarini o'zgartirganlar. Miloddan avvalgi 90 yillar oxirida Yuliy Sezar Rimga sodiq ittifoqchilarga Rim grajdanlik huquqlarini berishni va'da qilgan qonun chiqartirgan. Bu qonun qo'zg'olonni bo'shashtirgan. Harbiy ustunlik asta-sekin rimliklar tomoniga o'tgan. Qo'zg'olon bostirilgan. Qo'zg'olonchilar yengilgan bo'lsada grajdanlik huquqini olgan.
4. Rimda Sulla diktaturasining o’rnatilishi. Italyada ittifoqchilar urushi tugamasdan oldin Rim O'rta yer dengizi sharqidagi Pontiya podsholigi bilan og'ir kurashga kirishgan. Bu davlatning g'ayratli va jasur podshosi Mitridat IV Yevpater qudratli qurolli kuchlar va katta flot barpo qilgan. U Armaniston podshosi Tihron II bilan ittifoq tuzgan. Bu vaqtda Parfiya va Salavkiylar davlatlari zaiflashgan edi. Shu sababli Mitridat Kappadokiyani bosib olgan. Sharqda Pontiyaning kuchayib ketishidan Rim senati tashvishga tushgan. Pontiya Vifiniya davlatini ham bosib olib, Rimning Osiyodagi viloyatlarida qo'zg'olonlar uyushtirishga uringan va Rim viloyatlariga bostirib kirgan. Rim sudxo’rlari Mitridat buyrug'i bilan qirib tashlangan, rimliklar qullikka solgan kishilarni ozod qilgan. Mitridat Kichiki Osiyoda Egey arxipelagini egallab o'z ta'sirini Yevropa Yunonistoni va Makedoniyaga o'tkazgan. Mitridat ittifoqchisi Tehron II Mesopotamiyaning shimoli, Suriya va Falastinni ishg'ol qilgan. Egey havzasidagi mamlakatlarda rimliklarning ahvolini og'irlashtirgan. Miloddan avvalgi 88-yilda Rim Senati ilgari konsul bo’lib ishlagan Korneliy Sullani Mitridat bilan urushga bosh qo'mondon qilib tayinlagan. U o'z legionlari bilan Bolqon yarim oroliga tomon yo'l olgan. Xalq tribuni Sulfitsiy Ruf Sullani Rimga chaqirtirib olish, uni bo'shatish, o'rniga Gay Mariyni tayinlash haqida qaror chiqartirgan. Sulla o'z qo'shni bilan Rim ustiga yurish qilgan. Gay Mariy va Sulla qo’shinlari o'rtasida jang bo'lgan. Sulla Rimni egallagan. Ruf qo'lga tushgan va o'ldirilgan. Gay Mariy Afrikaga qochib ketib, Karfagen xarobalarida bekinib yashagan65.
Sulla Rim senatida tartib o'rnatgan. Xalq majlisi huquqi va xalq tribunlari huquqlari cheklab qo'yilgan. Sulla shundan so'ng sharqqa otlangan. Ikkinchi konsul Sinna populyarlar tomoniga o'tadi. Ularni mariychilar qo'llab quvvatlagan. Sinna avval Rimdan qochib ketadi. Gay Mariy qaytib keladi. Ular ikkalasi Rimni egallashgan. Sulla joriy qilgan tartiblarni bekor qilgan. Optimatlarni qirib tashlagan. Mariy qullar yordamidan foydalangan. Ko’p o’tmay Gay Mariy kasallanib o'lgan.
Bu vaqtda Sulla Pontiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan edi. U miloddan avvalgi 87-yilda Epirdan Beotiyaga o'tgan. Rim armiyasi Afinani qamal qiladi va egallaydi. Makedoniyadan Beotiyaga Mitridat IV qo'shinlari keladi. Xeroniya tog'i yonida Sulla qo'shinlari bilan Mitridat armiyasi jang qiladi, Pontiya armiyasi tor-mor qilinadi. Orxomen yonidagi ikkinchi jangdan so'ng Mitridat armiyasi Osiyoga qochadi.
Miloddan avvalgi 86-yilda Rimdan populyarlar tomonidan yuborilgan Flakk armiyasi Yunonistonga kelgan, Sulla armiyasida oylik ko'p berilishini bilib, uni askarlari Sulla tomoniga o'tib ketgan. Flakk o'ldirilgan. Flakk o'rniga Gay Flaviy Fambriya tayinlangan. U o'z qo'shini bilan Mitridat qo'shinini Propontida sohilida qattiq mag'lubiyatga uchratgan va Kichik Osiyoga o'tib, Pergamni ishg'ol qilgan. Mitridat Sullaga sulh taklif qilgan. Miloddan avvalgi 85-yilda Dardan shahrida sulh tuzilgan. Unga ko'ra Mitridat Vifiniya va Kapnadokiyani bo'shatishi, tovon to'lashi, kemalarni rimliklarga topshirishi kerak edi. Lekin Mitridat hokimiyatni o’z qo'lida saqlab qolgan.
Sulla o'z dushmani Gay Flaviy Fambriyaga qarshi kurashga tayyorlanayotgan edi. Gay Flaviy Fambriya qo'shini Sulla tomoniga o'tib ketgan, jang bo'lmagan. Gay Flaviy Fambriya o'zini - o'zi o'ldiradi. Sulla Miloddan avvalgi 85-83 yillarda Kichik Osiyyo va Yunonistonda Bo'lib, Italiya va Rimdagi populyarlarga qarshi tayyorgarlik ko'rgan. Sullani Italiyada hokimiyatdan mahrum qilgan guruhlarning kuchi ko'p edi, lekin Sulla qo'shinining jangovorligi yuqori edi. Sinna vafotidan keyin populyarlar qo'shiniga Karvon va Gay Mariyning o'g'li Gay Mariy Kichik boshchilik qilgan, ularning harbiy talanti yetarli emas edi. Miloddan avvalgi 83 yilda Italiyada kelgach, optimatlar uning qo'shinini to'ldirgan. Lekin lukanlar, samniylar populyarlar tomonida bo'lib, Sulla qo'shiniga jiddiy qarshilik qilgan. Miloddan avvalgi 82 yilda Rim shahri devorlari bo'yida, Kollin darvozasi yonida grajdanlar urushining so'nggi oxirgi jangi bo'lgan. Sulla g'alaba qilgan. Tutqunlar qirib tashlangan. Gay Mariy Kichik o’ldirilgan. Karbon va boshqalar viloyatlarga, Ispaniyaga qochib ketgan. Senat Sulla tarafdorlarining talabi bilan uni muddatsiz diktator deb e'lon qilgan. Sulla dushmanlaridan qattiq o'ch olgan. U respublika dushmanlarining ro’yxati – proskripsiyalarni tuzdirgan. Bu ro'yxatga kiritilgan kishilarning mol- mulki musodara qilingan, qullar ozod etilgan. Uni o'ldirgan kishiga mulkidan bir qismi mukofot qilib berilgan. Sullaning yaqinlari shu yo'l bilan boyib ketgan.
Sulla diktatorligidan foydalanib, optimatlarning to'la hukmronligini ta'minlash uchun 600 kishidan iborat senat tuzilgan. Sulla Rim senatiga bo'ysunuvchi yerlarni qisqartirgan. Sulla o'z jangchilariga Italiyani turli yerlaridan chek yerlar berib, o'z mavqeini mustahkamlagan. Miloddan avvalgi 79 yilda Sulla hokimiyatdan ketgan. 78 yilda esa o'lgan66.
Rimda Sulla vafotidan so'ng siyosiy kurash kuchayib ketgan. Sulla Rimda o'rnatgan tartib, ayniqsa proskripsiyalardan jabr chekkan kishilar bosh ko'targan. Sullachilar hukmronligini ag'darishga konsul Emiliy Lepid boshchilik qilgan. Uning taklifi bilan Rimda kambag'allarga g'alla tarqatish tiklangan. Xalq tribunlarining huquqini tiklashga uringan.
Etruriyada Sulla legionlari veteranlariga berilgan yerlarni aholi qaytarib olish uchun qo'zg'olon boshlaydi. Lepid qo'zg'oloni bostirishini bahona qilib, Etruriyaga ketadi va u yerda qo'shin to'plab Rimga hujum qiladi. Lekin Gney Pompey qo'shinlaridan yengilib, qochadi va tezda o'ladi.
Sulla hayotligi vaqtidayoq Kvint Sertoriy Ispaniyadagi Luzitaniyada qo'zg'olonga boshchilik qilayotgan edi. Bu qo'zg'olon deyarli butun Pireney yarim oroliga tarqalgan edi. Sertoriy Ispaniyadagi Osku shahrida o'z qarorgohini o’rnatib, 300 kishidan iborat senat tuzgan. Sertoriy mil.avv. 73-yilda Mitridat IV Pontiyskiy bilan ittifoq tuzgan. Bundan qattiq tashvishlangan Gney Pompey Ispaniyaga qo'shin yuborgan, lekin yengilib qaytgan. Mil.avv. 72 yilda Sertoriy rimliklar fitnasi bilan ziyofatda shaharlanib o'ladi. Pompey yana qo'shin yuborib, sertoriychilarni tor-mor qiladi.
5. Spartak qo’zg’oloni. Mil.avv.74 yilda Italiyada ekin bitmay ketadi va qullar qo'zg'oloni boshlanadi. Qadimgi dunyodagi eng katta qullar qo'zg'olonlaridan biri Italiyadagi Kapuya shahridagi gladiatorlar maktabidagi qullar isyonidan boshlanadi. (gladiator qilichboz degani).
Lentul Batnat degan kishiga qarashli gladiatorlar maktabi Kapuya shahrida bo'lgan. Bu maktabda boshlangan isyonga frakiyalik Spartak degan kishi boshchilik qilgan. Spartak aslida tutqunlikdan qochmoqchi edi. Qo'zg'olonchilar Vezuviy tog'iga chiqib yashirinadilar. Miloddan avvalgi 74 yilda boshlangan qo'zg'olonga ko'plab odamlar kelib qo'shiladi va tezda ular soni 10 ming kishiga yetadi. Qo'zg'olonni bostirish uchun 3 ming kishilik yaxshi qurollangan rimlik qo'shin yuboriladi. Bu qo'shin toqqa chiqadigan yagona yo'lni egallab, qo'zg'olonchilar ochlikdan taslim bo'ladi deb kutib turadi. Ammo Spartak qo'shini tok novdalaridan narvon yasab, tog'ning tushib bo'lmas yeridan pastga tushib, Rim qo'shinlarini tor-mor keltirib, juda ko'p o'lja va qurol-aslahalarni qo'lga kiritadi. Birinchi g'alaba keyingi janglar uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Bu g’alabani eshitgan qullar, erkin kishilar, yersiz dehqonlar uning qo'shniga kelib qo'shilavergan. Spartak qo'shinini qayta tuzib, qattiq intizom o'rnatgan. U qo'shinni piyoda, otliq va ayg'oqchi qismlarga bo'lib mustahkamlaydi. Tajribali gladiatorlardan boshliqlar tayinlaydi. Qo'zg'olonchilar qarorgohida qurol-yarog’lar yasalgan. Spartak o'z qo'shinini shimolga boshlaydi. Rim senati qo'zg'olonchilar dahshatli kuchga aylanganligini anglab, ularga qarshi Vreniy boshchiligida ikki legion yuboradi. Qo'zg'olonchilar ularni ham tor-mor keltiradi. Spartak qo'zg'olonchilarni Po daryosiga olib chiqadi. Spartak aslida o'z yurti Frakiyaga chiqib olmoqchi bo'lgan bo'lsa kerak67.
Afsuski, Po daryosi toshib qo'zg'olonchilar yo'li to'silgan edi. Ayni vaqtda italiyalik qo'zg'olonchilar o'z yurtiga ketishni ham istashmagan. Bu ikki sabab Spartakni orqaga, janubga qaytishga majbur etgan. Rim quldorlari dahshatga tushib, yana 2 ta legionni Spartakka qarshi yubordi, ular ham tor-mor etiladi. Spartak Sitsiliyaga o'tib olib u yerdan o'ziga qo'shimcha kuch olmoqchi bo'ladi. Rim Senati shafqatsizligi bilan nom chiqargan Krassni qo'mondon qilib tayinlaydi. Dengiz qaroqchilari katta pul evaziga qo'zg'olonchilarni Sitsiliyaga o'tkazib qo'ymoqchi bo'lishadi. Lekin aldab ketishadi. Spartak yana orqaga qaytishga majbur bo'ladi.
Krass o'z qo'shinida qattiq intizom o'rnatadi. Qochoq jangchilardan 10 tadan 1 tasini qatl etgan. Krass tog'ning tor joyida istehkom qurib, Spartakning yo'lini to'sadi. Qorli va bo'ronli kunlari spartakchilar rimliklar qo'shini to'sig'ini yorib o'tib, Lukaniyada paydo bo'ladi. Rim hukumati yana yangi qo'shinlar yuboradi. Xuddi shu vaqtda spartakchilar ajralib ketadi. Krass bundan foydalanib ajralib ketgan qo'zg'olonchilarni qirib tashlaydi. Spartak ham hukumat yuborgan qo'shinlarning Krassga qo'shilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida Brunduziy shahri yaqinida jang boshlaydi. Rim lashkarboshlaridan ikkitasi o'ldiriladi. Spartak ham sonidan yaralanadi. Rimliklar uni tiriklayin qo'lga olmoqchi bo'ladi. Spartak bir oyog'i bilan so'nggi nafasigacha mardlarcha jang qiladi. Rimliklar uni qiyma- qiyma qilib tashlaganlar. Hatto uning jasadini ham topa olmaganlar. Yo'lboshchilardan ajralgan qo'zg'olonchilar mardlik bilan kurashadilar, lekin kuchlar teng emas edi. Pompey qo'shinlari yetib kelgach, rimliklar g'alaba qiladi, Kapuyadan Rimgacha yo'l bo'ylab qoqilgan 6 ming ustunga qo'zg'olonchilar mixlab tashlangan. Qullar jon talvasasida jon berganlar.
Miloddan avvalgi 74-71 yillardagi Spartak boshchiligidagi qullar qo'zg'oloni stixiyali bo'lib, aniq maqsadi va dasturi bo'lmagan. Shunga qaramay, bu qo'zg'olon Rim quldorlarini qattiq dahshatga solgan68.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish