Тарихий ўлкашунослик фанидан амалий машғулот режаси ва ишчи дастури



Download 49,42 Kb.
bet4/6
Sana14.07.2021
Hajmi49,42 Kb.
#118976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-mavzu Maruza

1917 yil 14 mayda bo`lgan majlisida Musulmon mehnatkashlari, ishchilar deputatlari Sovetining Nizomi tasdiqlandi. Nizomga muvofiq tashkiliy byuro 15 iyulda bo`lgan yig`ilishda Toshkent, shahar Musulmon ishchi vakillari Sho`rosini saylash taklif qilindi. Unga 32 kishi saylandi. Ijroiya komitet 8 kishidan iborat bo`ldi. Uning boshlig`i qilib Salohiddin Muftizoda saylandi. 1917 yilning yozida Toshkentning eski SHaxarida 12 kasaba komiteti tuzildi. Unga Sultonxo`ja Qosimxo`jaev rais bo`ldi. O`sha yilning avgust oyi boshlarida Andijon shahrida musulmon hunar ahlining «Sanoyi «ul-islom» kengashi tuzildi. Unga 1500 kishi a`zo bo`lib kirdi. Toshkentda «Xurshid», «Sadoyi Turkiston», «Turon», «Turk eli», «Najot», «Kengash», «Sho`royi islom», Samarqandda «Oyna», «Hurriyat», Buxoroda «Turon», «Buxoroyi SHarif», Qo`qonda «Sadoyi Farg`ona», «Tirik so`z» gazetalari, «Hurriyat» jurnali, Farg`onada «Farg`ona nidosi» gazetasi chiqa boshladi. Ularda xalqning siyosiy faol bo`lishi ta`kidlandi. 1917 yil 23 iyulda Qo`qonda Farg`ona viloyati musulmon mehnatkashlari qurultoyi bo`ldi. 25 iyulda Marg`ilon mehnatkashlari Sho`rosi majlisi bo`lib, u «Farg`ona ishchi va askar deputatlari Sho`rosidan Marg`ilon shahri militsiyasining butun tarkibini front orqasidan qaytib kelgan mahalliy kishilar bilan almashtirishni» iltimos qildi. Ammo bolsheviklar 1917 yil iyul’ voqealaridan so`ng partiya VI s`ezdi dasturlari asosida ommani zo`r berib qurolli qo`zg`olonga tayyorlab bordilar. O`qituvchi 28 oktyabrda Toshketda qurolli qo`zg`olon boshlangani va 1 noyabrda Turkistondagi Muvaqqat huqumat ag`darib tashlanib, Toshkentda hokimiyat Sho`rolar qo`liga o`tgani va Turkiston o`lkasining boshqa shaharlarida ham hokimiyat birin-ketin bol’sheviklar qo`liga o`tganini uqtiradi. Ayniqsa, xalq kutgan maqsadlar ro`yobga chiqmagan Turkiston xalqlarining 1918—1920 yillarda milliy-ozodlik va erk uchun olib borgan kurashlari, Sho`rolarning milliy siyosatdagi xatoliklari va ularning oqibatlari muzey materiallarida deyarli yoritilmagan. 1924 yilda drama teatrining bir guruh ijrochilari: M. Uyg`ur, A. Hidoyatov, S. eshonto`raeva va boshqalar Moskvaga o`qishga yuborildi. Ular E. Vaxtangov rahbarligida o`qidilar. O`zbek drama teatri sahnasida N. V. Gogolning «Revizor», D. Furmanovning «Isyon», V. Ivanovning «14 — 69 bronepoezd», SHekspirning «Gamlet» va «Otello» asarlari qo`yilganligi o`zbek xalqining san`ati naqadar o`sganligidan dalolat beradi. Moskvada 1937 yil 21 maydan 30 maygacha o`tkazilgan o`zbek adabiyoti va san`ati dekadasi respublikada qisqa muddat ichida madaniyat sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishilganligini ko`rsatdi. Hamza nomidagi o`zbek Davlat akademik drama teatri, O`zbekiston Davlat filarmoniyasi hamda Muqimiy nomidagi o`zbek muzikali drama va komediya teatri Mehnat Qizil Bayroq ordenlari bilan mukofotlandilar. O`zbekiston misolida mustamlaka zulmidan ozod bo`lgan mamlakatda madaniyat naqadar tez o`sganligi katta namoyish qilindi. Dastlabki besh yilliklar mobaynida o`zbek xalqi sanoatni rivojlantirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. O`zbekiston sanoatining strukturasi tubdan o`zgardi: sanoatning qishloq xo`jalik mashinasozligi, mineral o`g`it ishlab chiqarish, kon sanoati, to`qimachilik sanoati kabi yangi tarmoqlari vujudga keldi. Quvasoy tsement-ohak kombinati, Toshkent to`qimachilik kombinati, CHirchiq ximiya kombinati, «Tashsel’mash» zavodlari qurildi. «Tashsel’mash»ning ishga tushirilishi bilan ko`plab qishloq xo`jalik mashinalari ishlab chiqarila boshladi. O`rushdan oldingi ikki besh yillikda O`zbekistonda 400 ta yangi korxona qurilib ishga tushirilgandi. Muzeyda o`sha birinchi besh yillikda Toshkentda qurilgan birinchi elektr elevatorining rasmini ham ko`rish mumkin.

Ulug` Vatan urushi qahramoni general-mayor Sobir Rahimon (1902—1945) g`oyat iste`dodli va jasur harbiy sarkarda, birinchi o`zbek generali edi. 1945 yil mart oyida general S. Rahimov diviziyasi Boltiq bo`yidagi katta port shahri Gdan’skka yaqinlashadi. SHiddatli janglar vaqtida u og`ir yaralanadi. S. Rahimov jangovar postda, Vatan ozodligi va mustaqilligi yo`lida o`zini qurbon qildi. U jangovar xizmatlari uchun ikkinchi darajali Suvorov ordeni, to`rtta jangovar Qizil Bayroq ordeni, Qizil YUlduz ordeni va «Kavkaz mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlangan edi. O`zbekiston tarixi muzeyida general-mayor Sobir Rahimovga bag`ishlangan maxsus burchak tashkil qilinib, bu erda uning harbiy kiyim-kechaklari, qurol-aslahalari va pixsiy hujjatlari, fotosuratlari qo`yilganki, bularning hammasi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta daliliy hujjat bo`lib xizmat qiladi. 1941 yil dekabrida O`zbekistonning birinchi prezidenti YO`ldosh Oxunboboev boshchiligida birinchi O`zbekiston delegatsiyasi frontga jo`nab ketdi. Delegatsiya a`zolari bilan suhbatda general L. A. Govorov bunday deydi: «Qabih dushman Moskvaga yaqinlashib, Moskva xavf ostida qolganda... bizlar o`z pozitsiyamizda mustahkam turdik. Biz butun sovet xalqining, shu jumladan, o`zbek xalqining doimiy yordami va qo`llab-quvvatlashini sezib turdik. Qorli Moskvadan quyoshli O`zbekistongacha — minglarcha kilometr. Ammo bu masofa bizni ajrata olmaydi. Biz bilamizki, siz bizlargayaqin va azizdirsizlar, biz h,am sizta yaqin va azizdirmiz». Mana shu so`zlar «O`zbekiston delegatsiyasi G`arbiy frontda», «General-leytenant L. A. Govorov O`zbekistonning birinchi prezidenti YO`ldosh Oxunboboev bilan» degan panno ostiga yozib qo`yilgan. 1943 yil 24 sentyabrda urush qiyinchiliklariga qaramay, O`zbekistonda Fanlar akademiyasi tashqil etildi. O`nga 23 ta ilmiy-tadqiqot institutlari kirdi, urush vaqtida O`zbekistonga ko`chirib keltirilgan Moskva, Leningrad, Kiev, Xar’kov olimlari respublika olimlariga katta yordam berdilar. O`sha yillarda O`zbekistonda 43 ta oliy o`quv yurti bo`lib, undagi studentlar soni 21 027 kishini tashkil qilgan edi. 52 ta texnikumda esa 10 068 o`quvchilar o`qirdi. Muzeyga Xalq Komissarlari Sovetining O`zbekiston Fanlar akademiyasini tashkil etish haqidagi qarorining fotosurati qo`yilgan. O`zbekistonda gaz konlari asosan Buxoro-Xiva, Farg`ona va Surxondaryo rayonlarida joylashgan. Gazli koni jumhuriyatimizdagi eng yirik konlardandir. Muzeyda gazoprovod o`tkazish tasvirlangan rasm bor. O`zbekistonda qishloq xo`jaligini rivojlantirishning negizlaridan biri kompleks mexanizatsiyalashtirishdir. Respublika jamoa xo`jaliklari tobora ko`proq yangi texnika bilan qurollantirilmoqda. Masalan, Sirdaryo viloyatida yangi tuzilgan «Sayxun» jamoa xo`jaligining bir o`zidagina 60 ta paxta terish kombaynlari ishlaydi, qo`riq erlarda tuzilgan kolxozlarda esa 600 dan ortiq paxta teruvchi zangori kemalar ishlamoqda. Urushdan keyingi yillarda qishloq xo`jaligini rivojlantirishda asosan paxtachilikni yanada yuksaltirish ko`zda tutilgan edi. Mirzacho`lni o`zlashtirish ishlari boshlanib, yangi paxtakor rayonlar vujudga keldi. 1963 yilda Sirdaryo viloyati tuzildi. 1960 —1965 yillar mobaynida bu erda 37,4 ming gektar qo`riq va bo`z erlar o`zlashtirilib, ekin maydoniga aylantirildi. Toshkent chinni zavodi o`zining xilma-xil maxsulotlari bilan shuhrat qozondi. Milliy naqshlar solingan idish-tovoqlarga, shuningdek, yubileylarga hamda muhim voqealarga atab ishlangan boshqa har xil sovg`alarga qiziqish katta. Juda ajoyib va nozik did bilan ishlangan Toshkent chinni zavodi mahsulotlaridan namunalar muzeyda o`z aksini topgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, muzey materiallari o`lkamizdagi qadim zamonlarda yaratilgan eng noyob yodgorliklar va keyingi davrda qo`lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni namoyish qilish bilan keng mehnatkash ommani, shu jumladan, o`quvchi va studentlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. Rivoj topgan muzeylar tarix va madaniyat yodgorliklarini targ`ib qiladigan muhim maskanlarga, oqil va fozil kishilar asarlarining, eng nodir qo`lyozmalarning xalq ustalari yasagan buyumlarning xazinalariga aylandi. Hozir respublikada 31 ta davlat va 150 ta xalq muzeyi bor. Ularning fondida O`zbekiston xalq ustalarining nodir asarlari alohida o`rin olib turibdi.

Samarqand, Buxoro, Xivadagi ulug`vor me`morchilik asarlari, O`zbekistonning hozirgi zamon arxitekturasy, muzeylarning boy fondi, voqeligimizning o`zi kishilarimiz uchungina emas, ko`pgina chet ellardagi kishilar uchun ham katta jozibador kuch bo`lib qoldi. Keyingi yillarning o`zidagina O`zbekistonni 520 mingdan ziyod ajnabiy va 840 ming turistlar kelib ko`rdilar. SHu vaqt ichida davlat muzeylarining o`zini 19 millionga yaqin kishi kelib tomosha kildi. YOdgorliklar mafkura ishining ta`sirchan vositasidir. Bu yodgorliklar hamisha safda, ko`z o`ngimizda, ularni istagan vaqtda borib ko`rish mumkin. Binobarin, har bir yodgorlik to`g`risida g`amxo`rlik qilinishi, unga e`tibor berilishi, u yaxshi holatda saqlanishi va o`rganilishi lozim. Bu ishga ko`proq maktablarda o`lkashunoslik ishini olib boruvchi rahbar — tarih geografiya va inson va jamiyat fanlari o`qituvchilari tortilmog`i darkor.
Download 49,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish