Milodiy II–III asrlarda Tuproqqal`a shahrida bundan ham ulug`vor va muhtasham qurilish ishlarii amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o`tgan ko`cha shaharni ikki qismga bo`lgan, undan esa yonatrofga ko`chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan.
Ko`zaliqir, Jonbosqal`a, Qo`yqirilganqara va itproqqal`a Xorazmning qadimiy shaharlaridir.
Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shohlar, lashkarlar, mug`anniylar, hayvonlar va qushlar rasmlari chizilgan. Zallardan birida devor yonidagi balandlikda chordona qurib o`tirgan holatdagi 20 dan ko`proq sopol haykalchalar o`rnatilgan edi.
Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik ishlab chiqarishi yuksak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblari, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo`lgan. Xorazm aholisi Sug`diyona, Marg`iyona, Baqtriya va sahro ko`chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o`rnatgan. Bu o`lkadan muhim karvon yo`llari o`tgan. Miloddan avvalgi I asrda va milodning dastlabki asrlarida Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan.
Xorazm hududidan O`rta Osiyo bo`yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan. Bular Oybo`yirqal`a (miloddan avvalgi V–IV asr-lar) yodgorligidan xum sirtiga chekilgan yozuv va Qo`yqirilganqal`adan (miloddan avvalgi IV–III asrlar) topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir.
Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydanishgan.
2. Miloddan avvalgi 490-yilning sentabrida fors harbiy floti Egey dengizini kesib o`tdi va Attika sohilida langar tashladi. Forslarning kemalari beso`naqay va burilishi qiyin edi. Marafon tekisligida o`q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari kemadan tusha boshladilar. Bu tekislik otliq lashkar harakatlanishi uchun qulay edi, forslar aynan shu yerda jang olib borishga qaror qilishdi. Yunonlar forslarga qaraganda ancha oz edi, shuning uchun ham fors suvoriylari yetib borolmaydigan qoyalarga o`rnashib oldilar.
Yunonlar lashkari forslarni Attika ichkarisiga boradigan yo`llardan to`sib qo`ydi. Ammo ochiq jangga kirishdan cho`chir edilar. Bir hafta o`tdi. Forslar ayyorlik qilishdi. Tunda ular otliq qo`shinlarni kemalarga yukladilar, Attikani aylanib o`tdilar, kutilmagan zarba bilan Afinani bosib olishga qaror qildilar. Yunon qo`shinlariga sarkardalik qilgan Miltiad ertalab bo`lib o`tgan voqeadan xabar topganidan so`ng Marafon vodiysida qolgan fors qo`shinlarini tor-mor qilib tashlashga ahd qildi. Yunon piyoda jangchilari falanga bo`lib safga tizildilar. Forslar uning O`rtasini yorib o`tdilar. Biroq yunon falangalarining ikkala chekkasida joylashgan kuchli otryadlar forslarni tumtaraqay qochishga majbur qildi.
Ayni mahalda yunonlar tekislikda qolgan fors qo`shinlarining orqasidan ichkariga kirib boradilar. Asir tushishdan cho`chib ketgan forslar o`z kemalariga qarab yugurishga tushdilar. Yunonlar hal qiluvchi jangda forslarning yettita kemasini egallab oldilar. Forslarning qolgan qo`shinlarini esa tor-mor etdilar yoki asirga oldilar. Yunonlar g`alaba nashidasini surar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |