Tarix-7 2017.(Uzb). indd



Download 3,97 Mb.
bet21/165
Sana23.01.2022
Hajmi3,97 Mb.
#403934
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165
Bog'liq
jahon tarixi 7 uzb

Qirol Buyuk Alfred. Buyuk Alfred (871—900) Uesseks- da taxtga kelguniga qadar daniyaliklarni hech kim to‘xtatishga qodir bo‘lmagan. Buyuk Alfred butun Ang- liyadan bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilarni yig‘adi. U bu qo‘shin bilan daniyaliklarni bir necha bor mag‘lub etadi.

Alfred 879-yilda daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tu-



zadi. Unga binoan, butun orol ikki qismga bo‘linib: janubiy hudud- lar Alfredga, shimoliy hududlar esa daniyaliklarga beriladi. Chegara London va Chechter oralig‘idagi qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Skandinavlar- ga qoldirilgan yerlar Denlo nomini oladi.

Alfred tinchlik sulhidan yangi kuchli qo‘shin tuzish uchun foy- dalandi. Ma’lumki, avvallari dush- man xavfi tug‘ilganida xalq lash-

  1. rasm. Vikinglarning irland monastiriga hujumi

kari to‘planardi. Endi har beshta angl-saks oltinchisini boqishi va


qurollantirishi majburiy etib qo‘yiladi. Natijada tinimsiz urushlar davrida qishloqning ko‘pchilik aholisi o‘z ishidan ajratilmagan. Yangi qoidaga binoan, besh kishi oltinchisini dubulg‘a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlab, vikingdan kam qurollantirmagan. Qolaversa, ushbu oltinchi kishi do- imo mashq qilishi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning uchun qolgan beshta qo‘shnisining ishlashi oilasi haqida o‘ylamasligi uchun ham imkon beradi. Shu tariqa son jihatidan qisqargan Alferd qo‘shini sifati bo‘yicha avvalgi- ga nisbatan sezilarli kuchayadi. Yangi qo‘shinning paydo bo‘lishi bilan jamiyatda ham muhim o‘zgarishlar bo‘ladi. Jamiyatda professional ziroatchilardan tashqari jangchilar toifasi vujudga keladi.

Alfred daniyaliklar qal’alarni qamal qilishni uncha- lik xush ko‘rmasligini anglab, o‘z mulklari chegaralarida ko‘plab qal’alar – burglar barpo ettiradi. Qirol kema yasaydigan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmay- digan kemalarni yasattiradi.

Qirol Alfred faqat qo‘shin bilan shug‘ullanmagan. U o‘z davrining ma’lumotli kishisi bo‘lgan. Uesseksda esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan odamlar deyarli qolmagan edi.

U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tari- xiga oid ma’lumotlar to‘plashni buyuradi. Buyuk Alfred davrida «Anglosakson solnomasi» tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi.




Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish