O’zbekiston respublikasi
oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo uluG’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universiteti
TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO’NALISHI
4-KURS SIRTQI BO’LIM
“MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA NOSHIRLIK ISHI” MAVZUSI BO’YICHA
MUSTAQIL ISH
Bajardi: ___________
Tekshirdi: ___________
Toshkent-2022
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda nashriyotlar soni 13 barobarga oshdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi vakili.Respublikada chorak asr avval to‘qqizta nashriyot o‘z faoliyatini olib borgan bo‘lib, ularning barchasi davlatniki bo‘lgan. Hozirgi kunda esa O‘zbekistonda ularning soni 122ga yetdi, shu bilan bir qatorda, 57 nashriyot – xususiydir.Respublikada nashriyotlar o‘rtasida besh nominatsiya bo‘yicha “Eng yaxshi kitob” ko‘rgazma-tanlovi o‘tkazilishi yaxshi an'anaga aylandi. O‘zbekiston noshirlari xalqaro ko‘rgazmalarda faol ravishda ishtirok etib, ularda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.
Noshirlik, nashriyot ishi — nashriyotlar tashkil etish, kitoblar, gazeta, jurnallar, tasviriy sanʼat asarlari va b. bosma mahsulotlarini tayyorlash, nashr qilish va uni tarqatishga oid soha. Nashriyotlar chiqaradigan mahsulotining turiga qarab — kitob nashriyoti, kitob-jur. nashriyoti, gazetajur. nashriyoti va b., qanday oʻquvchilarga moʻljallanganligiga koʻra — ilmiy adabiyot, ommaviy adabiyot, bolalar adabiyoti, oʻsmirlar adabiyoti nashriyotlari va hokazoga b]]oʻlinadi; mavzusiga koʻra — universal va muayyan sohaga ixtisoslashgan nashriyotlar bor. Universal nashriyotlar (Mas, "Oʻzbekiston" nashriyoti) barcha xil yoki koʻp turdagi, ixtisoslashgan nashriyotlar (Ibn Sino nomidagi nashriyot va b.) muayyan soha boʻyicha kitoblar nashr etadi.
Kitobchilik ishi kitob bosish paydo boʻlishidan bir necha ming yillar oldin mavjud boʻlgan. Xususan, Oʻrta Osi-yoda miloddan avvalgi asrlardayoq kitobchilik ishlari bilan shugʻullanganlar. Bu yerda arablar istilosiga kadar anchagina nodir kitoblar yaratilgan . Arab xalifaligi davrida ham bu ish taraqqiy etdi. Tarixchi, xushnavis, qogʻozchi, muqovasoz, bezovchi (lovah) va shahri k. kasb egalari yetishdi. Tarixchiyozuvchilar asarlarini ilgarigidek oʻzlari koʻchirib oʻtirmasdan bu ishni ulardan tez va yaxshiroq bajara oladigan mutaxassislarga topshiradigan boʻldilar. Km-toblarni, asosan, qoʻlda maxsus xushnavislar koʻchirib koʻpaytirganlar. Shu tariqa xattotlik sanʼati yuzaga keldi va takomillashib bordi. Kitob betlarini turli oʻlchamdagi kataklarga boʻlish, sahifalarning chetlariga rang-barang chiziqlar, naqshlar chizish, kitob nomini muqovasiga va zarvaraqlariga oltin hal bilan yozish kitob bezagining odatdagi us-lubiga aylandi. Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va b.ning asarlari faqat mazmun jihatidan emas, kitobat sanʼati bilan ham nodir qisoblanadi. Ularning koʻplari jahondagi yirik kutubxonalarda qimmatli yodgorliklar sifatida saqlanadi.
Oʻrta Osiyoning moʻgʻullar tomonidan bosib olinishi (13-asrning 1-yarmi) butun madaniy qayotda boʻlgani kabi kitob yaratish va tarkatish ishlarini ancha sustlashtirdi. Temuriylar hukm-ronligi davrida u yana kjealdi. Ayniq-sa, Shohrux, Ulugʻbek davrida adabiy faoliyatda, xususan, kitobchilik ishlarida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Shohruxning oʻgʻli Boysungʻur tashabbusi bilan Hirotda katta bir kutubxona-ustaxona tashkil etilib, unga uz dav-rining mashhur kotiblari, mukrvasozlari, rassomnaqqoshlari va b. kitob-soz mutaxassislar jalb etilgan. Ularga zarur kitoblarni koʻchirib yozish va koʻpaytirish vazifasi yuklangan edi. Ustaxonada har bir qoʻlyozma kitob bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. Alisher Navoiy oʻzbek xalqi maʼnaviy xa-zinasini boyitgan asarlar yozish bilan birgalikda badiiy qoʻlyozma sanʼatini yanada rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. 15-asr va 16-asrning 1-yarmidagi badiiy qoʻlyozma sanʼatining uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Minglab xattotlar shu davrning ustalaridan namuna oldilar, ularga ergashdilar (yana q. [[Kitobat sanʼati]]).
Nashriyot bosma mahsulotlari chiqaradigan korxona, muassasa sifatida Yevropada 16-asrda paydo boʻldi. Bosmaxonalarning yiriklashishi, ayrim kitoblar nashri ustida uzok, muddat ishlash, ishlab chiqarishni texnika va mablag bilan taʼminlash, kitob savdosini tashkil etish zaruriyati maxsus kasb egalari — matbaachinoshirlar paydo boʻlishini taqozo qildi. 19-asrga qadar nashriyotlar kitobchilik ishining barcha jarayonlari (tahririy ish, bosmaxona, reklama tarkatish va b.)ni oʻz ichiga olgan. 19-asr oʻrtalarida poligrafiya sanoati oʻsib, yangi, kuchli texnika bazasining vujudga kelishi bilan N.da nashriyot va poligrafiya korxonalarining ixtisoslashish jarayoni boshlandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida nashriyotlar yalpisiga aksi-yadorlik jamiyatlari kabi tashkilotlarga aylandi, keyinroq kitob va gazeta-jur. nashriyotlari trestlari vujudga keldi. Rossiyada ham N. bilan shugʻullana-digan bir qancha firmalar boʻlgan.
19-asrning 2-yarmida Rossiyaning chek-ka oʻlkalarida, jumladan, Turkistonda ham N. yuzaga kela boshladi. Turkis-tonda kitob nashr etish bilan dastlab podsho Rossiyasi statistika qoʻmitalari shugʻullandi. Bu qoʻmitalar Turkiston oʻlkasiga oid turli maʼlumotlar-ni, keyinchalik turkistonshunos rus olimlarining ilmiy ishlarini nashr qildirgan. 1868-yildan 1910-yilgacha Tur-kistonda nashr etilgan kitoblarning asosiy qismini ruscha kitoblar tashkil etgan. Turkistonda kitoblar nashr etishda Toshkentdagi O.A. Porsev, V. M.Ilin, Samarqanddagi G.I. Demurov bosmaxonalari mashhur boʻlgan. 1910—17 yillarda oʻzbekcha nashr qilingan kitoblarning koʻplari shu bosmaxonalardan chiqqan. 1874-yil XivadaMuhammad Rahimxon II (Feruz) tomonidan tashkil etilgan bosmaxona to 1910-yilga qadar kitob nashr etgan. Oʻlka aholisi oʻrtasida nodir qoʻlyozma asarlarni koʻplab nusxalarda nashr etib tarqatishda, ayniqsa, Toshkentda "Gʻulomiya", Namanganda "Isxrqiya" nomi bilan maʼlum boʻlgan bosmaxonalar muhim rol oʻynagan. "Gʻulomiya"ning tashkilotchisi Gʻulom Hasan Orifjonov oʻz faoliyatining dastlabki yillarida oʻrtaosiyolik buyuk mutafakkirlarning mashhur asarlarini nashr etishga eʼti-bor bergan. "Ishoqiya" bosmaxonasida uning tashkilotchisi maʼrifatparvar va rus tilining ilk targʻibotchilaridan Ishoqxon toʻra Junaydullo Eshonov koʻpgina asarlarni nashr etgan.
20-asrning 10-yillarida Turkistonda kitob nashr ettirish va omma oʻrtasida tarqatish ishlari bilan shugʻullanuvchi shirkatlar, birlashmalar, firmalar paydo boʻldi. "Russkaya okraina", "Turkestanskoye tovarishestvo pechatnogo dela", "Madaniyat", "Maktab", "Turkiston kutubxonasi" N. shirkatlari shular jumlasidandir. Bu shirkatlarga mahal-liy axrlining badavlat va maʼrifatparvar kishilari, jadidlar, shuningdek, ilgʻor kayfiyatdagi rus kishilari, tatar ziyolilari uyushgan edi.
Okt. toʻntarishidan soʻng bosmaxonalar musodara qilinib, davlat ixtiyoriga oʻtkazildi. 1918-yil Turkiston MIKhuzu-rida Milliy ishlar xalq komissariya-tida va Matbuot byurosida nashriyot boʻlimlari tuzilib, mahalliy tilda siyosiy adabiyotlar nashr etila boshladi. Turkiston ASSR Maorif xalq ko-missarligining nashriyot boʻlimi darsliklar chiqarishga harakat qildi. Shu davrda boshqa turli idoralar ham oz miqdorda bosma mahsulotlar chiqarardi. [[Kitoblar Turkiston matbuot mar-kaziy boshqarmasi ("Turksentropechat") tomonidan bepul tarqatilardi. 1920-yil martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti (Turkdavnashr) taʼsis etish haqida qaror qabul qildi. Bu Oʻrta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti boʻlib, unga oʻlkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qogʻoz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazi-falari yuklandi. Fuqarolar urushi ta-mom boʻlib, harbiy intervensiya tugatilgandan keyin barcha nashr ishlari yangi iqtisodiy siyosatga muvofiq qay-ta qurildi. XKS ning 1921-yil 28 noyab,dagi qarori bilan nashrlar pulli boʻlib, kitob savdosi joriy qilindi. Nashriyot va poligrafiya korxonalari xoʻjalik hisobiga oʻtdi. 1923-yilda Turkdavnashr Oʻrta Osiyo nashriyoti deb atala boshladi. Bu nashriyot 1921-yildan 1924-yilgacha 1184 nomda 3 mln.dan ortiq nusxada kitob nashr etdi. Turkistonda nashriyot ishini yoʻlga qoʻyishda I. I. Geyer, Gʻulom Hasan Orifjonov, Ishoqjon Ibrat, Abdurahmon Sayyoh So-diqov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munav-varqori Abdurashidxonov va b. salmoqli hissa qoʻshdilar.
Oʻrta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishidan soʻng (1925) Oʻrta Osiyo davlat nashriyoti negizida Oʻzbekiston davlat nashriyoti — Oʻzdavnashr (hozirgi "Oʻzbekistan" nashriyoti) tashkil topdi. 1925-yil Oʻzbekistonda 334 nomda 1,5 mln.dan ortiq tirajda kitob nashr etildi.30-yillar nashriyot ishida keskin bu-rilish davri boʻldi. Nashriyotlar mah-sulotlarining gʻoyaviysiyosiy yoʻnalishda partiyaviylik hukmronligi mus-tahkamlandi. Marksizm-leninizm asarlarini oʻzbek tilida chiqarish maqsadida Oʻzbekiston K.P MK huzurida Partiya nashriyoti (Oʻzpartnashr) tashkil etildi. 30-yillarning 2-yarmida tegishli xalq komissarlari va tashkilotlarining ixtisoslashgan tarmoq nashriyotlari barpo etildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida nashriyotlar front va mamlakat ichkarisidagi eqtiyojga muvofiq qayta qurildi. Uzbe-kistondagi 8 mustaqil nashriyot Oʻzdavnashrga birlashtirilib, matbaa korxonalari ham uning ixtiyoriga berildi. Ayrim muassasalarga qarashli nashriyotlar yopildi. [[Kitoblar nashri keskin qisqardi.Urushdan keyingi yillar ixtisoslashgan nashriyotlarni tiklashga harakat qilindi. 1950-yil "Oʻquvpeddavnashr" (xrz. "Oʻqituvchi" nashriyoti) tiklandi; 1957-yil Adabiyot va sanʼat nashriyoti; 1959-yil Meditsina nashriyoti; 1960-yil "Yosh gvardiya", 1964-yil Nukusda "Qoraqalpogʻiston" nashriyoti, 1968-yilda Toshkentda
Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh tahririyati ochildi. Nashriyot ishlariga rahbarlikni yaxshilash maqsadida 1963-yil Oʻzbekiston Ministrlar Soveta huzuridagi mat-buot komiteti tashkil etildi (1978-yildan Oʻzbekiston Nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komi-teti, keyinchalik Davlat matbuot qoʻmi-tasi). Nashriyotlar mahsulotlari kommunistik mafkuraga xizmat qilishga qaratildi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar nashr etildi. Ayni vaqtda Alisher Navoiyning 15 jildli asarlari, Hamza, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qaxdor, Komil Yashin, Mirtemir kabi yozuvchilarning saylanma asarlari, jahon mumtoz adabiyoti namunalari chiqarildi.
Lekin, sovetlar tuzumida Oʻzbekistondagi nashriyotlarning moddiy-texnika bazasi rivojlangan mamlakatlar da-rajasidan ancha orqada edi. Aksariyat bosmaxonalarda hamon qoʻlyozmalar qoʻrgʻoshin bilan quyuladigan harflarda te-rilardi. Bosish usullari ham eskicha. Shu sababli bosilgan kitoblarning matbaa ijrosi sifatsiz edi. Nashriyotlarda muharrirlar "siyosiy xatolar" oʻtkazib yubormaslik uchun muk tushib qoʻlyozmakorrekturalarni qayta-qayta oʻqishar-di, ayniqsa, diniy, tarixiy adabiyotlarga "ehtiyot" boʻlishardi. Mana shu ehtiyotkorlik tufayli Oʻzbekiston FA "Fan" nashriyotida nashr etilgan Alisher Navoiyning akademik nashridan (15 jildli) "ilohiy" va b. mazmundagi sheʼrlar olib tashlandi va h.k. Nashriyotlarning yillik rejalari markazdan qatʼiy nazorat qilinardi. Ijtimoiy fanlardan mahalliy mualliflar darsliklar yozishlariga imkon qadar yoʻl berilmasdi. Markazda nashr etilgan darsliklar, asosan, tarjima qilinardi.
20-asrning 50-yillardan keyingi davrlarida Oʻzbekistonda nashriyot ishini, matbaachilikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda Jalolxon Azizxonov, Fayzulla Yunusov, Vohid Valiyev, Toʻlqin Rustamov, Abdulla Urazayev, Aziz Klebleyev, Vali Rahim, Fayzulla Ergʻoziyev, Meli Joʻra, Yunus Yusupov, Nasrullo Oxundiy, Adham Akbarov, Ziyod Yesenboyev, Abduvosiq Abdu-valiyev, Islom Shogʻulomov va b.ning xizmati kattadir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng N.da keskin oʻzgarish boʻldi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 30 avg .) huquqiy asos boʻldi. Mazkur qonun asosida noshirlar oʻz faoliyatlarida, shu jumladan, noshirlik yoʻnalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda mustaqil faoliyat yuritadigan boʻldi. Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganidan va litsenziya olganidan keyin N. faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlishdi. Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalar va materiallarni senzuradan oʻtkazish bekor qilindi. Matbaa mahsulotini shartnoma asosida tarqatish joriy etildi. Nashriyotlar bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, haridorgir kitoblar nashr etishga harakat qila boshladilar.Kitob mahsulotlari mazmun-mundarijasini belgilashda ularga toʻla erkinlik berildi. Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oʻzbek tilidagi kitoblar salmogʻi oshdi. Amir Temur mavzui, buyuk mutafakkirlar, diniy, milliy kadriyatlar bilan bogʻliq oʻnlab kitoblar chiqarildi. Bolalar adabiyoti, ilmiy adabiyotlar nashriga, istiklol, milliy tafakkur gʻoyalari singdirilgan, sharqona odob-axloq, birodarlik, milliy gʻururni koʻtarishga undaydigan adabi-yotlarga, maktab darsliklari nashriga alohida eʼtibor berildi. "Oʻzbekiston" nashriyotida UzR Prezidenti I.A.Kari-movning iqtisodiy islohotlar, ularni amalga oshirish yullari, mamlakat ijtimoiy va maʼnaviy hayotni soglomlashtirish, milliy qadriyatlarni tiklash, anʼanalarni boyitish va shahrik.ga ba-gʻishlangan dasturilamal kitoblari nashr etildi .
Kitob va b. bosma mahsulotlar nashr etishda nashriyot muallif bilan tegishli shartnoma — nashriyot shartnomasini tuzadi. Unda muallif kitob qoʻlyozmasini maʼlum muddatda topshirish majburiyatini, nashriyot esa uni nashr etish, tarqatish (ayrim hollarda bu majburiyatni olmaydi) va muallifga tegishli haq (gonorar) toʻlash majbu-riyatini oladi. Shartnomada kitobning adadi, chop etish muddati va b. majbu-riyatlar ham koʻrsatiladi.Nashriyot faoliyati markazida muharrirlmk turadi. Muharrir nashriyot chiqarmoqchi boʻlgan kitob qoʻlyozmasini da-stlab oʻqib chiqib, oʻz xulosasini bera-di: tahrir uchun qabul qiladi; kamchiliklarini koʻrsatib qoʻlyozmani qayta ishlashga muallifga qaytaradi yoki umuman taxrirga noloyiq topadi. Muharrir koʻlyozmani taxrir qilishda ijtimoiysiyosiy, ilmiy va adabiy nuqtai nazardan yondashadi.
Bunday yondashuv undan muallifning individual uslubini sakdagan holda kitobning mazmuni va shak-lini takomillashtirishga qaratilgan muayyan bilim va ijodiy jarayonni talab qiladi. Nashriyot musahhihi imlo va b. grammatik xatolarni tuzatadi. Muharrir taxrir qilingan qoʻlyozmani matbaaga topshirishdan oldin nashriyot rassomi (badiiy muharrir) bilan kitobning badiiy bezagi ustida ish olib boradi. Ayni vaqtda texnik muharrir bilan birgalikda tegishli shriftlar belgilanadi, bezaklar joylashtiriladi, qoʻlyozma yoki terilgan matn sahifalanadi va h.k. Nashriyotda tayyorlangan qoʻlyozma nashriyot (buyurtmachi) va bosmaxona (buyurt-mani bajaruvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida chop etish uchun mat-baaga topshiriladi.
Oʻzbekiston N. ishiga rahbarlik qilib kelgan OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002-yil 3-iyul)ga binoan, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tash-kil etildi. Agentlik zimmasiga, bosh-qa vazifalar qatori, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng miqyosda rivojlantirishga koʻmaklashish, amaldagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, noshirlik-matbaachilik faoliyatining ishlab chiqarish-texnika bazasini rivojlantirish va yangilash, standartlashtirish hamda serti-fikatsiyalash sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqaruvining tashki-liy tuzilmasida quyidagi nashriyotlar kirgan: "Oʻzbekiston", "Oʻqituvchi", "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, "Choʻlpon", "Mehnat", Gʻafur Gʻulom nomidagi nashri-yot-matbaa ijodiy uyi, "Ijod dunyosi" nashriyot uyi, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Ibn Sino nomidagi nashriyot, "Oʻzblanknashr". Bulardan tashqari, "Shark" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining "Yangi asr avlodi" nashriyot-matbaa markazi, Oʻzbekiston FA ning "Fan" nashriyoti, OʻzR Adliya vazirligining "Adolat" nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi "Maʼnaviyat va maʼrifat" kengashining "Maʼnaviyat" nashriyoti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining "Movarounnahr" nashriyoti,
Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-ti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining "Akademiya" nashriyoti, OʻzMU, Toshkent Islom universiteti yirik oliy oʻquv yurtlarining na-shriyotlari faoliyat koʻrsatadi, shuningdek, xususiy, viloyat^ nashriyotlari ham N. bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida jami 58 nashriyot, 800 dan ziyod yirik va kichik bosmaxona roʻyxatdan oʻtgan (2003). Nashriyotlar kitoblari, asosan, Toshkent matbaa k-ti, Rangli bosma f-kasi, 1-Toshkent bosmaxonasi, Toshkent kitob-jurnal f-kasi, "Tezkor" bosmaxonasi, Yangiyoʻl kitob f-kasi, "Rastr" qoʻshma korxonasida, "Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida bosiladi. Nashriyotchilar va matbaachilar oʻz soxalariga zamonaviy noshirchilik, bosma usullar, yangi texnika joriy qilib bormoqdalar. Bosmaxonalar keyingi davrda texnologik jihatdan qay-ta qurildi. Korxonalar va tashkilotlar Germaniya, AQSH, Shvetsiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya kabi matbaa sanoati ta-raqqiy etgan mamlakatlar bilan amaliy aloqalar oʻrnatishgan. Oʻzbekistonda 2002-yil jami 969 nomda 16,5 mln. nusxa kitob chiqarildi. 2002—2003 oʻquv yilida jami 519 nomda 31,0 mln. nusxada maktab darsliklari chop etildi. Oʻzbekistonda N.ka doyr masalalar, asosan, "Oʻzbekiston matbuoti" jur.da yoritiladi. 2010 yilning fevralidan boshlab esa O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi qoshida “Ijod” jamg‘armasi o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda. Unga mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan asos solingan. U, xususan, yosh yozuvchilarga o‘z ishlarini chop etishlarida moddiy yordam beradi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiya olti nashriyot litsenziyasini bekor qildi.O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng faqat tashkiliy jihatdangina emas, balki ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham awalgisidan mutlaqo farq qiladigan noshirlik ishi tizimi yaratildi. Shunga ko‘ra kitob tarqatish ishida ham tub o‘zgarishlar. yuz berdi. Aytflganlar to‘lig‘icha kutubxonalar va kitob savdosiga ham taalluqlidir. O‘zbekistondagi bugungi kutubxonalaming bosh maqsadi, umummilliy ilmiy merosni xalqimizga yanada yaqinlashtirish, milliy mafkura, istiqlol g‘oyalari bilan oshno qilish hisoblanadi.
Bundan tashqari ular kuchli fuqarolik jamiyati, kelajagi buyuk o ‘zbekistonni bunyod etish ishiga sadoqatli komil insonlami - barkamol avlodni tarbiyalashning faol ishtirokchisiga aylangan. Kutubxonalar yurtimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlami, yangilanishlami keng miqyosda taig‘ibot qilish maskaniga aylanmoqda. Ulardagi ilm, fan, texnikaga aid, shuningdek, ma’rifiy adabiyotlar jamg‘armasi tobora boyib bormoqda. Kitob savdosi tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Bugunga kelib, kitob savdosi kitob nashri tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Ana shunday sharoitda muharriming zimmasiga alohida mas’uliyat yuklanishi tabiiy. Muharrir nashr jarayonining mazkur yakuniy bosqichi da umuman nashriyotning, xususan muhari'iming manfaatlari mushtarakdir. Zero, har bir nashrdan chiqqan asar o‘z o‘quvchisini topishligidan ular birdek manfaatdordir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida yaxslii yo‘lga qo‘yilgan kitob savdosi umumjamiyat, umudavlat ishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ana shunday muhim vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun nima qilish kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Buning uchun, awalo, kitob, talabga ko‘ra, zarur miqdorda chiqarilishi lozim, qolaversa o‘quvchi o‘zi uchun zarur kitob haqida o‘z vaqtida xabar topishi kerak.
Birinchi masalani aniq tashkillashtirish, ya’ni bozomi o‘rganib, uning talabini hisobga olib, miqdomi belgilash yo‘li bilan hal etish mumkin. Ikkinchi masalani esa chop etilgan adabiyotni samarali targ‘ib-reklama qilish bilan hal etish lozim. Chiqarilayotgan kitobning mavzuli annotasiyalangan rejasi kitob reklamasining boshlanishi hisoblanadi. Kitob reklamasida muharrir etakchi o‘rinni egallaydi. U, awalo, muallif bilan hamkorlikda kitobga yaxshi nom tanlashi kerak. Bundan tashqari, kitobning hajmi aniq bo‘lishi shart, chunki kitobning narxi uning hajmiga ko‘ra belgilanadi, bu ma’lum darajada kitob o‘quvchisining qiziqishini ham aniqlashtiradi. Kitob adadini belgilash, uni tarqatish, kitobxonlarga yetkazish, ya’ni kitob nashri bo‘yicha asosiy vazifani bajarish ko‘p jihatdan annotasiyalangan mavzuli rejaga bog‘liqdir. Muharrir nashriyotning marketing bo‘limi, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tijorat bo‘limi bilan yaqin aloqada faoliyat olib borib, kitoblaming tarqatilishi (sotilishi) ishidan ham yaxshi xabardor bo‘lishi talab etiladi.
Bu bosqich ma’lumotlari keyingi yil, umuman istiqboldagi nashrlar taqdirini belgilashda asqotadi. Nihoyat adadini belgilashda o‘quvchilar orasida o‘tkaziladigan so‘rovlar muhim ahamiyatga ega bo‘ ladi. So‘rovnoma natijalari ham kitob adadini belgilashning muhim omili hisoblanadi. XXI asr boshlanishi bilan o‘zbek ijodiyoti tarixining XX asrdagidan keyingi yana bir yangi toMqinli davri boshlandi deyish mumkin. Shu jihatdan biz badiiy ijodiyotda ham, publisistikada ham yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydik, XX asr birinchi yarmi o'rtalaridagi ijodiy harakat adabiy san’at va publisistikaning tur hamda janrlarini ko‘p tomonlama yangilab, boyitib bergan bo‘lsa, XX asr oxiri va XXI asr ilk yillarida mustaqillik tufayli ijod yangi bosqichga ko’tarildi, yangidan yangi ijod qirralari jilo taratishiga kuchli bir turtki bo'ldi. Tabiiyki, ijodiyot sohasida yangi avlodning paydo boklishi bilan yaqin yoki o'tmishdagi ijodiyot va yoki ijodkor (yoki (jodkorlar)dan tarixan uzilish yuz beradi, vaqt o‘tishi bilan bu uzilish tabora chuqurlasha boradi. Bu shubhasiz tabiiy jarayon. Agar XX asr 27-37-yillarida badiiy ijodiyot va publisistik ijod sohasida Abdulla Qodiriy, Choipon, Fitrat, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Oybek va boshqalar, ta’bir joiz bo‘lsa, buyuk uyg‘onishni boshlab beruvchilar hisoblansa, XXI asr ijodiyotining ham o‘z darg'alari bo‘ lishi shubhasiz. Yangi avlod vakillari hamyo‘q yerdan paydo boMmaydi, o‘z-o‘zidan ijod cho‘qqisini zabt etolmaydi. XX asr o‘zbck adabiyoti, publisistikasi yorqin namoyondalarining ijod laboratoriyasi bilan tanishib, an’analarini davom ettiribgina yangiyangi yuksalishlarga erishishlari mumkin. 5 Shu ma’noda yaqin o‘tmishda o‘zining badiiy ijodi, publisistik asarlari bilan yangi ijodiyot ufqlarini ochgan adiblar Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom va boshqa ijodkorlaming elga manzur asarlarini o‘rganish asosida, ular ijod laboratoriyasidan bahramand bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi, bu ayniqsa, bo‘lajak jumalistlar uchun muhimdir.
O’zbekiston mustaqillikka erishgunga - 1991-yilga qadar nashriyotlar alohida yuridik shaxs hisoblangan. Bosmaxonalar ham mustaqil ishxona bo‘lgan. Bosmaxonalar barcha tur nashr mahsulotlarini ishlab chiqarsalar, nashriyotlar muayyan tur adabiyotlar chiqarishga ixtisoslashgan edi. Shunga ko‘ra nashriyotlar ular chiqar.uligan mahsulotlariga ko£ra farqlangan.
Adabiyct turlari bo yicha keng ko‘lamli va ixtisoslashgan. Tasarmfidaligiga ko‘ra esa davlat, tashkilot (muassasa) va xususiyga ajraladi. Ilgari (1991 -yilgacha) “o ‘zbekiston” nashriyotida bir necha tur - siyosiy, ommaviy-siyosiy, ilmiy-ommabop, iqtisodiy, falsafiy, tarixiy va xarbiy mavzulardagi, ma’lumotnoma adabiyotlar, shuningdek, kalendar, plakatlar chiqarilgan. “Ensiklopediya” nashriyoti faqat ensiklopedik (umumiy, sohaviy ensiklopediyalar, ensiklopedik lug‘atlar), “Fan” nashriyoti ilmiy adabiyotlar, “o ‘qituvchi” nashriyoti o‘rta maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari uchun faqat o‘quv adabiyotlari chiqarar edi. Boshqa nashriyotlar ham to‘- liq ixtisoslashgan bo‘lib, muayyan tur adabiyotlar chiqargan. Albatta, yuqoridagi tur tasnifimiz nisbatan shartli.
Bundan tashqari qat’iy buyurtma asosida nashriyotlarda ixtisoslashuvi doirasiga kirmaydigan nashr mahsulotlari ham chiqarilgan. Adabiy asarlar chop etuvchi nashriyotlar bilan bir qatorda gazeta va jumallar chop etadigan Birlashgan nashriyot ham faoliyat yuritgan. O‘zbekistonda nashr etiladigan barcha markaziy gazeta va jumallami chiqarish shu nashriyotning monopoliyasida edi. Nashriyotlar asosan quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan: - kitob tahririyati bo ‘limlari. - qo'lyozmani ко ‘chirib bosish bo‘limi (mashinkada yozuvchilar bo ‘limi). -grafika, rassomlar, badiiy tahrir bo 'limi. -fotolaboratoriya. - musahhihlar bo ‘limi. - kutubxona. - ishlab chiqarish bo ‘limi. - reja-iotisod bo ‘limi. - buxgalteriya. - kadrlar bo ‘limi. - yuridik xizmat. - та ’muriy -xo ‘jalik bo ‘limi va boshqalar1. Bugunga kelib nashriyotlaming tarkibiy bo‘lim, bo‘linmalari alohida olingan har bir muassasaning ish hajmi, nashrlar tavsifi, turi va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra belgilanadi. Nashriyot bo‘ysunadigan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tilgandan so‘ng o ‘zbekistondagi barcha davlat tasarufidagi nashriyotlar, bosmaxonalar qayta tashkillashtirildi. Endilikda nashriyot, bosmaxonalar birlashib, aytish mumkunki, yirik ishlab chiqarish birlashmasi - nashriyot-matbaa ijodiy uylari yuzaga keldi. Ular yagona axborot-matbaa agentligi tasarrufiga o‘tkazildi. Albatta, bunday yirik nashriyotlar o‘ziga xos murakkab tuzilishga ega. bo‘lim boshliqlari va hokazo ma’muriy-boshqaruv xodimlari faoliyat ko‘rsatadi.
Ixtisoslashuvidan qat’iy nazar nlarda boshqa tur adabiyotlar ham chop etilmoqda. Xususan, ensiklopedik asarlar chiqarishga ixtisoslashgan nashriyot o‘quv adabiyotlari, hatto badiiy asarlami ham nashrdan chiqarmoqda. Nashriyot-matbaa ijodiy uylari tarkibida tijorat (kitob savdosi), reklama, marketing bo‘limlari ham mavjud. Ba’zi nashriyotlarda ayrim mustaqil bo‘limlar vazifasini maxsus xodim bajarmoqda. Kitob nashri bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlarda tahrir bilan shug'ullanuvchi bo‘limlar asosiy tarkibiy 'Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan nashriyot-matbaa ijodiy uylaridagi asosiy lavozimlar ro 'yxati ilovada berildi. qism hisoblanadi. Bunday bo‘limlar adabiyot turlariga ko‘ra tashkil topgan bo‘ladi.
Ba’zi shunday nasriyotlarda, masalan O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyida ikkita bo‘lim faoliyat yuritadi. Biri ijtimoiy-gumanitar adabiyotlar, ikkinchisi tabiiy - texnikaviy adabiyotlar tahririga ixtisoslashgan. Albatta bunday paytda tuzilish, shakllanishlar davr talabi asosida yuz bermoqda. Buni bozor iqtisodiyoti taqozo etadi. Endilikda nashriyotlar mavzuli reja tuzishda bozor talabidan kelib chiqishi va shunga yarasha taklifni shakllantirishi kerak bo‘ladi. Mamlakatimizda ilmiy-axboriy faoliyatni tashkil etishga alohida etibor qaratilmoqda. Ko‘pgina ilmiy-axboriy markazlar faoliyatinig asosiy qismini noshirlik ishi tashkil etadi. Ular ko‘lami ancha keng. Ilmiy-axboriy sohadagi noshirlik ishi ikki xil xususiyatga ega. Birinchidan, barcha tahririyat - nashriyot bo‘limlari o‘z noshirlik faoliyatini tarkibiy qismi hisoblangan tashkilot topshirig‘iga asosan olib boradi. Ikkinchidan, ular faoliyatida tahririyat va bosmaxona ishlarini birlashtirgan holda o‘z imkoniyatlari asosida olib boradi. Biroq ular qo‘lyozmani tahririy jihatdan bosishga tayyorlashda noshirlik borasidagi an’anaviy tajribaga tayanadi. Lavozimiga ko‘ra qanday atalishidan qat’iy nazar qo'lyozmani nashrga tayyorlovchi xodim- muharrir nashriyotlarda bajariladigan ishni amalga oshirishi lozim. Kitob nashri bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlar tarki biy qismlari ichida muayyan tur adabiyotga ixtisoslashgan bo‘g'm asosiy tarmoq hisoblanadi. Masalan, badiiy adabiyotlar, ijtimoiygumanitar adabiyotlar, o‘quv adabiyotlari, ensiklopedik asarlar va boshqalar. Bugungi kunda turli muassasa va tashkilotlar tarkibida 10 tashkil etilgan axborot markazlari, reklama, nashriyot bo‘limlari.
Albatta, bunday bo‘lim yoki bo‘linmalarda bevosita tahrir bilan shug‘ullanuvchi xodimning bo‘lishi tabiiy. Ulaming vazifasi qo‘lyozmani tahrirdan chiqarish hisoblanadi. Hamon shunday ekan, bular ishining asosini noshirlik ishi bo‘yicha to‘plangan ko‘p yillik tajriba tashkil etadi. Lavozim jadvalida matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi xodim qanday atalishidan qat’iy nazar u nashriyotlardagi muharrir vazifasini tugal ado etishi talab etiladi. Garchi biz yuqorida sanab o‘tgan bo‘lim va bo‘linmalarda tahrir bilan shug‘ullanish mavjud bo‘lsa-da, bunga alohida-alohida to‘xtalib o‘tmaymiz. Biz kitob nashri bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlar faoliyatidagi asosiy jarayonlarga to‘xtalib o‘tamiz. Zero, mazkur jarayonlar to‘lig‘icha muayyan muassasa, tashkilot tasarrufidagi matn ustida ish olib boruvchi bo‘lim va bo‘linmalaming faoliyatiga ham to‘la taalluqlidir. Mustaqillikka erishish arafasidagi, mustaqiU ligimiz e’lon qilingandan keyingi ilk yillar haqida bugun qanch^ va nimalami bilamiz. Hali bilmaganlarimiz qancha, ulami bilish dolzarb emasmi?! Yosh avlodning tarbiyasi, ta’lim yo‘lida davlatimiz tomonidarj amalga oshirilayotgan ishlar, yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ekanligini jamiyatimizning har bir a’zosi ongiga singdirish uchun bo'lgan, bo‘layotgan harakatlar-chi, dolzarb emasmi? Buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Temuix laming faoliyatini ilmiy tadqiq etish bilan masala hal bo‘lmaydu Bugungi yoshlarimizni o‘shalarga munosib yurtparvar bo‘lib yetishiehlari uchun barcha ishlami amalga oshirish bugungi kunning uetuvor vazifalaridan hisoblonmaydimi? Bugungi kun fanida, ta’limida, xususan, zamonaviy jumalisti' kamloda ulami yanada takomillashtirish, rivojlantirish kuchli zarurat emasmi? Biz ay rim mavzulargagina to‘xtaldik. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, boshqa sohalarga nazar tashlansa, muharrir, albatta, ahamiyat borasida yuqoridagilardan qolishmaydigan dolzarb mavzularga duch kelishi tayin. Ular ham juda o‘ziga xos va murakkabdir. Kuchli huquqiy davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishni yanada rivojlantirish borasida davlatimiz olib borayotgan siyosat dolzarblikni belgilashda bosh mezon hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma yig‘ilishida jamiyatni yanada rivojlantirish xususida ilgari surgan konsepsiya bugungi kimda xalqimiz oldida turgan eng dolzarb masalalami qamrab olgan. Mazkur konsepsiya jamiyatimizni har tomonlama rivojlantirishning, ta’bir joiz bo‘lsa, keng va yorqin yo‘lidir. Ilmiy kitoblar mavzusining dolzarbligini belgilovchi mezon unda bayon etilgan nazariy fikrlarni zudlik bilan atnaliyotga tadbiq etish hisoblanadi. Nashr etiladigan kitobning maqsadga muvofiqligi - alohida masala hisoblanadi. Muayyan nashming maqsadga muvofiqligi muammosini to‘g‘ri hal etish bir qator masalalami hal etish bilan bog‘liqdir. Awalo shunday nashr o‘z nashriyotida yoki boshqa nashriyotda so‘nggi ikki-uch yil ichida nashr etilgan yoki etilmaganligi aniqlanadi. Ikkinchidan, bozordagi talab o‘rganiladi. Uchinchidan, mazkur mavzu bo‘yicha kitob nashr etish joizmi yoki broshyura chiqarish ma’qul ekanligi ko‘rib chiqiladi. To‘rtinchidan, shunga yaqin mavzuda adabiyot e’lon qilingan, qilinmaganligi aniqlanadi. Mazkur masalaning у ana bir muhim tomoni bo‘lib, mazkur mavzu bo‘yicha alohida nashr-kitob yoki broshyura chiqarish kerakmi yoki yo‘qligini hal etish hisoblanadi. Ko‘pincha amaliy faoliyatda - ilmiy adabiyotlar nashr etish sohasida shunday hoi kuzatiladi - mavzu ilmiy qimmatga ega va yashashga haqli, lekin kitob chiqarish maqsadga muvofiq emas. Axir kitob olimning mehnatini qayd etish va targ‘ib qilishning yagona vositasi emasku? Tadqiqot xususida ilmiy jumalda berilgan xabar yetarli bo‘lishi mumkin. Faqat ilmiy ish alohida qimmatga ega va jamiyat ehtiyoji uchun mos kelsagina kitob bo‘lish uchun to‘la asosli hisoblanadi. Shundagina kitob xaridorgir bo‘ladi, iqtisodiy jihatdan ham o‘zini oqlaydi. Muharriming o‘z ishining bilimdoni - yetuk mutaxasisligi, ana shunday mavzuni va mavzuga mos shaklni topa bilishda ayon bo‘ladi. O‘quv adabiyotlami nashr etish ham alohida mas’uliyatni talab etadi. Har qanday o‘quv adabiyoti, u yangi yaratilgan bo‘ladimi, qayta nashr bo‘ladimi, albatta, o'quv dasturiga mos bo‘lishi lozim. O‘quv dasturi esa bugungi kun axborot globallashuvi, axborot ayirboshlash zudligi hisobga olinadigan bo‘Isa, ko‘pi bilan uch yilda tugal yoki qisman yangilanishi, to‘ldirilishi zamon talabiga aylangan. O‘quv adabiyotlarini tahrir qilishga ixtisoslashgan muharrir ta’lim sohasidagi mazkur jarayonni muntazam kuzatib borishi va yangilanishlardan xabardor bo‘lishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |