Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi



Download 1,03 Mb.
bet36/83
Sana06.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#747779
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

Savol va topshiriqlar.
1. Karfagen davlatining iqtisodiy ahvolini ko’rsatib bering.
2. Karfagen - Rim munosabatlari qayerda to’qnashgan edi?
3. Puni urushlari va ularning natijalari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Nima uchun Rim qo’shinlari ellin davlatlarini osonlik bilan bosib oldi?
5. Uchinchi Puni urushining yakunlari qanday bo’ldi?
6. Ispaniyaning bo’ysundirilishi to’g’risida gapirib bering.


11-mavzu. Rim respublikasining inqirozi,
Rimda imperiya tuzumining o’rnatilishi, Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, Rim imperiyasining inqirozga uchrashi, Qadimgi Rim madaniyati
Reja
1. Rimda dehqonlar va qullarning ahvoli. Qullar qo’zg’olonlari.
2. Rimda islohotlar uchun kurash.
3. Yugurta urushlari. Gay Mariy faoliyati.
4. Rimda Sulla diktaturasining o’rnatilishi.
5. Spartak qo’zg’oloni.
6. Rimda Yuliy Sezar hukmronligining o’rnatilishi.


Tayanch so’zlar: qullar, quldorlar, aka-uka Grakxlar, Yururta, Numidiya, Gay Mariy, kimvrlar, tevtonlar, Sulla, Gney Pompey, Mark Krass, Spartak, Yuliy Sezar, Mark Yuniy Brut.


Asosiy adabiyotlar
1. Jahon tarixi (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi) . O’quv qo’llanma. –T.: “NAVROZ”, 2018. –304 b
2. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. –T., 2009.
3. Qadimgi dunyo tarixi. Yu.S. Krushkol tahriri ostida. 2-jild. –T., 1975.
4. История Древнего Рима. Тексты и документы. Под ред. В.И. Кузищина. –М., 2004–2005. Т. 1–2.
5. Хрестоматия по истории Древнего Рима. Под. Ред. С.Л.Утченко. –М., 1962.
6. Плутарх. Сравнительные жизнеописания / Пер. С. П. Маркиша, М. Е. Грабарь-Пассек, С. И. Соболевского. — Т. I—III. — М.-Л., 1961—1964; второе издание: Т. I—II. -М., 1994.
1. Rimda dehqonlar va qullarning ahvoli. Qullar qo’zg’olonlari. Miloddan avvalgi II asrda Rim respublikasi yirik quldorlik davlatiga aylangan. Rim shahri bir necha yuz ming kishi yashaydigan shahar bo'lib qoldi. Tinimsiz olib borilgan bosqinchilik urushlari erishilgan g'alabalar, ishg'ol qilgan mamlakatlarni talashi, ular aqolisini qulga aylantirishi Rim va Italiyada quldorlikning rivojlanishiga juda ham qulay sharoit tug'dirib bergan.
Istilo qilingan mamlakatlar aholisiga og'ir soliqlar solingan. Bu soliqlarni ijaradorlarning kompaniyalari to'plagan. Senzorlar Rimda har besh yilda bir marta viloyatlarda soliq to'plash huquqini kim oshdi savdosi bilan ijaradorlarga sotganlar. Ijaradorlar xazinaga pullarni avval to'lab qo'yib, keyin aholidan ortig'i bilan yig’ib olganlar. Soliqlarni to'lay olmaganlar oilalari bilan qul qilib sotilgan. Italiya, Rim va Yunonistonda qul bozorlari juda katta bo'lgan. Dengiz qaroqchilari ham bu bozorlarni to'ldirib turgan. Delosdagi qul bozorida hatto bir kunda 10 000 ta qul sotilgan.
Sotiladigan qullar noiblar va suvoriylar qo'liga tushgan. Qullarni turli xil ishlarda foydalanganlar. Oshpaz, yugurdak, hammol, soqchi, hattot, sozanda, raqqos, muallim, aravakash. Ular bilan shafqatsiz muomalada bo'lganlar, azob berganlar. Qishloq joylarida qullarning ahvoli bundan ham yomon bo'lgan. Tokzorlarda ertadan kechgacha ishlatilgan, poda boqqanlar. Mil avv. II asrda imenitsyalar-villalar paydo bo'lgan. Katta yer egalarining imenitsiyalar Apennin yarim orolining turli yerlarida bo'lgan. Mark Katonning «Dehqonchilik» asarida qullarning ahvoli yaxshi tasvirlangan.
Italiyada quldorlikning rivojlanishi bilan bir qatorda qishloq ommasining xonavayron bo'liishi jaryoni ham yuz bergan. Jamoa maydonlari noiblarga muddatsiz ijaraga berib turilgan. Italiyada chetdan keltirilgan bug'doyning paydo bo'lishi, qullarning ko'payishi, oddiy grajdanlarning urushlarga doimiy safarbar etish qishloq aholisi ahvolini yomonlashtirgan.
Shunday qilib mil. avv. II-I asrlarda Rim Respublikasi O'rta yer dengizi sohilining eng rivojlangan quldorlik davlati bo'lib olgan. Bunda quldorlik jamiyati o'z taraqqiyotinning eng to'la fazasiga erishgan. Bir tomondan zeb-ziynatga burkangan quldorlar sinfi tarkib topgan. Ikkinchi tomondan qashshoqlashgan oddiy aholi tobora nochorlasha borgan. Uchinchi tomonda yuz minglarcha, millionlarcha qullar ommasi asosiy ishchi kuchiga aylantirilgan61.
Aleksandr Makedonskiy va uning vorislari vujudga keltirgan ellinistik davlatlar tizimi mil.avv. II asr o'rtalarida inqiroz va qulash davriga kirgan. Eng katta ellinistik davlatlardan biri salavkiylar monarxiyasida inqiroz kuchaygan. Uning Ikki daryo oralig'idan sharqdagi barcha yerlari, Armaniston va Yahudiya ham ajralib chiqqan. MIl. avv. 140 yilda Suriya podsholari zulmidan jabr ko'rgan aholi qo'zg'olon ko’targan. Ular Apamiya shahrini bosib olib, qo'zg'olonchilar lashkarboshisi o'zini podsho deb e'lon qilgan. Shiddatli janglardan keyin podsho Antiox VII bu qo'zg'olonni bostirgan. Qo'zg'olonchilar qirib tashlangan, qul qilib Delos orqali Italiya, Rim va Attikaga sotib yuborilgan. Antiox VII shundan so'ng salavkiylar davlatini tiklashga uringan va Yahudiyani bo'ysundirgan. Shundan so'ng katta armiya bilan parfiyaliklar egallagan sharqiy oblastlarga yo'l olgan. Antiox VII g'alaba qilib, parfiyaliklarni Ikki daryo oralig'i va Midiyadan surib chiqargan (mil.avv. 130 yil). Parfiyalar sulh so'ragan. Negaki, Parfiyaning sharqida, O'rta Osiyodan sak qabilalari hujum boshlab uni zaiflashtirgan. Yunon- Baqtriyani saklar tor- mor keltirgan. Ular Parfiyaga ham hujum qilgan. Saklar hujumi natijasida yunon shaharlari vayron etilgan. Yana Yahudiya, Armaniston bosh ko'tarib, yunon shaharlarini bosib olganlar. Ommaviy qo'zg'olon kuchaygan. Bu davrda Rim Iberiya bilan band edi. Miloddan avvalgi II asrda Italiyada ham qullar qo'zg'olonlari yuz bergan (mil.avv. 196 yilda Etruriyada, 185 yil Tuliyada).
Miloddan avvalgi 138 yilda Sitsiliyada jodugar Yevn degan kishi Enna shahrida Rim hukmronlariga qarshi fitna uyushtirgan. Qo'zg'olon boshlangan, ular shaharni egallab quldorlardan o'ch olganlar. Yevn o'zini podsho deb e'lon qilib, Antiox deb atagan (Sitsiliyada suriyalik qullar ko'p edi). U podsholigini «Yangi Suriya» deb atalgan. Orolning g'arbida Kleon degan kishi qo'zg'olonga bosh bo'lgan. Tavrameniy shahri qo'zg'olon markazi bo'lgan. Rim senati tashvishlanib Sitsiliyaga katta armiya yuborgan. Kleon jangda o'lgan, Yevn qo’lga tushgan va Rim zindonida qiynab o'ldirilgan.
Sitsiliyada qo'g'olon bostirilmasdan Kichik Osiyoda Pergam podsholigida qo'zg'olonlar boshlanib ketgan. Bosqinchilik yurishlari kuchayishi natijasida rimliklar Egey havzasiga, Kichik Osiyoga suqilib kirayotgan edi. Mahalliy aholi ahvoli og'irlasha borgan. Pergam podsholigidagi ellinlashgan boyonlar qo'zg'olonlardan qo'rqib Rimga yaqinlasha borganlar. Podsho Attal III o'lganidan keyin (mil. avv. 130 yil) marhum o'z vasiyatnomasida o'z podsholigini «senatga va Rim xalqiga topshirgan deb e'lon qilganlar. Rim senati Pergam podshosining merosini qabul qilgan va uni Rimning Osiyodagi viloyati deb e'lon qilgan. Xalq Rim hukmronligiga qarshi Attal III ning qarindoshi Aristonik boshchiligida qo'zg'olon ko'targan. U qullikni yo'qotishni, rimliklarni haydashni e'lon qiladi. Aristonik qulchilik bo'lmaydigan davlat tuzib, «Geliopolis» («Quyosh shahri») deb nom berishini va'da qiladi. Sohildagi Milet,Smirna, Efes kabi quldorlik shaharlari qo'zg'olonga qo'shilmagan. Rim qo'shin yuborib bu qo'zg'olonni bostirgan. Aristonik asir tushib, Rim qamoqxonasida o'lgan.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish