Tarbiyaviy soat



Download 1,4 Mb.
bet31/34
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#341845
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
8-SINF

Bog'ibihisht

(1378)

Bog'idilkusho



(1396-1399)

Bog'idibaland
(1397)




Bog'inav

(1404)

Bog'ishamol

(1397)

Davlatobod

(1399)

Bog'ichinor (1399)











Kesh- Qubbatul ilm val adab

Ahmad


Yassaviy

maqbarasi

(Turkiston)

Oqsaroy:

Agar bizning quvvat
va qudratimizga
ishonmasang,
bizning


imoratlarimizga boq

Zangi ota
maqbarasi
(Toshkent
viloyati,
XV)

Doris-siyodat
va Dorut-tilovat
majmuasi
(Shahrisabz
XIV-XV asr)

Ishratxona


(Samarqand
1397)

Shohizinda-
Shohimulk og' a,
Amir Husayn,
Shirinbeka og' a
maqbaralari,

Bibixonim Jomye masjidi,


Go'ramir dahmasi

Oqsaroy
(Samarqand,

XIV asr oxiri)

T abriz-masj id,


Sheroz-saroy,

Bag' dod -madrasa


Amir Temur Davlati
Madaniy hayoti

Temuriylar davridagi madaniy hayot

Ilm-fan:


  • 1429-y.-Samarqand akademiyasi “Dorul ilmga” asos solinishi;

  • 1424-1428-y.-Ulug’bek rasadxonasining qurilishi;

  • Ulugbek (1394-1449-y.)

  • Qozizoda Rumiy (Aflotuni zamon) (XIV - XV a)

  • G' iyosiddin Jamshid Koshiy (vafoti-1429)

  • Ali Qushchi (o'z davrining Ptolomeyi) (vafoti 1474)

  • Shamsuddin Muhammad Havofiy Taftazoniy (1322 -1392)

  • Jurjoniy (1339-1413)

  • Xo'ja Ahror (1404-1490)

  • Fasih Havofiy (1375-1442)

  • Nizomiddin Shomiy (XIV-XV)

  • Sharafiddin Ali Yazdiy (vafoti -1454)

Abdurazzoq Samarqandiy (1413 -1482)

Mirxond (1433-1498)

Xondamir (1475-1534)

Zahiriddin Bobur (1483-1530)

Adabiyot:

Sakkokiy (XIV-XV)

Lutfiy (1366-1465)

Abdurahmon Jomiy (1414-1492)

Alisher Navoiy (1441-1501)


  • Qosimi Anvar (1355-1433)

  • Davlatshoh Samarqandiy (1435-1495)

  • Husayn Boyqaro (1438-1506)

  • Husayn Void Koshifiy (1440-1505)

  • Atoiy

  • Durbek Muhammad Solih

Kitob san’ati, tasviriy san’at:

Mir Ali Tabriziy (1330-1404)



  • Nasta’liq xatini kashf etishi

Sultonali Mashhadiy (1432-1520)

  • “Qiblat ul-quttob”, “Sulton ul-xatot”

Mir Ali Kitob (XIV-XV)

  • Kamoliddin Behzod (1455-1535)

  • Mirak Naqqosh Qosim Ali Mahmud Muzahhib Shohmuzaffar

Musiqa:

Ulug' bek Buliniy, Shodiyona, Ahloqiy Navoiy Isfahoniy kuy Jomiy (musiqa nazariyasi)

Binoiy (musiqa nazariyasi)


  • Abuqodir Nayiy

  • Qulmuhammad Shayxiy

  • Husayn Udiy

  • Shohquli G'ijjakiy

  • Qosim Rabboniy

  • Ustod Shodiy Najmiddin Kazkabiy Xo'ja Yusuf Andijoniy

Me’morchilik:

Ulug'bek madrasasi (Buxoro, 1417-y)

Ulug'bek madrasasi (Samarqand, 1417-1420 y)

Ulug'bek madrasasi ( G'ijduvon, 1433-y)

Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Hojibek, Mirabduvali, Qutbuddin Sadr madrasalari (Samarqand)


  • Ulug'bek rasadxonasi (Samarqand, 1424- 1428 y)

  • Masjidi Muqatta’

  • Kokaldosh jome’ masjidi

  • Mirzayi hamomi va karvonsaroyi

  • Chilustun va Chinnixona saroylari

  • Xo'ja Ahror madrasasi (1456 y)

  • Ishratxona (1464)

  • Oqsaroy maqbarasi (1470)

  • Mir saroy (Astrobod)

  • Jome’i masjidi (Astrobod)

  • Husraviya (Marv)

  • Gavharshod masjidi (Mashhar, 1405-1418)

  • Ixlosiya madrasasi (Hirot)

  • Xalosiya xonaqosi

  • Shifoiya

  • Safoiya hammomi

Topshiriq: “Xotira” mashqi. Amir Temur bog'lari, Temuriylar davridagi me’morchilik.


Amir Temur bog' lari

Temuriylar davridagi me’morchilik























27-Mavzu: Intilganga tole yor (Chizmachilik, mehnat fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Ilm yo'lida izlanishdan tolmang”.

Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o'rgatish.

Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.


Doskada: “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lur chiroylik”.

O'qituvchi:




Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o'zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo'ladigan ko'p narsalarga guvoh bo'lasiz. Oyog'ingiz ostiga qarang - yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani - uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko'rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, “qo'l qovushtirib” turgani yo'q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o'tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo'llariga g'ayrat baxsh etgan. Holbuki bular - biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog'imiz lozim.

Bu o'rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:

Tuxum yerga kirib chechak bo'ldi,

Qurt jondin kechib ipak bo'ldi.

Lola tuxmicha g' ayrating yo' qmu,

Pilla qurticha himmating yo'qmu?

Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o'zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo'lib qolishiga sabab bo'ladi. Ayni shunday odamlar qorin to'yg'azish, kunni bir amallab o'tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo'l uradilar.

Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag'allikka eltuvchi asosiy yo'ldir. Go'zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o'rganmoq, g'ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro'-e’tibor, xotirjamlik o'z-o'zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro'shnoliklarga inson faqat o'z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi.

Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko'ydagi obro'si, ularga nisbatan o'zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o'tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so'zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o'rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo'lib qoladi.

Topshiriq: “Maqollar olamiga xush keldingiz” mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o'zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida. Masalan: Yurti boyning o'zi boy, Mehnat qilganning qo'li moy... davom ettiring.


  1. Mavzu: Velosiped va aravalar harakatlanishi hamda hayvonlarni haydab o'tishga doir talablar (Yo'l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo'l harakati qoidalari”ni o'rgatish yuzasidan mashg'ulot ishlanmalari to'plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o'tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

  1. Mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir (9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Vatan siylar Vatanini sevganlarni!”

Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o'tganlar ruhini shod

etmoqlikka, tinch kunlarga shukronalikka, tiriklar qadriga yetmoqlikka o'rgatish . Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Vatan tanlanmaydi, Vatan ardoqlanadi! Vatan saralanmaydi, Vatan siylanadi! Vatanning issiq-sovug'idan ozorlanmaydilar aksincha uning sarhadida ogoh turib, tinchligini saqlaydilar, dalayu dashtiga oro beradilar! Shundan cho'llarida bahorlar kuladi!” Zaminida duru gavharlar unadi!”.







O'qituvchi:

“Tarixdan saboq olib, zamon bilan hamqadam bo'lib yashash - bugungi hayotning o'tkir talabi” degan chiqishi bilan Prezidentimiz Islom Karimov 2012- yil 9-may kuni Poytaxtimiz Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab o tkazilgan marosimda ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob qaytarar ekan, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning bugungi va ertangi hayoti, jahonda va yon-atrofimizdagi mayjud vaziyat haqida o'ta muhim va dolzarb fikrlarni bayon etdi.

Davlatimiz rahbarining bu chiqishi, uning barcha nutq va ma’ruzalari kabi, o'zining dolzarbligi, keng qamrovi, teran mantiqiy asosi, amaliy xulosa va takliflar bilan xalqimiz, jamoatchiligimiz o'rtasida katta qiziqish uyg'otdi.

Mazkur suhbatda, avvalo, xalqimizning fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga munosib hissa qo'shgani alohida ta’kidlab o'tildi.

“Agarki ana shu dahshatli urushda 1,5 million yurtdoshimiz qatnashganini, shundan taxminan 500 ming vatandoshimiz halok bo'lganini inobatga oladigan bo'lsak, bu fojia O'zbekistondagi birorta xonadonni chetlab o tmagani ayon bo'ladi”.

Darhaqiqat, bu raqamlarning mag zini chaqadigan bo lsak, ular xalqimiz boshiga tushgan cheksiz qaygu-alam va iztiroblardan dalolat berishi oz-ozidan ravshan bo'ladi.

“Oradan yillar o'tadi, zamonlar o'tadi, lekin xalqimizning ko'ksidagi, qalbidagi mudhish urush azob-uqubatlari, ayriliq yarasi hech qachon unutilmaydi,- dedi davlatimiz rahbari. - Barchamizning ishonchimiz komil: fashizmga qarshi kurashda o'z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg'ubor osmonini asrash uchun mardlik, jasorat va qahramonlik ko'rsatgan, jon fido etgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy yashaydi, xalqimiz o'z o'g'lonlarining aziz nomlarini minnatdorlik bilan eslaydi, ularning oxirati obod bo'lishini Yaratganimizdan so'raydi”.

O'tganlar xotirasini o'z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo'lib kelgani va qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgani ushbu chiqishda alohida qayd etildi.

Xotira maydonida jurnalistlar bilan bo'lib o'tgan suhbatda tarixiy xotira tushunchasiga har tomonlama ilmiy va hayotiy asosda ta’rif berildi.

“Tarixiy xotira - bu umr mazmuni, avlodlar o'rtasidagi vorislik tuyg'usini, ularning bir-biriga daxldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma- ket bog'lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to'g'ri yo'l tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yo'l qo'ymaslik, ularni ko'z qorachig'idek asrash demakdir ”

(“Ma’rifat” gazetasi. 2012 yil.16 may soni )







Vatan - bizning qimmatimiz, nomusimiz, orimiz. Shu bois unga g' animlar tajovuz qilganida or-nomusli, g'ururli farzandlar oyoqqa turishgan.

Hammamizga ma’lumki, Vatanimizning janubiy sohasi - Surxondaryo hududlariga 2000 yil avgust oyida terrorli jangarilar suqulib kirdilar. Dushmandga qarshi kurashda jasorat va matonat ko'rsatganlar ancha. Ulardan bir nechtasi Vatan uchun, xalq osoyishtaligi uchun jonlarini qurbon qildilar.





Kim agar jon tikib vatan yo'lida Millat orzusi deb yelsa - yugursa Adolat yo'lida, iymon yo'lida,

Har doim bir tomon - xalqqa intilar,

Uni unutmagay ozod bo'lgan xalq Olam-olam gullar atri boshimda,

Mangu uyqudaman yigit yoshimda,

Quyosh yarqiraydi marmar toshimda.

Netayki, shod kunlar bo'lmadi nasib,

Ko'z yumdim mardlarcha elga munosib.

Surxondaryo hududlaridagi jangda Alisher, Elomon, Abduhalim, Yunus, Doniyor, Qahramon, Ulug'bek, Mahmudjon, G'afurjon, Boburjon, Marufjonlar mardlarcha halok bo'ldilari.Bunday vatan fidoyilarining xotirasi hech qachon xalq yodidan ko'tarilmaydi.

Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o'zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarimizni urug'lashni nazarda tutamiz. Eng muhimi, bu hayajonli

va iztirobli sana o'zimizga keladigan yosh avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular qalbida vatan va yurt uchun g'urur va iftixor tuyg'ularini uyg'otishga xizmat qiladi.

Islom Karimov

Topshiriq: “Qadrlash so'ziga ta’rif ” bering.


  1. Mavzu: Qo'shimcha axborot belgilari (Yo'l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo'l harakati qoidalari”ni o'rgatish yuzasidan mashg'ulot ishlanmalari to'plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o'tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

  1. Mavzu: Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz ( Xorijiy tillar oyligi doirasida)

Kun shiori: “O z ona tilimni hurmat qilgan holda, xorijiy tilni ham o' rganmoqchiman”


Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish