Fan TARIX. 6 sinf
I.Mavzu: Qadimgi Misr madaniyat
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
salomlashish
davomadni aniqlash
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
O’tilgan mavzini test orqali mustahkamlash.
1“Marhumlar kitobi” qaysi xalqlar haqida ma’lumot beradi?
a) hindlar s) misrliklar
b) yahudiylar d) O’rta Osiyo xalqlari
2. U yoki bu buyumlarga sig’inish fanda nima deb ataladi?
a) Animizm s) sehrgarlik (magiya)
b) Fetishizm d) Totemizm
3. qaysi davrda hayvonlarni qo’lga o’rgatish boshlangan?
a) So’ngi paleolit s) Neolit
b) Mezolit d) Eneolit
4. Mil.avv I mingyillik boshlarida O’rta Osiyoda aholi necha guruhga bo’lingan?
a) 2 s) 4
b) 3 d) 5
5. Tangalarni tatqiq etish bilan qaysi xalq shug’ullanadi?
a) Numizmatika s) geraldika
b) Epigrafika d) Lingvistika
6. Buyuk muzlash qaysi davrda boshlangan?
a) Ilk paleolit o’rtalarida s) o’rta paleolitda
IX.Yangi mavzu bayoni: Qadimgi Misrliklar yozuvi birinchilardan bo’lib vujudga kelgan yozuvlardan biridir. Avvaliga har bir so’z rasm ko’rinishida yozilgan. Yozuvdan qarg’ishlar va marosimlarni yozib borishda foуdalanishgan, shuning uchun ham uni "muqaddas" yoki "xudolar kalomi" deb nomlashgan. Yozuvlar maqbaralar devorlariga va xudolar haykallariga chekib yozilgan. Qadimgi yunonlar ularni "iyerogliflar" deyishgan (“toshga chekilgan muqaddas bitiklar" ma’nosini anglatadi). Misrliklar alifbosi 700 iyeroglifdan iborat bo’lgan. Har bir so’z o’zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o’rganish rosa qiyin ish bo’lib savod chiqarish ko’pchilikka nasib etavermagan. Iyerogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog’ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo’yoqlar siyoh vazifasini o’tagan. Ta’lim olayotganda spool buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozar edilar. Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, katta imtiyozlarga ega bolib, izzat-hurmat ko’rganlar. Qashshoq oilalar farzandlarining ko’pchiligi savodsiz bo’lib qolavergan, hunarlarini esa ota-onalaridan o’rgangan. Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon l822 yilda jahonshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: Misr matnlarini o’qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi Misr va уunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo’ldi. Уunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug’dirmadi, matnlarni taqqoslab ko’rib, har bir iyeroglif anglatgan ma’noni tushuntirib berish imkoni topildi. Ana shu kashfiyotdan keyin papiruslarga bitilgan ko’plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar-devorlaridagi bitiklar ko’p asrlik jimjitlikdan so’ngra "tilga kirdi". Tarixchilar esa Qadimgi Misr sivilizatsiyasini o’ rganish uchun muhim va ishonchli manbaga ega bo’lishdi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Misrliklar nazariy bilimlarining duyoga kelishi va rivoj topishi ularning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Ziroatchilar qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa, astronomiya, ya’ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgilashdi, birinchi bo’lib taqvim tuzishdi, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimlashdi, ortib qolgan 5 kunni esa bayram kunlari sanab, hisobga kiritishmadi. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlangan. Misrliklar dengizlar va sahrolarda yulduzlarga qarab mo’ljal olishgan, yo’lni belgilashgan. Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon, hajmni o’lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani - yer yuzasini o’lchash ilmi dunyoga keldi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dars davomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |