Tarix darsliklari va ularga qwyiladigan zamonaviy talablar
Reja:
1. Tarix darsligi bilim manbai va talim vositasi sifatida.
2. Tarix darsligining asosiy tarkibiy qismlari.
3. Wquvchilarning darslik matni va illyustraciyalar bilan ishlash usullari.
Wrta talim va wrta maxsus talim tizimida tarix wqitishda qwllaniladigan matnlarga - darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy -ommabop va badiiy, tarixiy adabiёtlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar wquvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bwlgani kabi wqituvchining bilim manbaini, baёnining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, wqituvchi shu manbalardan turli va unumli foydalangan taqdirdagina, uning baёni zamon talablariga, umuman wrta talim va wrta maxsus talim tizimidagi tarix talimining talablariga javob berishi, wqituvchi baёnining wquvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va tasirli bwlishi mumkin. Shuningdek matnlarlar ustida ishlash wquvchilar, bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga ёrdam beradi, milliy istiqlol tarbiyasi shakllanadi, tarixiy fikrlash hosil bwladi, ular tarixiy voqealarga baho berishga wrganadilar. Wrta talim va wrta maxsus talim tizimida wquvchilar har xil matnlar ustida ishlab mustaqil ish kwrish malakasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki metodlari bilan amaliy ravishda tanishadilar.
Wqituvchi wquv dastur talabiga muvofiq tarix darsligi matnini mazmuniga darslik matnini asos qilib oladi. Wqituvchi wzining baёnini boshqa matnlar asosida yanada aniqlashtiradi va boyitadi. Darslik matni wquvchilarning darsda va darsdan tashqari tarixni wrganish, wzlashtirish va uni esda saqlab qolishining, bilish faoliyatining, ijodiy izlanish ishlarini olib borishning muhim manbaidir. Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursining mazmunini ijodiy wzlashtirishga va olingan bilimlarni haёtda qwllashga wrgatadi.
Darslik matni ustidagi ishlash wquv materialini wzlashtirish va uni esda saqlab qolish, wquv tekstini tahlil kilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy faktlarning muhim belgilarini bir-biriga takqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi. Shuningdek, matn ustida ishlashda xronologiyani tayёr tarixiy tushunchalar tarifini wzlashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda baёn qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy faktlar va statistik malumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish tendenciyalarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini wzlashtirish va aniqlashtirish, luǵat ishlarini mazmunli va suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab bwlmagan
ёzuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida dasturlashgan talim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham kwzda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |