16-BILET
1. AQSh ning tashkil topishi.
2. Ismoil Somoniy maqbarasi.
3. Abdulla Avloniy hayoti va faoliyati.
l.Amerika Qo’shma Shtatlari — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig’i, qurolli kuchlar bosh qo’mondoni — prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yo’li bilan (saylovchilar hay ‘ati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2-yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi — Amerika Qo’shma Shtatlari hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat bo’ladi. Hukumat kongress oldida mas ‘ul emas. Har bir shtatning o’z konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. Amerika Qo’shma Shtatlari davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiyhuquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar — hokimiyatning bo’linishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo’linish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmog’i qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o’rtasida vazifalarning chegaralab qo’yilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq Kongress, Prezident va Oliy suddir.
2. Somoniylar maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan Maqbara 4 tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima g’ishtin bezaklari chiviqli to’siq yoki qamish, buyra to’qimasini eslatadi. Devor qalinligi 1,8 m, tarhi — tashqarisi m, ichkarisi 7,20x7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o’matilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta).
Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos g’ishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bezak bilan uzviy bog’liq bo’lib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bag’alidagi ustma-ust ravoqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan.
Arxeologik qazilma vaqti (1927)da xona sahnida 2 yog’och sag’ana borligi aniqlangan
3. Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug’ildi. U maktab va madrasada ta’lim olib, o’z zamonining ma’rifatli va chuqur bilim sohibiga aylandi Abdulla Avloniy o’lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo’shib, 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos soldi. Oczi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», «lkkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |