Tarix bo’yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar Reja: Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning ahamiyati, ularning tarix ta’limi bilan bog’liqligi



Download 28,02 Kb.
bet1/4
Sana22.07.2022
Hajmi28,02 Kb.
#835651
  1   2   3   4
Bog'liq
1 Maruza (2)


Tarix bo’yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar
Reja:
1. Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning ahamiyati, ularning tarix ta’limi bilan bog’liqligi.
2. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, ko’rinishi va metodlari.
3. Tarix to’garaklari, uchrashuvlar, konferensiyalar, tarixiy kechalar tashkil etish.


TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Tarix fani bo’yicha to’garaklar, konferensiya, tarixiy kechalar, ekskursiya, tarixiy belletristika, sahna, pyesa, insenirovka.
O’quvchilar o’quv materialining asosiy mazmunini sinfda dars davomida o’zlashtirib oladilar, albatta. Biroq, o’quvchilarning tarix dasturi yuzasidan o’rganishi zarur bo’lgan bilim va malakalarning hammasini ham sinf-dars mashg’ulotlari doirasiga sig’dirib bo’lmaydi. Buning ustiga tarixiy bilimlar, ilmiy va siyosiy ma’lumotlar hajmi tez kengayib, muttasil oshib borayotgan sharoitda o’quvchilar o’z bilimlarini tinmay to’ldira borishlari uchun sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish g’oyat zarurdir.
Tarix sevib o’qiladigan fandir. Uni o’rganish jarayonida o’quvchilarda o’tmishni puxta bilishga intilish orta boradi, ularda bu intilishni amalga oshirishda esa sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati kattadir.
Tarix predmeti yuzasidan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, ko’rinish va metodlari metodik adabiyotda turlicha turkumlanadi. Metodist V.N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlar turkumiga bilish manbalarini asos qilib olib, ularni quyidagi turlarga bo’ladi. Ma’lumki, o’quvchilar faqat darslikni o’qish bilangina chegaralanib qolsa, ularning bilim doirasi va o’tmish haqidagi tasavvurlari tor bo’lib qoladi. SHuni e’tiborga olib V.N.Bernadskiy sinfdan tashqari ishlarning asosiy ko’rinishi sifatida qo’shimcha o’qishni tavsiya etadi.
1. Qo’shimcha kitob o’qish. U tarixdagi o’qiladigan kitoblarni uch guruhga bo’ladi:
a) ilmiy-ommabop kitoblar,
b) tarixiy belletristika,
v) tarixiy davrga oid badiiy adabiyot.
2. Qo’shimcha suratlar ko’rish.
3. Jamoa bo’lib teatr va kinolarga borish hamda ularni birgalikda muhokama qilish.
4. Tarixiy kechalar uyushtirish.
5. Tarixiy inssenirovka yoki pyesalar qo’yish.
6. Maktab tarixiy ko’rgazmalarini tashkil etish.
7. Olisdagi tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish.
V.N.Bernadskiy fikricha, o’quvchilar sinfdan tashqari qo’shimcha kitob o’qib, filmlar ko’rib, radio, ma’ruzalar eshitib olgan bilimlari va tasavvurlarini amaliy faoliyat bilan qo’shib olib borgandagina ko’zlangan maqsadga erishadi - mustaqillikni, tashabbus va ijodiy ishlash qobiliyatini o’stira oladi.
Keyingi 10—15 yil ichida sinfdan tashqari ishlar ko’lami kengaydi, mazmunan boyidi, ko’rinishlari ko’paydi. Bu ishlarning nazariy tomonlari ham ishlab chiqildi.
Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy jihatdan ommaviy va to’garak ishlariga bo’linadi.
O’zining ilmiy tadqiqiy asarlarida sinfdan tashqari ishlarning nazariy masalalarini ishlab chiqqan, maktab tajribasiga suyanib sinfdan tashqari ishlarning asosiy boshlang’ich ko’rinishi — ommaviy ishlar ekanligini isbot qilib bergan A.F.Rodin sinfdan tashqari ishlarning ommaviy ko’rinishiga: ovoz chiqarib o’qish, hikoya qilib berish, ma’ruza o’qish, tarixiy voqealarning ishtirokchilari va ilg’or kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazish, kinofilmlar, pesalar ko’rish, ekskursiyalar uyushtirish, o’quv konferensiyalari, kechalar, tanlovlar tashkil qilish, olimpiadalarda ishtirok etish, o’lka burchagi va maktab ko’rgazmalarini tashkil etish va boshqalarni kiritadi.
A.F.Rodinning tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlar sohasidagi tadqiqotlarining yana bir qimmatli tomoni shundaki, ularda sinfdan tashqari ishlarni o’quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati bilan (tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berish, ular bilan davra suhbatlari uyushtirish, gazeta, jurnallar o’qib berish va h. k. bilan) bog’lab olib borish zarurligi ta’kidlanadi.
Metodist A.A.Vagin tarix ta’limida sinfdan tashqari qilinadigan ish metodlari sohasida keyingi yillarda orttirilgan ilg’or tajribalarni umumlashtirib, ularni uch guruhga bo’ladi.
1. Og’zaki metod. Sinfdan tashqari ishlarning bu guruhiga o’qituvchining hikoya qilib berishi, ovoz chiqarib o’qishi, yuqori sinflarda esa, o’qituvchining darsdan keyin bo’ladigan ma’ruzasi kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarning faolligi va mustaqilligini oshirish maqsadida o’quvchilar ham og’zaki so’zlab berish metodidan foydalanadi. O’quvchilar to’garak yig’ilishlarida, tarixiy kechalarda, quyi sinf o’quvchilari va aholi orasida qisqacha axborotlar, doklad va referatlar bilan qatnashadilar, munozaralarda, nazariy konferensiyalarda, tarixiy materiallar (kitoblar, kinofilmlar va pesalar) muhokamasida ishtirok etadilar.
2. Yo z m a v a b o s m a m a n b a l a r b i l a n i sh l a sh m ye t o d i.
Sinfdan tashqari ishlarning bu turiga qo’shimcha kitob o’qish, tarixiy - adabiyot to’plamlar, xrestomatiyalar, arxivlardagi hujjatlar va boshqalarni o’rganish, vaqtli matbuotni o’rganuvchilar to’garagi, qo’lyozma va arxiv hujjatlarini o’rganuvchi «yosh arxivchilar to’garagi» barpo qilish, «Kitob va uning tarixi» degan mavzuda kecha tashkil etish, o’lkaning o’tmishi va hozirgi hayotiga doir har xil kitob va maqolalar, qo’lyozmalarni o’rganish, xalq og’zaki ijodiga doir materiallarni to’plash, tarixiy voqealarning shohidlari va ishtirokchilarining hikoyalarini yozib olish, ular bilan xat yozishib turish, tarixiy hujjatlarni o’rganish kabi ishlar kiradi.
3. Ko’rsatmali materiallar bilan ishlash metodi. Illyustratsiya va diapozitivlarni ko’rsatish, filmlarni ko’rish, ekskursiya materiallarini o’rganish kabi darsda boshlangan ishlar sinfdan tashqari davom ettiriladi. Bundan tashqari ekskursiyalar va ekspeditsiyalar davomida to’plangan materiallar nusxasini ko’paytirish, rasmga olish, shu materiallar asosida modellar yasash va namoyish qilish ham shu guruhga doir ishlar qatoriga kiradi. Bu ishlar ham sinfdagi ishlar bilan bog’liq olib boriladi. Gap shundaki, o’quvchilar dars jarayonida egallagan ko’nikma va malakalarini sinfdan tashqari ishlarda yanada rivojlantirib, takomillashtirib boradilar1.

Download 28,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish