1. Ortofosfat kislota namunasida 1,5 g vodorod mavjud bo’lsa, kislotaning modda miqdorini aniqlang. A) 1,5 B) 0,5 C) 1 D) 2
2. Suyaklar inson tanasining 20% ini, kalsiy ftorid suyaklarning 0,3 % ini tashkil etsa, 70 kg li odam suyaklaridagi ftorning massasini (g) aniqlang. A) 17,13 B) 42 C) 20,46 D) 31,54
3. Gematit namunasi tarkibida 80% Fe2O3 mavjud bo’lsa, mineral tarkibidagi temirning massa ulushini (%) aniqlang(qo’shimcha tarkibida temir mavjud emas). A) 56 B) 70 C) 64 D) 82
4. 45,9 g natriy bromid va natriy yodid aralashmasida 9,2 g natriy bo’lsa, aralashmadagi natriy bromidning massa ulushini (%) aniqlang. A) 67,32 B) 53,86 C) 60,44 D) 46,14
5. 13C atomida neytronlar barcha zarrachalarning necha foizini tashkil etadi? A) 36,84 B) 43,56 C) 41,14 D) 53,85
6. Oxirgi elektroni uchun kvant sonlar qiymati n= 3; l= 2; m= -1; ms= -1/2 bo’lgan elementni aniqlang. A) Mn B) Fe C) Co D) V
7. 00C da bariy xloridning 13,1 g eritmasi 3,1 g tuz tutsa, tuzning shu haroratdagi eruvchanligini aniqlang. A) 23,66 B) 26,34 C) 31 D) 35,6
8. 200C da to’yingan 300 ml eritma (p=1,174 g/ml) 00C gacha sovutilganda cho’kmaga tushadigan tuz massasini aniqlang( S20=34,4; S0=28) A) 23,13 B) 20,88 C) 14,28 D) 16,77
9. Rux sulfatning 8% li eritmasini tayyorlash uchun 57,4 g ZnSO4*7H2O kristallogidratini eritish uchun kerak bo’ladigan suvning massasini aniqlang. A) 258,7 B) 318,8 C) 396,2 D) 345,1
10. Elementning oksidlanish darajasi +2 bo’lganda, elektronlari soni 10 ta bo’lsa, undagi nuklonlar yig’indisini aniqlang. A) 24 B) 20 C) 23 D) 28
11. H2SO4 + 2NaOH → Na2SO4 + 2H2O reaksiyaning tezligini 16 marta oshirish uchun NaOH konsentratsiyasini necha marta oshirish kerak? A) 16 B) 4 C) 2 D) 8
12. SO2 + O2 → SO3 reaksiyada dastlabki moddalar konsentratsiyalari 3 martadan oshirilib, bosim 2 marta pasaytirilsa va harorat 300C ga oshirilsa (γ=2), to’g’ri reaksiya tezligi qanday o’zgarishini aniqlang. A) 27 marta ortadi B) 8 marta ortadi C) 27/8 marta ortadi D) 27 marta kamayadi
13. 600C da reaksiya 270 sekund davom etadi. Reaksiya tezligining harorat koeffitsiyenti 3 ga teng bo’lsa, shu reaksiya 800C da necha minut davom etadi? A) 30 B) 9 C) 0,5 D) 25
14. A + 2B = C reaksiyaning tezlik konstantasi 0,8 l/mol*s. A va B moddalarning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 3 va 2 mol/l. Ma’lum vaqtdan keyin A moddaning konsentratsiyasi 0,5 mol/l ga kamaydi. Reaksiyaning shu holatdagi tezligini (mol/l*sek) toping. A) 2 B) 4,8 C) 4 D) 3
15. AB(g) + B2(g) = AB2(g) reaksiyaning harorat koeffitsiyenti 2 ga teng. Bosim 4 marta oshirilganda tezlik o’zgarmay qolishi uchun haroratni necha gradusga pasaytirish kerak? A) 40 B) 30 C) 60 D) 50
16. Harorat 500C ga oshganda tezlik 32 marta ortsa, ushbu reaksiyaning harorat koeffitsiyentini aniqlang. A) 3 B) 4 C) 2 D) 3,5
17. X3+ ionida 118 ta neytron va 76 ta elektron bo’ladi. Shu elementning nisbiy atom massasi nechaga tengligini toping. A) 118 B) 121 C) 197 D) 194
18. Qaysi birikmada neytronlar sonining protonlar soniga nisbati 0,7 ga teng? A) H2O B) CH4 C) NH3 D) D2O
19. Umumiy zarrachalarning 38,46% ini neytronlar tashkil qiladigan, kislorod atomiga izoton bo’lgan natriy atomining massasini aniqlang. A) 21 B) 22 C) 23 D) 24
20. Magnit kvant soni qiymati … bo’ladi. A) – l dan 0 gacha B) 0 dan + l gacha C) – l dan + l gacha ( 0 ham bo’ladi) D) – l dan + l gacha ( 0 bo’lmaydi)
21. Atomning L pog’onasida qaysi orbital(lar) uchraydi? A) s B) s,p C) s,p,d D) s,p,d,f
22. 6p orbitaldan oldin(a) va keyin(b) qaysi orbital elektron bilan to’ladi? A) a-6s; b-6d B) a-5d; b-6d C) a-5d; b-7s D) a-4f; b-7s
23. Fe; Fe+2 va Fe+3 ionlarida nechtadan d-elektron mavjud? A) 6;6;5 B) 6;4;3 C) 6;5;4 D) 6;4;5
24. s-orbitaldan d-orbitalga bir elektron sakrab o’tib, d-orbitalning yarim to’lishi sodir bo’ladigan elementlar qatorini ko’rsating. 1) Cu; 2) Mo; 3) Pd; 4) Ru; 5) Rh; 6) Cr; 7) Ag; 8) Au; 9) Pt; 10) Nb A) 1,3,7,8 B) 2,6 C) 4,5,9,10 D) 1,7,8
25. Elementning umumiy elektronlari soni 14 ta bo’lsa, ularning nechtasi p-elektronlar bo’ladi? A) 4 B) 6 C) 8 D) hammasi
26. Elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p6 bo’lgan atom va ionlarni aniqlang. 1) Ar; 2) K; 3) K+; 4) Cl-; 5) S2-; 6) Ca2+; 7) P3-; 8) Ca A) 3,4,5,6,7 B) 1,2,3,4,5,6,7,8 C) 1,2,8 D) 1,3,4,5,6,7
27. Qalay atomining 5p pog’onachasida normal va qo’zg’algan holatda nechtadan elektron bo’ladi? A) 0;2 B) 4;3 C) 2;3 D) 1;3
28. Selen atomining toq elektronlari uchun kvant sonlari (n;l;m) qiymatlarini aniqlang. A) n=3,4; l=0,1; m=0,1 B) n=4,4; l=2,2; m=-1,0 C) n=4,4; l=0,1; m=-1,0 D) n=4,4; l=1,1; m=0,1
29. Kaliy xromat, kaliy dixromat va kaliy tiosulfatlar tarkibidagi jami bog’lar yig’indisini aniqlang. A) 27 B) 30 C) 28 D) 34
30. Mol nisbati 2:3 bo’lgan SO2 va SO3 aralashmasining 55,2 grammidagi kislorod atomlari sonini hisoblang. A) 3,612*1023 B) 5,418*1023 C) 1,174*1023 D) 4,515*1023
Do'stlaringiz bilan baham: |