TARIX
(asosiy fan bloki)
1. Insoniyat tarixida ro’y bergan o’zgarishlarni qadimiyligiga
ko’ra to’g’ri joylashtiring.
1. O’rta Osiyo janubida sun’iy sug’orishga asoslangan
dehqonchilikning vujudga kelishi;
2. Paxsa imoratlar qurilishining vujudga kelishi;
3. O’rta Osiyo aholisi to’rt guruhga bo’lindi
A) 2.1.3. B) 1.2.3.
C) 3.2.1. D) 1.3.2.
2. Turkiston o’lkasida Toshkent shahridan tashqari yana qaysi
shaharlarida ko’chib kelganlarning posyolkalari paydo bo’ldi?
A) Yangi Marg’ilon, Jizzax, Skobelev
B) Yangi Marg’ilon, Samarqand, Andijon
C) Samarqand, Jizzax, Skobelev
D) Farg’ona, Jizzax, Skobelev
3. Markaziy Osiyo respublikalari orasida mustaqilligini eng
kech e’lon qilgan davlat?
A) Qirg`iziston B) Tojikiston
C) Turkmaniston D) Qozog`iston
4. Avval miskar hunarmand bo`lgan hukmdorning davlatda
hokimiyat tepasiga kelganidan 1395 yil oldin qo`zg`olon
bo`lgan hududda joylashgan shaharni toping?
A) Buxoro
B) Choch
C) Marv
D) Termiz
5. Buyuk Britaniya qachonga kelib sanoatning asosiy sohalari
bo‘yicha jahon iqtisodiy inqirozidan oldingi ko‘rsatkichlarga
yetib oldi?
A) 1937-yil B) 1939-yil
C) 1935-yil D) 1938-yil
6. Shamolga qarshi suz oladigan kema –karavella qachon
yaratildi?
A) XVI asr oxiri
B) XVII asr oxiri
C) XIX asr boshlari
D) XV asr oxiri
7. XIX asrning II-yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga
kirgan qaysi hududlarda o’z xalqini ma’rifatli qilish g’oyalari
tarqala boshlandi?
1.Qrim 2.Kavkazorti 3.Turkiston 4.Xiva 5.Buxoro 6.Qozoqlar
yeri 7.Dog’iston 8.Boshqirdiston 9.Checheniston 10.Asetiya
11.Yoqutiston
A) 1,2,3,4,5 B) 6,7,8,910
C) 1,3,5,7,9 D) 2,4,6,8,10
8. Nima sababdan Guptаlаr impеriyasi pаrchаlаnib,
mаmlаkаtning kаttа qismi istilоchilаr qo‘ligа o‘tаdi?
A) Hindistonda qabila-urug‘chilik udumining uzoq vaqt
saqlanib qolganligi natijasida
B) mamlakatda kuchli tabaqalanishning mavjud bo‘lganligi
natijasida
C) grass yerlarining avloddan-avlodga o‘tib borishi sababli
D) VI аsrdа Hindistоnga shimoli-g‘аrbidаn bоstirib kirgаn
eftаliylаr hujumlаri sababli
9. Eronda qachon mamlakatning nomi o‘zgartirilib, ilgarigi
Fors o‘rniga Eron deb ataladigan bo‘ldi?
A) 1935-yildan B) 1946-yildan
C) 1919-yildan D) 1979-yildan
10. Qaysi shayboniy hukmdor Ruboiynavislikning Bobur
Mirzodan keyinngi taraqqiyotida o’rin egallagan?
A) Shayboniyxon B) Abdulaziz
C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
11. Qaysi voqea “Ems depeshasi” degan nom bilan tarixga
kirdi?
A) Fransiyning Germaniyadan kelgusida Ispan taxti uchun
nomzod ko‘rsatmasligini talab qilishi
B) Prussiya kansleri Bismarkning gazetada imperator va
Fransiya elchisi o‘rtasidagi suhbat tafsilotini imperator
Fransiya elchisi bilan gaplashishni istamasdan, unga orqasini
o‘girib olgan deb maqola e’lon qilishi
C) Fransiya hukumati Ispan taxtiga Germaniyadan o‘z
nomzodidan voz kechishini talab etgani va Vilgelm I ning
bunga rozi bo‘lganligi
D) Germaniya imperatorining Ems shahrida davolanishi
12. Quyidagi janglarning qaysilari “yuz yillik urush” ga
taalluqli?
1) Puate jangi; 2) Gastings jangi; 3) Azenkur jangi;
4) Orlean jangi; 5) Kent jangi; 6) Kresi yaqinidagi jang
A) 1, 2, 3
B) 1, 5
C) 1, 3, 4, 6 D) 4, 5
13. Xiva xonligida tashkil etilgan Oliy Kengash ishida kimlar
qatnashgan?
1. xonning yaqin qarindoshlari, 2. Qo`shbegi 3. Mehtar 4.
Ko`kaldosh 5. Devonbegi 6. Naqib 7. Inoq 8.
Shayxulislom 9. Mirob 10. Bosh qozi 11. Muftiy 12.
Otaliq 13. Biylar
A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
B) 1,2,3,5,6,8,9,10,12,13
C) 1,2,3,4,5,6,7,8,12,13
D) 1,2,3,5,6,7,8,10,12,13
14. “Boltiq yo‘lbarslari” deb atalgan davlatlarni belgilang.
A) Norvegiya, Daniya,
Angliya
B) Latviya, Litva, Estoniya
C) Finlandiya, Belgiya, Daniya
D) Shvetsiya, Belgiya, Norvegiya
15. Yunonistonda xususiy uylar qanday qurilish
materiallaridan qurilgan?
A) paxsa va marmardan B) marmar va toshdan
C) g’isht va toshdan D) g’isht va paxsadan
16. Rus milliy teatrining asoschisi kim ?
A) Fonvizin
B) Derjavin
C) Kirilov
D) Volkov
17. 2016-yil qanday nomlangan edi?
A) “Ijtimoiy himoya yili”
B) “Keksalarni e’zozlash yili”
C) “Sog`lom on ava sog`lom bola”
D) Sihat-salomatlik yili”
18. Quyidagi shaharlarning mo`g`ullar istilosida qanday zarar
ko`rganligini toping?
1. Samarqand 2. Buxoro 3. Urganch 4. Marv 5. Xo`jand
a) yoqib yuborildi
b) suv to`g`oni buzib yuborildi
c) butunlay buzib tashlandi
A) 1-a, 2-a, 3-b, 4-c, 5-b B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-b, 5-a
C) 1-a, 2-a, 3-b, 4-b, 5-a D) 1-b, 2-c, 3-b, 4-b, 5-c
19. Nima uchun 1900-1914-yillar AQSh tarixiga
«Taraqqiyparvar davr» nomi bilan kirgan?
A) Bunga AQSh prezidentlarining monopoliya-larga qarshi
kurash olib borganligi sabab bo' lgan
B) Bu davrda AQSh jahonda eng ko'p sanoat mahsuloti ishlab
chiqaruvchi malakat bo' lib olgani sabab bo' lgan
C) Bu davrda AQSh konstitutsiyasi katta o'zgarishlar kiritilib,
bunda AQSh prezidentlari asosiy rol o'ynagan edi
D) AQSh parlamenti bu davrda mamlakatni 15 yil ichida
jahonda birinchi o'ringa olib chiqish dasturini ishlab chiqqan
edi
20. No'g'ay xonligi chegarasi to'g'ri berilgan javobni toping.
A) Volga daryosidan Yenisey daryosigacha, Issiqko`l va Orol
dengizi bo'ylaridan Kama daryosigacha bo'lgan hudud.
B) Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol
dengizi bo'ylaridan Kama daryosigacha bo'lgan hudud.
C) Volga daryosidan Ural daryosigacha, Kaspiy dengizi
bo'ylaridan Balxash ko'ligacha
D) Volga daryosidan Dnepr daryosigacha, Qora va Kaspiy
dengizi bo'ylaridan Kama daryosigacha bo'lgan hudud.
21. Quyidagi AQSH prezidentlaridan qaysi birining siyosati
tarixga “yangi iqtisodiy falsafa” nomi bilan kirgan?
A) Jorj Bush B) Bill Klinton
C) Barak Obama D) Donald Tramp
22. Quyidagi allomalarning yashagan yillari muvofiq
keluvchi javobni aniqlang.
1) Abu Sahl Masihiy 2) Abu Ali ibn Sino
3) Abulxayr ibn Hammor 4) Abu Rayhon Beruniy
5) Abu Nasr ibn Iroq
a) X asr-1034 b) 991-1048 c) 970-1011
d) 973-1048 e) 980-1037
A) 1-a, 2-e, 3-b, 4-d, 5-c
B) 1-b, 2-e, 3-c, 4-d, 5-a
C) 1-c, 2-e, 3-b, 4-d, 5-a
D) 1-b,2-e,3-d,4-c,5-a
23. Quyidagi qaysi davlatda qulchilikni bekor qilish
to`g`risida “Oltin qonun” qabul qilingan edi?
A) Urugvay
C) Paragvay
B) Braziliya
D) Venesuela
24. Turkiston Muxtoriyatida harbiy vaziri lavozimi kim
egallagan?
A) Mustafo Cho`qay B) Solomon Gersfeld
C) Obidjon Mahmudov D) Ubaydulla Xo`jayev
25. 1240-yilda Nеvа dаryosi bo‘ylаb Nоvgоrоd yerlаrigа
bostirib kirgan bosqinchilarni aniqlang.
A) shvеd fеоdаllаri B) nemis feodallari
C) est va liv qabilalari D) mo‘g‘ul bosqinchilari
26. Milliy valyutamiz so`m qachon muomalaga kiritilgan?
A) 1993-yil 1-iyun B) 1993-yil 16-noyabr
C) 1994-yil 1-iyul D) 1994-yil 1-iyun
27. Qadimgi Rim imperatori Sezarga qarshi fitna uyushtirgan
senatorlarning maqsadi nima edi?
A) Respublikani qayta tiklash;
B) Mark Antoniyni taxtga o'tqazish;
C) O'zlarining imtiyozlarini qayta tiklash;
D) Senatning avvalgi mavqeini qayta tiklash.
28. Quyidagi jadid rahnamolarining hududlari bilan to’g’ri
ko’rsatilgan javobni toping.
1) Behbudiy , A.Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy
2) Munavvar Qori, A.Avloniy, Ubaydullaxo’ja
3) A.Fitrat, S.Ayniy, F.Xo’jayev
4) H.Hakimzoda, O.Mahmudov, Cho’lpon, Ibrat
5) Bobooxun Salimov, P.Yusupov
a.Samarqand b.Toshkent c.Buxoro
d.Farg’ona e.Xiva
A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a, 5-e B) 1-c, 2-e, 3-a, 4-b, 5-d
C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e
29. Usmon Yusupov SSSRning qaysi soha ministri bo`lgan?
A) Paxtachilik ministri B) Sanoat ministri
C) Madaniyat ministri D) Oziq ovqat ministri
30. Qachondan boshlab Sharq mamlakatlari yakkalanish yoki
“yopiq eshiklar” prisnsipiga asoslanib ,faol tashqi siyosat olib
bormadi?
A) XVI asr oxiridan
B) XV asr oxiridan
C) XVI-XVII asrlardan
D) XVII asr boshlaridan
Tuzuvchi: Baxtiyor Shodmonov