Tarix 10-sinf 1-bilet



Download 125,25 Kb.
bet18/35
Sana31.12.2021
Hajmi125,25 Kb.
#210948
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
2021 10 sinf tarix(1)

15-BILET

1. Abruy qo‘zg‘oloni haqida ma’lumot bering.

Abruy qoʻzgʻoloni – 6-asrning 80-yillarida mahalliy tabaqa – dehqonlarga va savdo aristokratiyasiga qarshi Quyi Sugʻd (hozirgi Buxoro viloyati) aholisi kambagʻal tabaqasining koʻtargan qoʻzgʻoloni. Qoʻzgʻolonga Abruy boshchilik qilgan. 10-asrda yashagan Buxoro tarixchisi Narshaxiyning xabar berishicha, Buxoro aholisi Abruyni Boykand (Poykend) shahriga hokim qilib tayinlaydi.

Abruy qoʻzgʻoloni dan zarar koʻrgan dehqonlar va mulkdorlarning koʻpchiligi Turk xoqonligi qoʻl ostidagi Taroz va Turkiston shahri larigʻa qochib borib, Turk xoqoni Qorachurindan qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurashda yordam soʻraydilar. Qorachurin oʻgʻli Sheri Kishvar (Elbars yoki Elarslon) boshchiligida Buxoroga katta lashkar yuboradi. Natijada qoʻzgʻolon bostiriladi. Buxorodagi yerlar yana oʻz egalari – dehqonlarga qaytarib beriladi.

2. Baroqxon madrasasi.

Baroqxon madrasasi - Toshkentda qurilgan Madrasa (1531/32 — 16-asr 2-yarmi). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq boʻlib, madrasaning gʻarbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq gʻishtdan ishlangan. Baʼzi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi oʻrnida dastlab 2 (katta va kichik) maqbara boʻlgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Uning toʻrt tomonidagi eshiklaridan uchtasi keyinroq berkitib tashlangan (qolgan eshikdan zina bilan tomga chiqilgan). 1904 y.da masjidga aylantirilgan katta maqbarada Toshkent hokimi Suyunchxoʻja qabri joylashgan. Baroqxon ikki maqbarani oʻz ichiga olgan Madrasa qurdirgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa rang-barang sirkor gʻishtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar bilan hoshiyalangan. Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning orqa tomonida yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. Gʻarb tomondagi ichki peshtoq koʻk gumbazning tarkibiy qismi boʻlgan. Baroqxon madrasasi ning toʻrt burchagida choʻziq xona (qorixona)lar boʻlgan. Bino shakli va bezaklari oʻz holicha qolgan. Uning 22 m li gumbazi koʻk sirkor gʻishtchalar bilan pardozlangan (gumbaz 1868 y.gi zilzila paytida qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 m li poygumbazga turli rangdagi sirkor gʻishtchalardan handasiy va girih naqshlar terib yaratilgan, Qurʼon suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik koʻchib tushgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar boʻlib, ularga oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora bor (ular yashil sirkor, zarhalli gʻishtchalar bilan ajratilgan). 20-asr boshlaridagi taʼmir vaqtida qad. bezaklarning qoldigʻi koʻchirib tashlanib, oq ganch bilan suvalgan. Baroqxon madrasasi naqshlarining goʻzalligi, qurilish uslubi jihatidan Samarqandning eng yaxshi meʼmoriy yodgorliklari (15-asr ikkinchi yarmidagi Oq saroy va Ishratxona)ga yaqinlashadi. 1946, 1949, 1951, 1967 y.larda taʼmir ishlari olib borilgan. Baroqxon madrasasi da Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi joylashgan.



3. Galileo Galiley hayoti va ilmiy faoliyati.

G. Galiley ham italiyalik (1564-1642) buyuk astronom edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi asbob - teleskopni yaratdi va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yev-ropaning birinchi olimi edi. Uning tad-qiqot ishlari Kopernikning ta’limotini tasdiqladi. Bundan tashqari, G. Galiley Oyda ham Yerdagi kabi tog‘lar borligini va hatto Quyoshda dog‘lar mavjudligini qayd etdi. G. Galiley o‘z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini qoraladi. Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi. Tergov uning tinka-madorini quritdi. Oxir-oqibatda, inkvizitsiya uni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majbur etdi. 1992-yilda Rim Papasi Ioann Pavel II (marhum) G. Galileyga nisbatan inkvizitsiya sudi qarori bekor qilinganligi va G. Galileyning oqlanganligini e’lon qildi. Ayni paytda u inkvizitsiyaning buyuk olimga nisbatan o‘tkazgan zulmi uchun kechirim so‘radi.



Download 125,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish