Tarix 10-sinf 1-bilet



Download 125,25 Kb.
bet28/35
Sana31.12.2021
Hajmi125,25 Kb.
#210948
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
2021 10 sinf tarix(1)

2. Ichanqal’a me’moriy yodgorligi.

— Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.

Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼada. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yara-tilish tarixi, asosan, 4 davrga taal-luqli: birinchisi Xorazmning qad. davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻqna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shim.sharqiy burchagidagi qad. davrga mansub burj va qalʼa devori qoddiqlari saklanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220 yildagi moʻgʻullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va b. mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri 16—17-asrlarga toʻgʻri keladi. Shu paytda (Abulgʻozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan qalʼada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xoʻjamberdibek madra-sasi (1688) kabilar bunyod etildi, Koʻhna ark istehkomlari mustaqkamlandi, koʻrinishxona (xonning qabulxona-si) qurildi (1686—88). Buxoro bilan Eron oʻrtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (18-asrning 1-yarmi) Ichan qalʼa va, umuman, Xiva sh. qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat boʻlib turdi).
3. Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati.

Kamoliddin Behzod (1455–1536) XV asr tasviriy san’atining ulug‘ namoyandasidir. U musavvirlikda “Hirot maktabi” deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo‘ldi. Behzod o‘z davrida Moniyi Soniy (Ikkinchi Moniy) deb ulug‘langan. U ustoz san’atkor sifatida O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o‘lkalar tasviriy san’atining

taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Behzodning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo‘lib, u tarixiy siymolar (Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta’sirli qilib bera olgan.

Dehlaviyning “Layli va Majnun” dostoniga bag‘ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniaturalari nihoyatda jozibador va ta’sirchandir. Behzod an’analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘r satdi. Uning ijodi va mero si san’atshunoslar, rassomlar tomoni dan keng o‘rganiladi. Behzod nomini abadiylashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pre zidenti Islom Karimovning 1997-yil 23-yanvardagi farmoniga binoan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi, Milliy rassomlik va dizayn institutiga Behzod nomi berildi. 2000-yil noyabrda Toshkent, Samar qand shaharlarida va xorijiy mam lakatlarda YUNeSKO homiyligida Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi, Toshkent shahrida Behzod nomidagi memorial bog‘ barpo etildi. Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida Behzodga bag‘ishlab Buyuk Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston san’atshunos olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.



25-BILET

1. Amir Temurning Movarounnahrni egallashi.

14-asr oʻrtalarida barlos beki oʻgʻli Temur Taragʻay buyuk siyosiy arbob sifatida tarix sahnasida namoyon boʻladi. Nufuzli turk amiri Qazagʻon nabirasi — Samarqand hukmdori Xusayn bilan ittifoqchilikda Temur Movarounnahrni birlashtirish va uni moʻgʻil bosqinidan ozod qilish uchun kurash boshlaydi. Biroq koʻp oʻtmay ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashadi. 1370 yili Amir Temur Xusayn qoʻshinini tor-mor qilgach, Movarounnahr amiri deb eʼlon qilinadi. 1372—1388 yillar davomida Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qiladi va uning oʻziga toʻla tobe boʻlishiga erishadi. Shundan soʻng u Eron, Iroq, Kavkaz, Suriya, turkiyaga harbiy yurishlarni boshlaydi. Natijada ulkan imperiya barpo etiladi. Biroq Temur davlati qudratiga Juchi ulusi tarkibidagi Oltin oʻrda va Oq oʻrda doimo rahna solib turadi. 1379 yili Amir Temur Toʻxtamishning Oq oʻrda taxtiga koʻtarilishiga yordam beradi. Biroq Mamay ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng, Toʻxtamish Oltin oʻrdadagi oliy hokimiyatni egallab oladi va Temur tasarrufidagi yerlarga hamla qila boshlaydi. Bunga javoban Amir Temur Toʻxtamishni 1391 yili Qunduzchi va 1395 yili Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi vodisida qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. Natijada Toʻxtamish kuchlari shunchalar zaiflashdiki, Temur uchun Volgaboʻyiga, Oltin oʻrda poytaxti — Saroy Berkka toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl ochiladi. Shahar ishgʻol etiladi. 1398—1399 yillarda mashhur hind yurishi amalga oshirilib, u yurtdan katta oʻlja olib kelinadi. 1400 yili Amir Temur turk sultoni Boyazid I va misr sultoni Farajga qarshi urush boshlaydi. 1402 yili Anqara yaqinida usmon sultoni usil-kesil tor-mor qilinadi va bu hol Istanbulni usmonli turklar tomonidan istilo etilishini 50 yilga kechiktiradi. 1404 yil boshida Temur oʻzining 200 ming lashkarlik qoʻshini bilan Xitoyga yurishga hozirlik koʻradi. Biroq 1405 yilning 18 fevralida Temurning Oʻtrorda vafot etishi tufayli bu yurish amalga oshmay qoldi. Amir Temur hukmronligi davrida ulkan imperiyaning markazi boʻlgan Movarounnahrda iqtisod, savdo va madaniyat yuksak darajada ravnaq etdi. Temuriylar uygʻonishi davri boʻlmish 14-15-asrni Markaziy Osiyo tarixidagi „oltin asr“, deb ataladi. Bu asr jaxonga mashhur olimlar, buyuk shoirlar va rassomlarni tuhfa etdi. Isfaxoniy oʻzining „Buxorolik mehmon kitobida“ Samarqandda paxtachilikning rivojlanishi hamda paxta tolasi va shoyi matolarining ishlab chiqarilishi haqida bayon etgan. Temur dunyo savdogarlar tufayli obod boʻladi, deb hisoblagan va binobarin yangi yoʻllar, savdo inshootlarini bunyod etish uchun katta mablagʻlar sarf etgan. Aynan Temur zamonida Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, Yevropaning olis yurtlari — Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar kengaygan.


2. Ma’buda Artemida ibodatxonasi haqida ma’lumot bering

Ma’buda Artemida sharafiga Efes shahrida (bu shahar hozir Turkiya davlati hududida joylashgan) ko‘rganlarni lol qoldiradigan ibodatxona qurilgan. Afsonalarga ko‘ra, Artemida Zevsning qizi bo‘lgan. U hosildorlik, ov va Oy ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar homiysi, Ma’buda Artemida shuningdek, ayollar madadkori ham ibodatxonasi. hisoblangan. Artemida ibodatxonasining tomini qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan. Ibodatxona ichiga yunon rassomlarining ajoyib asarlari joylashtirilgan. Mil.av. 365-yilda Gerostrat ismli shaxs shuhrat qozonish maqsadida ibodatxonaga o‘t qo‘yib, uni yoqib yuboradi.


3. Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati.


Download 125,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish