Tarix DTM namunasida tayyorlangan test
1. M.avv III asr Xitoyda Xan sulolasi hukmronligida yangi davlat barpo etilishiga qaysi omil imkon berdi?
A) ko’chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o‘z davlatlarini tashkil etishga intilishi
B) Uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz
C) dehqonlar qo‘zg‘oloni
D) Qadimgi Xitoy shaharlarining tez-tez
ro‘y beruvchi toshqinlar, o‘rmonlar va changalzorlar kengayishi natijasida zavolga yuz tutib, butunlay vayronaga aylanishi
2. Quyidagi qaysi ixtirolarni amalga oshirgan olimlar xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bolishgan?
1) Uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli reaksiyasini kashf etilishi
2) O’t pufagi garmoni bo‘lgan insulinning kashf etilishi
3) Dastlabki antibiotik - penitsillinning kashf etilishi
4) Telefon va grammofonlarning kashf etilishi
A) 2,3 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 1, 4
3. Quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysilari qadimgi dunyo tarixida yuz berdi ?
1) «Sariq ro‘mollilar»; 2) «Qizil ko‘ylaklilar»; 3) «Qizil qoshlilar»; 4) «Oq kiyimlilar»;
5. «Bobiylar qo‘zg‘oloni»;
A) 2, 4, 5 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 1, 3, 5
4. 1899-yilda Andijonda kim yangi jadid maktabini ochdi?
A) Salohiddin domla B) Shamsiddin domla
C) Mannon qori D) M.Behbudiy
5. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to'lovi asosida o‘qish qachon joriy etildi?
A) 1997-yil B) 1996-yil
C) 1994-yil D) 1995-yil
6. Avranzeb Olamgir hukmronlik qilgan davrda Buxoro taxtini boshqargan hukmdorlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Ubaydullaxon, Abulfayzxon
B)Abdulazizxon, Subhonqulixon, Ubaydullaxon II
C)Nodir Muhammad, Abdulazizxon, Subhonqulixon
D)Imomqulixon, Nodir Muhammadxon, Abdulazizxon
7. Quyidagi atamalarni ularning izohlari bilan muvofiqlashtiring.
1) kadetlar - bu.. 2) maksimalistlar - bu... 3) eserlar- bu... 4) bolsheviklar - bu...
a) Sotsial revolyutsionerlar nomidan olingan bo'lib, ular sovetlar ichida dehqonlar manfaatini himoya qiluvchi guruh vakillari
b) Rossiyada 1905-yilda tashkil topgan, konstitutsion- demokratik partiya deb ataluvchi partiyaning a’zolari
c) Rossiya sotsial demokratik ishchi partiyasining 1903-yil II syezdida partiya a’zolarining ko'pchiligi asosida tashkil topgan guruhi vakillari
d) Mavjud davlat tuzumini tanqid ostiga olib, radikal o'zgarishlar va islohotlar o'tkazishni talab etuvchi siyosiy oqim tarafdorlari
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
C) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
8. Yaponiya hukumati jahon iqtisodiy inqirozidan chiqish yo‘li sifatida
A) Mamlakat sanoatinini yanada modernizatsiyalashti- rishni tanlagan
B) Buyuk Britaniya va boshqa g'arb davlatlari bilan
iqtisodiy aloqalarni faollashtirishni taniagan
C) Iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni tanlagan
D) Harbiy to'ntarish yo'li bilan hokimiyatni almashtirishni tanlagan
9. Quyidagilardan Usmonlilar davlatini boshqargan hukmdorlarni belgilang.
1) Abdulhamid II; 2) Omonullaxon; 3) Muzaffariddin;
4) Muhammad Alishoh; 5) Abdulaziz; 6) Ahmadshoh.
A) 1, 5 B) 2,4,6 C) 3,4,5 D) 1,6
10. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi tarkibiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Oqmachit, Turkiston, Andijon
B) Pishpak, Avliyoota, Xo’jand
C) Namangan, O’zgan, Marg’ilon
D) Qashg’ar, Yorkent, Badaxshon
11. Quyidagi qo‘rboshilardan qay biri qizil armiyaga qarshi kurashni 1922-yil yoziga qadar davom ettirgan?
A) Madaminbek B) Ochilbek
C) Bahrombek D) Islom Polvon
12. Quyidagilardan XIII asrda Germaniya va Rus knyazliklarida hukmronlik qilgan shaxslarni belgilang.
1) Fridrix I; 2) Genrix II; 3) Dmitriy Ivanovich
4) Fridrix II . 5) Aleksandr Yaroslavich
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 5 D) 4, 5
13. Quyidagi tarixiy voqealarni ular sodir bo’lgan sanalar bilan muvofiqlashtiring.
1) O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi ta’sis etilib, Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi; 2) “Erk” demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo’lib, uning dasturi va nizomi qabul qilindi; 3) 0‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqiliik Deklaratsiyasi qabul
qilinadi; 4) “0‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida’gi qonun qabul qilinadi; 5) O‘zbek tiliga daviat tili maqomi beriladi;
6) O‘zbekiston Respublikasi vitse-prezidenti lavozimi tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimi ta’sis etiladi;
a) 1989-yil 21-oktabr; b) 1990-yil 30-aprel; c) 1990-yil 24-mart; d) 1992-yil 4-yanvar; e) 1990-yil 20-iyun;
f) 1991-yil 31-avgust;
A) 1-c, 2-b, 3-f, 4-e, 5-a, 6-d
B) 1-b, 2-c, 3-e, 4-f, 5-d, 6-a
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-f, 6-e
D) 1-c, 2-b, 3-e, 4-f, 5-a, 6-d
14. Chingizxon hali harbiy yurish boshlanmasdanoq o‘z dushmani – Xorazmshoxlar davlatining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi to‘g‘risida kimlar orqali to‘plagan ma’lumotlarni sinchiklab o‘rgangan edi?
A) Hunarmandlar B) Savdogarlar
C) Ruxoniylar D) Dehqonlar
15. Tuman va shahar hokimlarini lavozimiga
tasdiqlash qaysi organ vakolatiga kiradi?
A) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
B) Bosh vazir
C) Viloyat hokimi
D) Xalq deputatlari kengashi
16. Gildiya atamasiga to’g’ri ta’rif berilgan javobni toping?
A) mulk, yollanma mehnatdan foydalanib, qo‘shimcha qiymat olish vositasi.
B) o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi.
C) ishlab chiqarish quroli va vositasidan mahrum bo‘lgan
yollanma ishchi
D) kapitalistik jamiyatda mehnat qurollari va ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchi va ulardan daromad oluvchi hukmron sinf
17. Jaloliddin Manguberdi Garni qal’asi yaqinida (a) va Isfahon yaqinida (b) kimlar ustidan g’alabaga erishdi?
1. mo’g’ullar 2. arablar 3. kurdlar 4. Gurjilar
A) a-4; b-1 B) a-2; b-3
C) a-3; b-4 D) a-1; b-4
18. VII asrda Arab xalifaligi Misrni qaysi davlatdan tortib oldi?
A) Eron B) Angliya C) Franklar
D) Vizantiya
19. Ismoil Somoniy, Minorayi Kalon kabi o’rta asr me’morchiligining yuksak namunalari qaysi shaharda joylashgan?
A) Samarqand shahrida B) Buxoro shahrida
C) Toshkent shahrida D) Urganch shahrida
20. Quyidagi Markaziy Osiyo davlatlari bilan bog‘iiq tarixiy voqealarni xronologik ketma- ketlikda joylashtiring.
1) Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
parlament deputatlari sonini oshirish tashabbusi bilan chiqdi; 2) Turkmanistonda “Turkmanboshi” vafot etib, mamlakat prezidenti lavozimini Gurbanguli
Berdimuhamedov egallaydi; 3) Tojikiston Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligini ta’sis qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi; 4) Qirg‘izistonda “Lola inqilobi” yuz berib, hokimiyatga Kurmanbek Bakiyev keladi;
A) 3, 4, 2,1 B) 4, 3, 2, 1
C) 2, 3, 1,4 D) 1,4, 2, 3
21. Quyidagi davlatlarning o`z taraqqiyot cho`qqisi,
qudratli davlatga aylangan davrini mos ravishda to`g`ri
tartibda belgilang
1.Qang` 2. Rim 3.Davan 4.Maurya 5.Urartu
a. mil.II asr boshlari b. mil.avv.III asr
c.mil.avv.II asr oxiri d.mil.avv.IX-VIII asrlar
e.mil.avv.II-I asrlar
A) 1e, 2a,3c, 4b, 5d B) 1c, 2a,3b, 4e, 5d
C) 1d, 2a,3e, 4b, 5c D) 1c, 2a,3e, 4b, 5
22. Qaysi davlat Prezidenti 2012-yilda boylar uchun qo'shimcha soliq o'matish tashabbusi bilan chiqqan edi?
A)Angliya B) Germaniya C) Fransiya D)AQSh
23. Buyuk Britaniya mustamlakaga aylantirgan hududlarni xronologik tartibda berilgan javobni toping.
1) Misr; 2) Bur Respublikalari; 3) Hindiston.
A) 2,1,3 B) 3,1,2
C) 1,2,3 D) 3,2,1
24. ,,Humoyunnoma“ asari muallifining yashagan yillarini aniqlang?
A) 1532- 1608 B) 1533-1603
C) 1523-1603 D) 1526-1605
25. Samarqandda BMT homiyligida, 500 nafar xorijiy ishtirokchilar qatnashgan “Markaziy Osiyo: yagona
tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik” mavzusida xalqaro anjuman qaysi yili bo’lgan edi?
A) 2017-yil B) 2018-yil C) 2016-yil D) 2019-yil
26. Quyidagilardan Rossiya imperatori Nikolay II ning boshqaruvi davrida sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
1) Rossiya Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoqqa qo‘shildi;
2) Rossiya 0‘rta Osiyoni to‘la bo‘ysundirdi;
3) Rossiya birinchi jahon urushiga kirdi;
4) Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi ochildi;
5) San-Stefanoda Rossiya-Turkiya shartnomasi imzolandi;
6) Orenburgdan Toshkentga qadar temir yo‘l qurib kelindi;
7) Rus-Yapon urushi boshlandi.
A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 6, 7
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 7
27.
Qachon Akbarshoh Buxoroga, Abdullaxon II saroyiga o`z elchilarini yuborgan?
A) 1584-yil B) 1586-yil C) 1589-yil D) 1593-yil
28. Turkistonda Arxeologiya havaskorlari to‘garagi tashkil etilgan va V. Vyatkin Ulug’bek rasadxona binosi qoldiqlarini va rasadxonaga tegishli asbob uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo‘lgan yillarni aniqlang?
A) 1895-1910-yillar B) 1896-1908-yillar
C) 1899- 1907-yillar D) 1895-1908-yillar
29. Rasmdagi shaxs XIX asrning birinchi choragida qaysi davlatda respublika idora usulini joriy etish ko‘zda tutilgan loyihani ishlab chiqdi?
A) Rossiya B) Germaniya
C) Fransiya D) Italiya
30. Ilk o’rta asrlarda qurilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi hozirda xaritada nechanchi raqamda berilgan davlat hududida joylashgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1