20-variant
1. Xato yozilgan so’zni belgilang.
A) mahsichang B) uyatchang C) gadoy D) doimo
2. Imloviy jihatdan noto’g’ri yozilmagan so’zni belgilang.
A) poyez B) termos C) hirmon D) agranom
3. Quyidagi qaysi gapda yuklama ega vazifasidagi soʻzga qoʻshimcha ma᾽no yuklagan?
A) Men na bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfatini oʻylayman.
B) Goʻyo togʻlarga mayin oq kigiz yopilganday.
C) Sen ham men kabi rohatda yashasang boʻlmaydimi?
D) Qizginam atlas koʻylagini hilpiratib kirib keldi.
4. Berilgan qays gapda gap boʻlaklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan boʻlak ishtirok etgan?
A) Bu kampir Toshkentda ishlaydigan oʻgʻlinikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan edi.
B) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda
bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi koʻrindi. C) Zorqishloq koʻchalarida, adir va qirlarida, serdaraxt bogʻlarida koʻklam namoyishi kezadi.
D) Mana, hamma narsani tayyorlab ham qoʻydik, ammo oʻzaridan hanuz darak yoʻq.
5. Oʻzbek tilida lab undoshlarining nechtasi jarangli sirgʻaluvchi undosh sanaladi?
A) ikkitasi B) uchtasi C) toʻrttasi D) bittasi
6. Quyida berilgan gaplardagi yasama soʻzlar sonini aniqlang. O’z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o'zgarishiga qarab almashtirilsa.
A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 5 ta
7. Qaysi gapda barcha sifatlar nisbiy sifatlar hisoblanadi?
A) Oʻymakor gullari bilinmaydigan darajada oʻchgan, qoʻsh tabaqali eski eshikka kiramiz.
B) Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar kishi edi.
C) Baqqol amaki oʻzi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, iyagi kalta odam.
D) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari koʻp boʻlgan oʻrmon yastanib yotar edi.
8. Quyidagi qaysi gaplarda teng bogʻlovchilar uyushiq boʻlaklarni bogʻlamagan?
1) Yerga tushgan chiroq bir-ikki lopilladi-yu, avval koʻk, keyin qizgʻish alanga koʻtarildi;
2) Boʻtaboy tin olmay, goh bosh chayqab, goh qoshini kerib, goh “Ana! Oʻh, oʻh-oʻh!” deb quloq soldi;
3) Daraxtni gullata bilishgina emas, balki undan moʻl hosil yetishtira bilish ham san᾽atdir;
4) Yorning oʻzi kelmadi, balki guli keldi.
A) 1, 4 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 2, 3
9. Sharros yomgʻirlar havoni tozalaydi, larzakor chaqmoqlar dilga joʻshqinlik quvvat ato etadi. Berilgan gapdagi yasama soʻzlar sonini toping.
A) 5 B) 6 C) 4 D) 7
10. Yasama soʻz bilan ifodalangan aniqlovchi egaga tobe gapni aniqlang.
A) Qoraygan yerda bolalar koʻylagiga qadaladigan beshta tugma sochilib yotganini koʻrdi.
B) Yomgʻirdan keyin paydo boʻladigan kamalak jami ranglarni yettita ipga tortib turganga oʻxshaydi.
C) Tilagimiz shuki, hammangiz el xizmatiga yaraydigan, fidoyi, ilmli farzandlar boʻlinglar.
D) Ilm-u ma᾽rifat e᾽zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ilm-u ma᾽rifat insonni yuksaklikka ko’taradi.
11. Poyingda shu jannat tuproq istiqlol, Boshingda bulutsiz samo hurlikdir. Beshigingda chaqnab yotar istiqbol, Mustaqillik tili, dili birlikdir. She᾽riy parchada ismlar guruhiga kiruvchi soʻzlar necha xil soʻz turkumiga oid?
A) 3 B) 15 C) 4 D) 14
12. Respublikamiz maktablari oʻquvchilari hamda oʻqituvchilarini darslik va
qoʻllanmalar bilan ta᾽minlashni koʻngildagidek yoʻlga qoʻyaylik. Ushbu gapda 2 ta munosabat shakliga ega boʻlgan soʻzlar qaysi gap boʻlaklari vazifasini bajargan? A) 2 oʻrinda vositasiz toʻldiruvchi, 1 oʻrinda kesim
B) 2 oʻrinda qaratqich aniqlovchi, 2 oʻrinda vositasiz toʻldiruvchi
C) 1 oʻrinda qaratqich aniqlovchi, 2 oʻrinda vositasiz toʻldiruvchi
D) 2 oʻrinda vositasiz toʻldiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |