18-BILET
1. Sparta shahar-davlati haqida ma‟lumot bering.
Milloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar
qabilasi
bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo‘ysundirib, Sparta davlatiga asos
soldilar. Sparta engyirik Yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga
aylantirilga mahalliy aholi – ilotlarham aslida yunonlar bo‘lib, ular bilan bir tilda
so‘zlashgan. Mil. avv. VIII - VII asrlarda qullarsoni uncha ko‘p bo‘lmagan
Afinadan farqli o‘laroq Spartada qullarga aylantirilgan aholiko‘pchilikni tashkil
etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Chet elliklar
Spartagakiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san‘at asarlari, chiroyli
ibodatxonalar hambo‘lmagan. Hamma uylar bir biriga o‘xshatib qurilgan.
Spartada haykaltaroshlar ham, rassomlarham, olimlar ham bo‘lmagan.
2. Ismoil Somoniy haqida ma‟lumot bering
Ismoil Somoniy o‗rta asrlarning qobiliyatli, serg‗ayrat va nihoyatda zukko
davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga
intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini zabt
etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.Movarounnahr aholisining
mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan
xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to‗qnashtirishga va ularning har ikkisini
ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‗z ta‘sirini qayta tiklashga harakat qiladi.
Xalifa Mu‘tazid (892–902)safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan
birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon
chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi.Natijada 900-yilda ular o‗rtasida
urush boshlanadi. Urush Ismoilning g‗alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson
somoniylar qo‗l ostiga o‗tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig‗ini
yuborishga majbur bo‗ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni
o‗z qo‗l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylandi.
3. “Gildiya” atamasiga izoh bering.
Lotin so'zidan kelib chiqqan atama gremĭum.Shuningdek, siz bir xil ijtimoiy
mavqega ega bo'lgan yoki umumiy xususiyatlarga ega bo'lgan boshqa odamlar
guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bir turdagi kabi uyushma , gildiya O'rta asrlarda Evropa shaharlarida savdo-sotiq
bilan shug'ullanadigan hunarmandlarni birlashtirish uchun paydo bo'lgan.
Birlashish orqali hunarmandlar faollikni oshirishi, talabni tashkil qilishi va
barcha sheriklar uchun ishlashni kafolatlashi mumkin edi. Boshqa tomondan,
ular o'z ishlarini o'qitishga bag'ishlangan edilar. Ushbu muammolar gildiyani
boshlang'ich nuqtasi sifatida ko'rib chiqishga majbur qiladi zamonaviy kasaba
uyushmalari , ierarxiyasiz bo'lsa ham. 19-BILET
1. Qadimgi Afina va Sparta davlatlarini taqqoslang.
Afina Yunonistonning Attika deb atalgan togʻli joyida vujudga kelgan. Arxeologik
maʼlumotlarga koʻra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan.
Attikaliklar Afina maʼbudiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloklar birlashib Afina
shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9–8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri)
harbiy demokratiya susayib, urugʻchilik munosabatlari yemirila boshlagan edi.
Hokimiyatni urugʻ aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Mil. av. 7-asrda Ada
evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan edi. Mil. av. 594 yilda
savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) boʻldi. U Afinada
ijtimoiysiyosiy tuzumni tubdan oʻzgartiradigan islohotlar oʻtkazdi. Qarzlarni
bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urugʻchilik munosabatlariga
uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga
qarab belgilanadigan boʻldi. Aristokrat naslidan boʻlgan Pisistrat oʻz tarafdorlari
va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda oʻzini Attika
dehqonlarining dohiysi deb eʼlon qildi va Afinaning mustabid hokimi boʻlib oldi.
Pisistrat oʻziga qarshi boʻlgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga
ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida
Afinada savdo munosabatlari rivoj-landi, ibodatxona va boshqa qasrlar qurildi, suv
quvuri oʻtkazildi.
2. Mahmud G„aznaviy haqida ma‟lumot bering.
Mahmud G‗aznaviy davrida (997–1030) esa uning hududi kengayib, Sharqning
eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Somoniylar sulolasi barham topgach,
Mahmud G‗aznaviy Xuroson hududlarini, so‗ng Xorazm davlatini (1017) ham
o‗z saltanatiga qo‗shib olgan.
3. “Dukchi” atamasiga izoh bering.
Dukchi (forscha yig, duk) — charxning yigirilayotgan ip o‗ralibboriladigan qismi.
Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |