Doro I ning islohotlari
Miloddan avvalgi 522-yilda shoh Doro I (miloddan avvalgi- 522-486-yillarda hukmdor) Qadimgi Eron davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo`zg`olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar vakili zabardast Doro I ularni bostirishga kirishdi.
Doro I butun mamlakat uchun «doroyi» deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan O`rtayer dengiziga qadar «shohroh» degan podshoyi savdo yo`li qurilgan edi. Doro I armiyani qaytadan tuzdi, saltanatni «satrap» deb nomlangan alohida harbiy okruglarga taqsimladi.
Doro I Qora dengiz bo`ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I ning Old Osiyo va Frakiyadagi yunonlar koloniyalari bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga maydon hozirladi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimolidan O`rtayer dengiziga qadar yastangan ulkan saltanat barpo etildi.
2. Mazlum qullar o`z zolim ezuvchilaridan nafratlanar, turli yo llar bilan ularga ziyon-zahmat yetkazishga intilar edi. Rimlik quldorlar behudaga: «Qullar qancha bo`lsa, dushmanlar shunchadir», deyishmagan.
Spartak boshchiligidagi qullar qo`zg`oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo`zg`olonlardan biri bo`lgan.
Rim armiyasidagi a`lo xizmatlari uchun Kapuada shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak miloddan avvalgi 74-yilda boshlangan qo`zg`olonga rahbarlik qildi. U qullarni qo`zg`olon ko`tarishga tayyorladi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladilar va turmadan qochib chiqib ketadilar. Shaharda yashirinish imkoniyati bo`lmagani sababli ular Vezuviy tog`idagi qoyalarga chiqib oladilar. Asta-sekin egasidan qochgan boshqa qullar ularga kelib qo`shila boshladi, qo`zg`olon ko`targanlar safi kengaydi. Ko`p o`tmay ular 10 ming kishiga yetdi.
Qo`zg`olon ko`targan qullarni tor-mor etishga jo`natilgan uch ming askarlik qo`shin Vezuviy cho`qqisi yaqinida o`rda qurdi.
Qamal boshlandi. Ammo Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to`qib, ko`rinmaydigan tarafdan cho`qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Qo`zg`olon ko`targanlar orasida ixtilof paydo bo`ldi. Ko`pgina qullar mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va o`z quldorlaridan qasos olishga ahd qilishdi.
Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko`p ming sonli qo`shin jo`natildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |