Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Rimning keyingi istilochilik yurishlari



Download 1,03 Mb.
bet34/83
Sana06.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#747779
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

3. Rimning keyingi istilochilik yurishlari. Ikkinchi Puni urushi natijasida Rim o`zining eng kuchli raqibi Karfagenni mag`lubiyatga uchratgan edi. Italiyaning bosib olinishi, Karfagen ustidan erishilgan g`alaba Rimni O`rta yer dengizi xavzasidagi eng qudratli quldorlik davlatiga aylantirgan. Rimdan sharq tomonida Makedoniya, Yunoniston, Epir, Salavkiylar podsholigi va Misr kabi juda boy mamlakatlar joylashgan edi. Bu mamlakatning boyliklari Rim quldorlari va harbiylarini doimo o`ziga jalb qilib kelardi. Rimdagi yirik quldorlar va katta yer egalari, xonavayron bo'lgan patritsiylar, savdogarlar va puldorlar Rimning Sharqqa yurishidan manfaatdor bo'lganlar. Ellinistik davlatlarning ichki va tashqi ahvoli Rim bosqinchilik siyosatining muvaffaqiyatiga yordam bergan. Miloddan avvalgi III asrda Bolqon yarim orolidagi davlatlarning xo'jaligida tanazzul boshlangan. Ellinistik davlatlardagi umumiy tanazzul bilan birga sinfiy va sotsial kurash keskinlashgan. Bir qancha shahar va qishloqlarda qullar qo'zg'olonlari, erkin aholining ommaviy harakatlari kuchaygan. Misr va Yunonistonda kambag'allar iqtisodiy talablar bilan chiqqanlar. O'rta dengiz sharqidagi yirik monarxiya va federatsiyalar o'rtasida turli sabablarga ko'ra urushlar doimo olib borilgan.Ellinistik davlatlarning eng kuchlisi bo'lgan Makedoniya va Suriya ellinistik dunyoda birinchilikni egallash va Misrning dengiz orqasidagi yerlarini bo'lib olish uchun urush boshlagan.
Miloddan avvalgi 200-197 yillarda ikkinchi Makedoniya urushi bo'lib o'tgan (birinchisi mil.avv. 215-205 yy.) 57. Rimliklar makedonlarga qarshi Pergam, Rodos, Afina, Etoliya va Axeya ittifoqidan iborat kuchli ittifoq tuzgan. Makedoniyaning Suriya bilan ittifoq bo'lib, Misrning dengiz ortidagi mulklarini bo'lib olish niyatidan xavfsiragan Misr, Pergam va Rodos yordam so'rab Rimga murojaat qilgani urushga bahona bo'lgan. Miloddan avvalgi 197 yilda Fessaliyada Kineskefali qishlog'ida hal qiluvchi jang bo'lgan, bunda Makedoniya to'la yengilgan. Makedoniya flotidan, shuningdek, Yunoniston, Kichik Osiyo va Egey dengizida yerlaridan mahrum bo'lgan. 1 ming talant tovon to'lash, armiyasining 5000 kishidan oshirmaslik majburiyatini olgan. Miloddan avvalgi 196 yilda Yunoniston davlatlari mustaqil deb e'lon qilingan, lekin bu erkinlik uzoqqa bormagan. Rim ularning ichki ishlariga aralasha boshlagan58.
Miloddan avvalgi 192-188 yillarda bo'lib o'tgan Suriya urushi bo’lib o’tdi. Makedoniya mag'lubiyatidan so'ng Suriya eng kuchli ellin davlati bo'lib qolavergan. Karfagendan qochgan Gannibal Suriya podshosi Antiox III saroyida boshpana topgan edi. Gannibal urushni Italiyada olib borishni taklif qiladi. Antiox III esa grek shaharlariga ishonib, Yunonistonda urush boshlagan. Faqat Etoliya va Beotiya ittifoqlarigina Suriya yordam ko'rsatgan. Rimliklar Antiox III qo'shinini Yunonistondan haydab chiqargan. Hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 190 yilda Kichiki Osiyodagi Magneziya shahrida bo'lib o'tgan. Oz kuch bilan rimliklar porloq g'alabaga erishganlar. Miloddan avvalgi 188 yilda tuzilgan sulhga ko'ra Antiox III Yevropadagi yerlari va Kichik Osiyodagi Tavr tog'lari shimolidagi mulklarini, jang fillari, flotini Rimga berishi, ko’p tovon to'lashi kerak edi. Rimliklar Gannibalni tutib berishni talab qilgan. Gannibal Suriyadan Vifiniyaga qochgan. Bu shahar podshosi uni Rimga tutib bermoqchi ekanini bilgach, Gannibal miloddan avvalgi 183 yilda zahar ichib o'lgan. Antiox III Rimga tovon to'lash uchun Sharqqa hujum uyushtirgan va miloddan avvalgi 187 yilda halok bo'lgan. Rim Suriyadan olgan Kichik Osiyodagi yerlarini Rodos va Pergamga sovg’a qilgan. Bu davrda Salavkiylar davlati zaiflashib qolgan edi.
Bolqon yarim orolida vaziyat keskinligicha qolavergan. Ko'pgina shaharlarda Rimning ta'siri kuchayishidan norozilik orta boshlagan. Makedoniya podshosi Persey (Filippning o'g'li) bu holatdan foydalanib, Rimga qarshi ittifoq tuzishga uringan, lekin u yolg’izlanib qolgan. Miloddan avvalgi 171-168 yillarda uchinchi Makedoniya urushi bo'lib o'tgan. Pidna shahri yonidagi mag'lubiyatdan so'ng Persey qochib ketgan (mil.avv. 162 y.), lekin taslim bo'lgan va tutqunlikda o'lib ketgan. Makedoniya tor-mor qilingandan so'ng to'rt qismga ajratib yuborilib, respublika deb e'lon qilgan. Bu qismlardagi aholining bir-biri bilan aloqasi, qiz olib, qiz berishi, savdo- sotiq qilish, yer-mulk sotish man qilingan. Bu qismlar Rim senzorlari ixtiyoriga o'tgan. Mamlakatning ko'p boyliklari Rimga olib ketilgan. Makedoniyaning ichki ishlariga Rimning aralashishi natijasida mamlakat inqirozga yuz tutgan. Makedoniya tor-mor qilingandan so'ng Rim juda qudratli davlatga aylangan, u istalgan ellin davlatiga buyruq bera olgan. Masalan, Suriya podshosi Antiox IV Misrga hujum qilganda bu urushni to'xtatgan.
Makedoniyaning zo'rlik bilan bo'lib yuborilishi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy jihatdan egallashi miloddan avvalgi 149 yilda Rimga qarshi ozodlik harakati boshlanishiga sabab bo'lgan. Qo'zg'olonga o'zini Perseyning o'g'li Filippman deb e'lon qilgan hunarmand Andrisk boshchilik qilgan. Yunon- makedon aholisi, Frakiya qabilalari soxta Filippni qo'llab-quvvatlagan. U turli tabaqalardan ancha kuch to'plagan. Makedoniyaga yuborilgan rimliklarning yangi armiyasi Filipp qo'shinlariga qaqshatqich zarba bergan. Frakiyaliklar Andriskni Rim qo'liga tutib bergan. Qo'zg'olon mag'lubiyatidan so'ng Makedoniya Rim provinsiyasi deb e'lon qilingan.
Miloddan avvalgi 149 yilda Axeya ittifoqi Rimga qarshi qo'zg'algan. Qo'zg'olon markazi Korinfni Rim qo'shinlari egallagan. Korinf aholisining ko'pchiligi qul qilib sotilgan, shahar kuydirilgan, butunlay vayron qilingan. Rimliklar yunon shaharlarining ittifoqlarini tarqatib yuborib, o'ziga bo'ysundirgan. Sparta va Afina nomigagina mustaqilligini saqlab qolganlar59.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish