8. Yasama mavhum ot qatnashgan gapni toping.
A) Aziz shaharda o‘qib qaytdi.
B) Kezib-kezib topganlarim sog’inch bo’ldi.
C) Toshkentlik mehmonga Registon juda yoqdi.
D) Hasad – yurakning zanglashi.
9. Qaysi qatorda turdosh otlardan hosil bo’lgan atoqli otlar berilgan?
A) Rentgen, Xosiyatxon
B) Asal, Lola
C) Kimsanboy, Unsin
D) Ulug‘, Tuyg‘un
10. Quyida keltirilgan misralarda -lar qo'shimchasi qanday ma'no anglatgan? Sening xotirangni unutmas aslo, Mening yuraklarim, O'rta Osiyo.
A) ko'plik B) tur C) kuchayitirish D) hurmat
11.Qaysi maqolda ikki o'rinda narsa oti qo’llangan.
A) Ko'kka boqma, ko'pga boq!
B) Sayoq yurgan tayoq yeydi.
C) Asal aynimas, sariyog' sasimas.
D) Uying tor bo'lsa ham, ko'ngling keng bo'lsin!
12. Qaysi javobda mavhum otlar berilgan?
A) dars, saylov, terim
B) ta’til, chopiq, urush.
C) sukunat, maktab, ziyo
D) baxt, hasad, andisha
13. Qaysi qatorda shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar berilgan?
A) -lik, -inch, -ch, -dosh
B) -gar, -chi, -k, -don
C) -xon, -chi, -dosh, -boz
D) -loq, -choq, -chi, -dosh
14. Endilikda ma'lumki, o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi. Ushbu gapdagi ot so'z turkumiga mansub so'zlar sonini toping.
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
15. Iste'dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Israoil To'xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she'rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar.
Ushbu gapda nechta shaxs oti ishtirok etgan hamda ularning nechtasi yasama hisoblanadi?
A) 3 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 2 tasi yasama
B) 5 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 2 tasi yasama
C) 5 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 5 tasi yasama
D) 8 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 7 tasi yasama
16. Qaysi qatorda narsa otlarini yasovchi qo'shimchaiar berilgan?
A) -gi, -k -don, -gich B) -ma, -boz, -kor, -g'ich
C) -indi, -goh, -im, -ik D) -oq, -g'i, -gar, -ak
17. Qaysi qatorda faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar berilgan?
A) chorvachilik, tanlov, chopiq, loygarchilik, terim
B) ezmalik, terim, baxt, hunar, qalam
C) chaquv, umum, xayol, yalqovlik, guzar
D) xayrlashuv, serobgarchihk, hayot, go'zallik, hasad
18. O'rin-joy ma'nosini bildiruvchi otlarni aniqlang.
A) mahalla, bostirma, bezak
B) ko'cha, guzar, shahar
C) qishloq, to'plam, toshloq
D) tugma, achitqi, qamishzor
19. Quyida berilgan gapda nechta ot turkumiga mansub so'z qo'llangan? Zaruriy muolajalar qilinganidan keyin bemorning sog’ligi xiyla yaxshilandi.
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta
20. Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. Ushbu gapda nechta o'rinda ot turkumiga mansub so'z qo'llangan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
21. O'rin-joy otlari qaysi javobda qayd etilgan?
A) Sirdaryo, Amudaryo, Orol dengizi
B) qishloq, maydon, qo'ra
C) guzar, Oltiariq, saylgoh
D) barcha javoblarda o'rin-joy otlari bor
22. Shaxs otlari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
1) Zuhra; 2) Amper; 3) Hasan; 4) rentgen; 5) murabbiy; 6) Asal; 7) muxlis; 8) Anor
A) barchasi
B) 1, 2, 3, 6, 8
C) 5, 7
D) 1, 3
23. Berilgan otlardan qay birlari shaxs nomlari hisoblanadi?
1. Asal; 2. rentgen; 3. Go’zal; 4. o’qituvchi; 5. prezident
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3
C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5
Do'stlaringiz bilan baham: |