G`arbiy Rim imperiyasining qulashi
Rim aholisining ko`pchiligi Rim zavolga yuz tutishi bilan butun jahon nest-nobud bo`lib ketishiga ishonar edi. Ammo jahon halok bo`lmadi. Alarix ham o`ldi, ammo Rimning undan dahshatliroq dushmani – Attila boshchiligida xunn qabilalari paydo bo`ldi. Attila Sharqiy Rim imperiyasiga hujum uyushtira boshladi. 452-yilda xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar.
Milodiy 455-yilda Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi, ular ikki hafta davomida shaharni taladilar. Vandallar o`zlari bilan olib ketolmaydigan hamma narsani nobud qildilar. 476-yilda imperator saroyi qo`riqchilari qo`mondoni so`nggi imperator Romulni saroydan haydab yubordi, hukmdor tojini Konstantinopolga jo`natdi. Sobiq G`arbiy Rim imperiyasi sarhadlarini german qabilalari egallab oldidar. Shu tariqa, milodiy 476-yil G`arbiy Rim imperiyasi qulashi va Qadimgi dunyo tarixi yakunlanishi sanasi sifatida tarixga kirdi. Endi O`rta asrlar tarixi eshik qoqqancha ostonada turar edi.
19-BILET
1. Rim imperiyasining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring.
2. Doro I ning saklarga qarshi yurishi haqida ma’lumot bering.
1. Imperiya hududi kengayib borgani sayin shaharlar ham ko`paydi. Rim shaharlari oldindan puxta ishlangan
reja asosida barpo etilgan. Shaharlarda ko`plab chiroyli jamoat va turarjoy binolari, ibodatxonalar, hammomlar, savdo rastalari va dorixonalar bo`lgan. Ko`pchilik odamlar 2–3 qal`atli binolarda istiqomat qilgan. Boyroq odamlar esa o`zlariga koshona qurib olar edi. Bunday uylarda markaziy isitish tizimi bo`lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uylarga suv oqib kelar edi. Uy mozaikalar – shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suvratlar bilan bezatilgan. Villalar devorlarini freskalar – selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar bezatib turar edi. Har bir shahar markazidagi Forumda bozor maydoni, xalq yig`ilishlari uchun joy va eng asosiy ibodatxona bo`lgan. Suv shaharga bir necha qal`atli ko`prikka o`xshab ketuvchi akveduk orqali kelar edi. Ovqat pishirish va isitish uchun yog`och ko`miri yonib turuvchi o`txonalardan foydalanilgan.
Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar qullar edi. Har bir shaharda qullar savdoga chiqariladigan bozor bo`lgan.
Odamlar kiyib yuradigan liboslar ularning jamiyatdagi mavqeyini bildirib turar edi. Masalan, o`g`il bolalar 14 yoshga to`lgunga qadar pushti yo`llik «togu» kiyishgan. 14 yoshga kirganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar va oppoq togu kiya boshlar edilar. Xuddi shunday harir toguni senatorlar ham kiyishar edi. Rimlik ayollar tuli rangdagi ko`ylaMar kiyishar, bosh va yelkalariga ro`mol yopinar edilar.
|