12-BILET
1. “Loy jangi” haqida ma’lumot bering.
2. Sherdor madrasasi haqida ma’lumot bering.
3. Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati.
l. Movarounnahrni qo’ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo’ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo’shin tofiadi. Ikki o’rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o’rtasidagi Chirchiq daryosi bo’yida sodir bo’ladi. Tarixda u ”Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Chunki O’sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto Otlar loyga botib qolgan. Jangda Amir Temur qo’shini g’olibona harakat qilib, dushman qo’shinining o’ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir paytda Husayn o’z askarlarini raqibning so’l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo’ladi.Bu g’alabadan so’ng Ilyosxo’ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo’jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli (1O’shin bo’lmasa-da, xalq shahar mudofaasini O’z qo’liga oladi. Uzoq davom etgan mo’g’ul lar hukmronligiga qarshi ko’tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.
2. Inshoot Yalangto’shbiy Bahodir tomonidan bunyod etilgan. Sherdor madrasasi Imomqulixon hukmronligi davrida, 1619-1636-yillar oralig’ida bunyod etilgan. Me’moriy obidaning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan, shulardan: turli xil O’Ichamdagi g’ishtlar, loy, yog’och, tosh, maxsus qif’qotishmasi va shunga o’xshash boshqa ko’plab ashyolardan keng foydalanilgan Madrasaning dizayni, ichki va tashqi ko’rinishi: Sherdor madrasasining koshinlari va bezaklari faqat O’zigagina xos, betakrordir. Madrasa tarhi to’rtburchak, 2 qavatli bo’lgan. Bosh tarzining 2 qanotida qovurg’ali gumbaz va minoralar joylashgan. Binoning serhashamligi shu peshtoqida, peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta) va oldi ravoqli ayvon bo’lgan. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o’tagan. 19601964-yillarda peshtoq qanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan. Shuningdek, Sherdor madrasasining Peshtoq ravog’i tepasi diqqatga sazovor: qizg’ish zarhal Sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko’zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog’du bilan hoshiyalangan. Madrasa hovlisi va undagi hujralar ham o’z me’moriy yechimlari bilan Ulug’bek madrasasidan farq qiladi, Sherdor madrasasining devorlarida uni qurgan usta-me’mor Abdul Jabborning va me’morchilik bezaklarini yaratgan mohir usta Muhammad Abboslarning nomlari abadiy muhrlanib qolgan. Memoriy obidaning uslubi haqida gapirar ekanmiz, O’rta Osiyo me’morchiligida ko’p uchraydigan gumbazsimon, qo’sh va ”Choŕ’uslubidan keng foydalanilgan. Madrasaning O’ziga xos tomonlaridan biri shundaki, me’moriy inshoot Ulug’bek madrasasining ro’parasida bir o’q chizig’i bo’ylab joylashgan. Madrasa masjid vazifasini o’tagan, hozirgi kunda esa muqaddas qadamjolarimizdan hisoblanadi. Yana shuni ham aytib o’tish kerakki, madrasa o’z davrida qurilgan boshqa madrasalardan me’moriy yechimi bilan ajralib turgan. Mustaqillik yillarida me’moriy inshootda bir necha bor ta’mirlash ishlari olib borildi. Ayniqsa, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Sherdor madrasasi ham ta’mirlandi. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi.
3. Abu Rayhon Beruniy (973 1048) Xorazmning Kat shahrida tug’ilib, Urganchda ta’lim Olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’mun II saroyida to’plangan olimlar bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga G’azna shahriga Olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048-yilda G’aznada vafot etadi. Beruniy astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari bo’yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, «Hindiston”, «Mineralogiya”, «Geodeziya” kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o’zining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida ayla nishi haqidagi fikrni o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi. Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kanasini tuzgan. Bemniy yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin Amerika qiťasi mavjudligini taxmin qilib, o’z asarlarida bir necha bor yozgan. Beruniyning g’arbiy yarim sharda katta quruqlik borligi to’g’risidagi fikri XV XVI asrlarda o’z tasdig’ini topdi. Beruniy Yer aylanasi uzunligini o’lchashda yangi usul matematik usulni ishlab chiqdi. Ubirinchi bo’lib Yer shari globusini yaratgan. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga cło’shilgan ulkan hissa bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |