2. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, ko’rinishi va metodlari.
O’quvchilarning yoshi, bilim va malakalari, ularning individual moyilligiga va qiziqishlariga qarab, tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, ko’rinish va metodlari turlicha bo’ladi. Hozir maktabda sinfdan tashqari ishlarning quyidagi asosiy, tashkiliy formalari mavjud.
1.Tarix to’garagi (yoki tarixiy-o’lkashunoslik to’garak).
2.Tarix (yoki tarixiy-o’lkashunoslik) jamiyati.
3.Sinfdan tashqari tarixiy yoki tarixiy-o’lkashunoslik ekskursiyalari, kollektiv bo’lib teatr va kinoga borish.
4.Uzoq joylarga tarixiy-o’lkashunoslik ekskursiyalari.
5.Arxeologiya ekspeditsiyasida qatnashish.
6.Tarixiy yoki o’lkashunoslik burchaklari, muzeylari.
7.Tarixiy, tarixiy-o’lkashunoslik, tematik kechalar yoki (tarix jamiyati, to’garak ishi haqida, uzoq joylarga uyushtirilgan arxeologik ishlar haqida) hisobot kechalari.
8.Hisobot yoki tematik ko’rgazmalar.
9.Yuqori sinf o’quvchilari uchun seminarlar, suhbatlar.
10.Tarixiy (tarixiy-o’lkashunoslik) konferensiyalar, munozara va muhokamalar.
11. Maktab o’quvchilarining tarixiy voqealarning qatnashuvchilari va shohidlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan uchrashuvlari.
13.Tarixiy yoki tarixiy-o’lkashunoslik o’yinlari.
14.Tarixiy mavzularga bag’ishlangan devoriy gazeta va qo’lyozma jurnallar.
15.Sinfdan tashqari o’qishlar.
Ko’rinib turibdiki, sinfdan tashqari ishlarning ko’rinishlari turli-tuman, mazmuni boy, hatto maktab tarix kursining mavzusidan chetga chiqishi ham mumkin. SHuni aytish kerakki, sinfdan tashqari ishlarning mazmuni qanchalik boy va turli-tuman ko’rinishlarda olib borilmasin, ular bir maqsadga: ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Maktabda tashkil etiladigan tarix to’garagi (yoki tarixchilar jamiyati) sinfdan tashqari qilinadigan barcha ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning eng ixcham ko’rinishidir.
Sinfdan tashqari ishlardan kuzatilgan mas’uliyatli vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi o’qituvchining o’quvchilarni shu markazga jips jamlashga va uning ishlariga to’g’ri boshchilik qila bilishiga bog’liqdir.
Qo’shimcha o’qish sinfdan tashqari ishlarning sinfdan tashqari muhim formasidir. Bu ish o’quvchilarga kitob o’qishni targ’ib qilish, uning ahamiyatini tushuntirish, kitobga qiziqtirishdan boshlanadi. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, bilimi hamda malakalari e’tiborga olinishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarni, avvalo darslikda ko’rsatilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtiradi va ulardan foydalanish yo’llarini gapirib beradi, yangi chiqqan kitoblar haqida ularni xabardor qilib turadi, kitob o’qishni uyushtiradi.
Maktab tajribasida 5-6-sinf o’quvchilarini kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ilg’or o’qituvchilar quyidagi usuldan foydalanadilar: o’qituvchi o’quvchilarga o’qish kerak bo’lgan kitoblarni aytish bilan birga shu kitoblarni o’quvchilarga ko’rsatadi va hatto eng muhim, maroqli joylarni o’qib beradi. Biroq, o’qishni cho’zib yuborish yaramaydi, 15—20 minutdan oshirib yubormaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |