Vizantiyaning oltin asri. Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati cho‘qqisiga Yustinian I imperatorligi davri (527–565)da erishadi. U kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga ya- qinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratadi. Amakisining vafotidan so‘ng Yustinian taxtga o‘tiradi.
Yangi imperator mamlakat hayotini islohotlar orqa- li ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirib, davlat xazinasini to‘ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi. Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat’iyat bilan bir qatorda siyosatdonlarga xos ikkiyuzlamachilik, mug‘ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan.
Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham o‘z davrida mashhur bo‘lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo‘lgan. U davrda aktyorlik e’zozli kasb hisoblanma- sa-da, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo‘lgan Yustinian I jamoatchilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylangan (Feodora aqli, shuhratparastligi, qo‘rqmasligi bilan ajralib turgan).
rasm. Vizantiya qo‘shini
Do'stlaringiz bilan baham: |