2. Ulug‘bek rasadxonasi haqida ma’lumot bering.
Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428 — 29 yilda Koʻhak (Choʻponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qoʻlyozmalar ("Boburnoma")ga koʻra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qoʻshaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantning jan. qismi yer ostida, qolgan qismi shim. tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga toʻgʻri keladi. Rasadxona oʻrta asrlarda asbob uskunasi jihatdan ham beqiyos boʻlgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari — ekvator va ekliptika orasidagi burchakni oʻlchash, yillik pretsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Rasadxonada kichik oʻlchamli asboblar: armillyar sfera, 2, 4 va 7 halqadan iborat oʻlchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlari, asturlob va boshqalar boʻlgan. Bu ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari "Ziji Koʻragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar Gʻiyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq.
Ulugʻbek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir gʻisht boʻlgan aylanma devor borligi va uning markazida qoʻshaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta - kichik xonalari boʻlgan. Boburning yozishicha, Ulugʻbek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan oʻrganilgan. Rasadxonada kutubxona ham boʻlgan. Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, togʻ, dengiz, mamlakatlar belgilangan Yer shari tasviri ishlangan. Keyinchalik u qarovsiz qolib, XVI asrda vayron qilingan. Hozir Ulugʻbek rasadxonasidagi katta asbob — kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan 11 m keladi. 1964 y. Ulugʻbek rasadxonasi yonida Ulugʻbek muzeyi ochilgan. Ulugʻbek rasadxonasining asl koʻrinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida Oʻzbekiston va chet el olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
3. Abulg‘ozi Bahodirxon faoliyati.
Abulgʼoziy Bahodirxonning og‘alari Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qalʼasiga qamadilar. Otasining tarafdorlari bo‘lgan katta og‘asi Asfandiyor Eronga, Abulgʼoziy Bahodirxon esa Buxoroga Imomqulixon huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulgʼoziy Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin Asfandiyorxon bilan o‘rtalarida nizo chiqib, Abulgʼoziy Bahodirxon 1627-yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochdi; keyin ikki yil Toshkent hokimi Tur-sunxon bilan birga bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Asfandiyor uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo‘ldi. 1629-yilda turkmanlar Eronga tobe bo‘lgan Niso va Durunni bosib oldilar. Asfandiyorxon Eron bilan munosabatlarning tamoman jiddiylashib ketishidan cho‘chib, aybni Abulgʼoziy Bahodirxonga to‘nkadi va uni 1630-yil qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulgʼoziy Bahodirxon shu tariqa 10 yil Eronda, Isfahon yaqinidagi Taborak qalʼasida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tutqunlikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Abulgʼoziy Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 1644-yil Xiva taxtiga o‘tirdi. Abulgʼoziy Bahodirxon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash olib bordi. U 1663-yilda hokimiyatni o‘g‘li Anushaxonga topshirdi.
12-BILET
1. “Loy jangi” haqida ma’lumot bering.
Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida sodir bo‘ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan. Jangda Amir Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, dushman qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir paytda Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo‘ladi.Bu g‘alabadan so‘ng Ilyosxo‘ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo‘shin bo‘lmasa-da, xalq shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan mo‘g‘ul lar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |