Mamlakat xo‘jaligi. Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi XII asrdan boshlanadi. O‘rmonlar kesi- lib, botqoqlar quritilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi. Mehnat qurollarining takomillashuvi hosildorlikni oshiradi. Donli ekinlardan tashqari zig‘ir yetishtirish, bog‘dorchilik, uzumchilik rivojlanadi.
Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti shaharlarning vujudga ke- lishi, yuksalishi bilan bevosita bog‘liq edi. Kyoln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Nyurnberg, Augsburglar yirik hunarmand- chilik va savdo markazlariga aylanadi. Germaniya sha- harlari qo‘shni Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Vengriya, Bolqon yarimorolidagi mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-so- tiq olib borgan. Nemis hunarmandlari ishlab chiqargan
movut, surp, metalldan yasalgan qurol-aslahalar, buyumlar boshqa o‘lkalarda ham qadrlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |