Tarix 10-sinf 1-bilet



Download 125,25 Kb.
bet26/35
Sana31.12.2021
Hajmi125,25 Kb.
#210948
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
2021 10 sinf tarix(1)

2. Registon ansambli haqida ma’lumot bering.

Registon deyilganda Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham shaharning markaziy maydoni tushunilgan. Tarixda bunday maydonlarda turli tadbirlar - bayramlar, sayllar, tomoshalar o‘tkazilgan. Maydon o‘yilib ketmasligi uchun uning ustiga mayda tosh yotqizilgan. Keyinchalik Registon maydonida Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat me’moriy majmua bunyod etildi. Ulug‘bek madrasasi XV asrda qurildi. U ikki qavatli bo‘lib, atrofi hujra va darsxonalar bilan o‘ralgan. Madrasalarning qolgan ikkitasi - Sherdor va Tillakori madrasalarini XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Sherdor madrasasi Ulug‘bek madrasasining ro‘parasida joylashgan. Madrasa to ‘rt burchakli va ikki qavatli qilib qurilgan. Peshtoqqa qizg‘ish zarhal tusli sher oq ohuni quvib borayotgani tasvirlangan. Quyosh esa bodomqovoq, qiyiq ko‘zli qilib tasvirlangan. Peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Tillakori (tilla bilan ishlangan) madrasasi dastlab Yalangto‘shbiy kichik madrasasi deb nomlandi. Madrasa binosidan o‘rin olgan masjidning bezagiga ko‘p miqdorda oltin sarflangani uchun madrasa Tillakori nomini oldi. Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Tillakori madrasasida ham katta ta ’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Registon maydonida mashhur «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy festivallari o‘tkazilib kelinmoqda.


3. Amir Umarxon hayoti va faoliyati.

Amir Umarxon, Amiriy (1787- Qo‘qon - 1822) - Qo‘qon xoni (1810-1822), zullisonayn shoir. Norbo‘tabiyning o‘g‘li. O‘zbeklarning ming urug‘idan. Boshlang‘ich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi - Qo‘qon xoni Olimxonnnng davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. Olimxon 1807-08 yillarda unga Farg‘ona hokimligini topshirgan. Shu yillarda u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira)ga uylangan. Hokim tabaqalar Olimxonning Toshkentda ko‘tarilgan g‘alayonni bostirish uchun qo‘shin tortganligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar va 1810 yil Umarxonni xon qilib ko‘taradilar, Olimxon esa o‘ldiriladi. Umarxon Qo‘qon xonligi hududini kengaytirish, hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib boradi. Buxoro amiriga qarashli Turkiston shahri (1815), O‘ratepani (1817) bosib olgan. Sirdaryo bo‘yidagi yerlarda Yangiqo‘rg‘on, Julek, Qamishqo‘rg‘on, Oqmachit, Qo‘shqo‘rg‘on nomli harbiy istehkomlar qurdirgan. Ular O‘rta Osiyoni Rossiya bilan bog‘laydigan muhim savdo yo‘lida joylashgan edi. U Rossiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga harakat qilgan. Umarxon davrida Qo‘qon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyootada masjid va madrasalar qurilib, qabristonlar tartibga keltirilgan. Shahrixon shaharchasi barpo etilgan, yangi qishloqlar vujudga kelgan. Xon amaldorlarining talonchilik siyosatiga qarshi Chimkent va Sayramda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon bostirilgan. 19-asrning 1-yarmida Qo‘qonda o‘ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga kelgan - uning boshida turgan ma’rifatparvar hukmdor Umarxon ilm, madaniyat, san’at, adabiyot, turli kasb-hunarlarning rivojiga katta e’tibor bergan, madrasalarda o‘qisho‘qitish ishlarini yaxshilagan, turli hunar maktablari ochilishini qo‘llab-quvvatlagan. O‘zi ham Amiriy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig‘ilgan. 1821 yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rini o‘z ichiga olgan «Majmuai shoiron» to‘plamini tuzgan. Uni ulug‘lab qasidalar yozish, g‘azallariga tatabbu’lar bog‘lash bu shoirlar ijodida yetakchi o‘rin tutgan. Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni o‘ziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini o‘rgangan, ularga ergashib ijod qilgan, g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va o‘ynoqi vaznlaridagina yozilgan bu she’rlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda an’anaviy motivlar va tasavvufiy ruh ustun. O‘zbek va fors-tojik tilidagi she’rlarini to‘plab, devon tartib bergan. Devon g‘azal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq she’rni o‘z ichiga olgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining matnshunoslik va yozma yodgorliklarni nashr etish bo‘limining ilmiy xodimlari tomonidan Umarxonning turli davrlarda ko‘chirilgan 26 ta qo‘lyozma devoni hisobga olinib, ularning ilmiy tavsifi berilgan. Bu qo‘lyozmalar Sankt-Peterburg, Toshkent, Samarqand va Buxoro kutubxonalarida saqlanadi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Umarxonning 17 ta qo‘lyozma devoni mavjud. Bundan tashqari, litografik usulda chop etilgan devonlari va shoir she’rlaridan namunalar berilgan bayozlar bor. Uning g‘azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etildi.

Download 125,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish