Tarix darslarida milliy qadriyat tushunchasi. Tuzuvchi: tdshu tarix yapon-ingliz guruhi 2-kurs talabasi Mahamadjonova Diyora
Tarix darslarida milliy qadriyat tushunchasi. Tuzuvchi: TDSHU tarix yapon-ingliz guruhi 2-kurs talabasi Mahamadjonova Diyora Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-maʼnaviy ahamiyatini koʼrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi Umuman olganda, qadriyatlar deganda, ma'lumbir jamiyat odamlari, alohida olingan shaxsning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish vositasi,shuningdek me'yorlar,maqsadlar va ideal sifatidagi undovchi hamda qo'zg'atuv chig'oyalari,predmetining mohiyati,hodisasi shuningdek, ularning xususiyatlari tushuniladi. Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir. qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. .
Milliy qadriyatlar ildizlarini anglab yetishda, tasniflashda va aniqlashda uni soddalashtirishdan ehtiyot bo'lish zarur. Bu ijtimoiy va oliy qadriyatlarningbir-birlari bilan o'zaro bog'liq bo'lgan hamda o'zaro bir-birini taqozo qiladigan,lekin, shu bilan birga,nisbatano'zini barqarorligi va mustaqilligini saqlayoladigan hodisasi sifatida namoyon bo'ladi
Fanda «milliy qadriyatlar»,«milliy qadriyatli-yo'naltirilgan ong»va«milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari» ma'lum etnosni ijtimoiy, psixologik o'ziga xosligini, boshqa shu kabi birliklardan farqlanishini,mazkur etnosning barcha a'zolarini umumiy g'oyalar va yol-yo'riq ko'rsatmalar asosida birlashuvini ifodalaydi. Rivojlanish va shakllanishining turli bosqichlarini o'z boshidan kechirayotgan ko'plab etnoslar tarixini o'rganish shuni ko'rsatadiki, etnos a'zolarining birligi boshqa narsalardan ko'ra ko'proq ma'lum psixik xislatlarning mavjudligi, voqealar va munosabatlarni o'zlashtirish va baholash kabi qadriyatlardagi umumiylik bilan ta'minlanadi. Milliy qadriyatlarni anglashda shu kabi his-tuyg'ular va munosabatlarning ayni shu birikuvlari nuqtayi nazari bilan yondashish talab etiladi. Milliy qadriyatlar va milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari—bu u yoki bu etnos vakillarining muayyan-tarixiy shart-sharoitlardagi ijtimoiy va shaxsiy ma'naviyati rivojlanishining rag'batlantiruvchi omilidi Prezident I.A. Karimov ma'naviyat va milliy qadriyatlaming noyob va bebaho boylik ekanligini ta'kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz bugun ayrim davlatlardan, moddiy nuqtayi nazardan orqaroqda bo'lsakda (bunga ko'pginatarixiy obyektivsabablar bor),ma'naviyat nuqtayi nazaridan qaraganda ulkan g'urur bilan aytishimiz mumkin: buyuk ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlar va urf-odatlarga, nasl-nasabimiz va qonimizga singib ketgan buyuk hayotbaxsh kuchga egamiz. Bu borada ustunligimiz butun ma'rifiy dunyoda e'tirof etilgan. Ana shu qutlug‘ merosga munosib bo'lib yashash,bu beqiyos boylikni yanada boyitib rivojlantirish,milliy o'zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajak binosini barpo etish muqaddas burchimizdir». O'zbekiston mamlakati hududida bir necha ming yillar davomida davlatchilik,milliy va etnoijtimoiy an'analari yashab kelmoqda. Ularning hammasi millatning shakllanishida muhim rol o'ynab,hozirgi milliy qadriyatlarning shakllanishiga olib keldi. Mazkur milliy qadriyatlaming umummilliy xarakter kasb etadiganlari millatning yashash tarsi yoki millatning rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo'la boshladi. Mustaqillikning dastlabki davrida esa mazkur milliy qadriyatlaming aksariyati ilgari, ya'ni ittifoq davrida toptalgani, ijtimoiy-siyosatdan ajratib qo'yilganligi uchun qaytadan tiklanish jarayoniga zarurat sezmoqda edi. Endi demokratik jamiyat qurish vazifalari va qaytadan tiklanish zarurati paydo bo'lganligi sababli mazkur milliy qadriyatlaryangi jamiyat qurishning tamoyillari sifatida namoyon bo‘la boshladi. Ittifoq davrida milliy qadriyatlar tazyiqlar va ta'qiqlashlarga uchragan bo'lsa ham ular xalqimiz ruhiyatida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi. Prezident I.A.Karimov bu haqda quyidagifikrni bildiradi. «Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay,O'zbekiston xalqi avloddan avlodga o'tib kelgan o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi». Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab milliy tiklash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarildi. Bu sohadagi dolzarb vazifalarni Prezident I.A.Karimov quyidagich aifodalagan edi: «Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o'zlikni anglashning o'sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy,tabiiy jarayon deb hisoblaymiz». Tarixiy rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki,jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligisiz barpo etib bo'lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o'zgartirishning muhim omili sifatida rivojlandi. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligi inson ma'naviy kamolatining eng muhim omili sifatida e'tirof etildi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |