12. Qisqarganlik so‘zining qo‘shimchasidagi barcha undoshlar qaysi xususiyatiga ko‘ra birlashtiruvchi belgiga ega bo‘la oladi?
A) jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra
B) shovqinli yoki sonorlarga mansubligiga ko‘ra
C) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
D) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
13. Oyog‘im tortmadi-yu, yuzlaringdan o‘tolmay borgandim-da, – dedi Rashid tog‘a, – bo‘lmasa Xudoynazarning xotini mumsikligini yaxshi bilardim. Ushbu gapda fonetik yozuv asosida yozilgan so‘zlar soni va turini aniqlang.
A) 4 ta, tovush tushishi va almashishi
B) 5 ta, tovush tushishi va ortishi
C) 5 ta, tovush tushishi va almashishi
D) 4 ta, tovush ortishi va almashishi
14. Lablaring shivirlar, Izlamoqdalar... Ulug‘ oilaning go‘dak farzandi, bilibqo‘y endi: Sen tezda ulg‘ayib, Olam kezasan, Manglayda porlagan Toleing – quyosh... Ushbu she’riy parchadagi fe’llarga oid to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Parchada to‘rtta yasama fe’l ishtirok etgan.
B) Parchadagi fe’llar tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud emas.
C) Parchadagi fe’llarning barchasi kesim vazifasida kelgan.
D) Parchadagi yasama fe’llar ikki turkumga oid so‘zlardan hosil qilingan.
15. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so‘z birikmasi ishtirok etgan?
A) Azamat gavdasini podsho tomonga sal egib, qudratli qo‘llari bilan dag‘al siyrak mo‘ylabini bir silab qo‘ydi.
B) Navoiy o‘zi haqida aytilgan bu haqqoniy so‘zlarni kamtarinlik bilan, boshini quyi solib tingladi.
C) Tantana, hashamatni sevgan Husayn Boyqaro uyni to‘ldirgan va ulug‘vor ta’zim, vajohat bilan o‘tirgan rang-barang olomonga faxrlanib qaradi...
D) Dasturxon yig‘ishtirilgandan so‘ng, Navoiy yana Behzod rasmlariga sham nurida qaray boshladi
12-variant
1. Qaysi qatordagi so‘zda ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) aylanma B) kesatiq
C) achitma D) bog‘lam
2. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadan keyin qo‘shilgan?
A) Boboxon goh o‘chirg‘ichga, goh bug‘doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq bolasiga qarab hangmang bo‘lib qolgan edi.
B) Shu-shu quyon changalzorga yolg‘iz bormaydigan bo‘libdi.
C) Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo‘shqin.
D) Ipakday mayin, buloq suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi.
3. To‘pdan ajratilgan narsa, shaxs, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar turini belgilang.
A) kishilik olmoshlari B) ko‘rsatish olmoshlari C) belgilash olmoshlari D) o‘zlik olmoshi
4. Qaysi gapda o‘zlik nisbat shaklidagi gap berilgan? A) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi.
B) Belbog‘imga bitta kulcha tugilgan.
C) Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi.
D) Baxtni har kim o‘zicha tushunadi.
5. Atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘zlarni toping.
A) lekin, shuning uchun, hamda
B) uchun, singari, kabi, tufayli
C) axir, nahotki, menimcha, chamasi
D) tomon, keyin, misoli, qadar
6. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur. Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi qaysi bo‘lakka tobelangan? A) egaga B) fe’l-kesimga
C) ot-kesimga D) to‘ldiruvchiga
7. Qaysi qatorda keltirilgan fikr undalma uchun xos emas?
A) so‘zlovchining nutqi qaratilganshaxsni bildiradi
B) grammatik jihatdan gap bo‘laklari bilan bog‘lanadi
C) undalmali gapning kesimi ko‘pincha I va II shaxs-son shakllarida bo‘ladi
D) undalmaning gapdagi o‘rni erkindir
8. Ko‘lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburladi va suv yuzida titrayotgan ikki-uchta o‘rdak ko‘rindi. Ushbu gap . . . A) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
B) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
C) aralash murakkab qo‘shma gap
D) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
9. Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. Ushbu bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) tire
C) nuqtali vergul D) ikki nuqta
10. Sinekdoxa usuli bilan ma’no ko‘chgan gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Dunyoda tashvishlarni ko‘p chekdi boshim.
B) Umrini ilmga bag‘ishlagan odam abadiy umrga erishadi.
C) El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi.
D) Mehmonlar uchun meva-cheva, quyuq-suyuq tortildi.
11. Har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub qanday nomlanadi?
A) publitsistik uslub B) badiiy uslub
C) ilmiy uslub D) rasmiy uslub
12. Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so‘zlar berilgan?
A) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat
B) kasallik, xastalik, bemor
C) oydin, ravshan, ochiq
D) keksa, mo‘ysafid, qari
13. Grammatik jihatdan bir xil shakllanib, ko’pincha bir xil so’roqqa javob bo’ladigan bo’lak …………… deyiladi ?
A) Undalamalar B) Kiritmalar
C) Uyushiq bo’laklar D) Kirish so’zlar
14. Quyida berilgan so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan xato yozilgan? hordiq, muxandis, xakam, ko‘hna, ahd, muxojir, halqum.
A) 5 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
15. Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) milyard, artileriya B) 10-sinf, XXI-asr
C) sog‘gach, bargga D) keldida, bolayu
Do'stlaringiz bilan baham: |