Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishlikka undash, xorijiy tillarni o'rganishga e’tiborlarini qaratishga o'rgatish . Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yuzta tilni biladigan odam- Villi Melnikov”
O'qituvchi:
Xitoy aholisi- 1 milliard 200 million kishi bo'lib, bu yerda ingliz, hind, ispan, rus, fransuz tillarida, Angliya, Amerika, Kanada kabi rivojlangan davlatlarda asosan ingliz tilida, Meksika, Kuba, Chili kabi 20 dan ortiq Lotin mamlakatlarida ispan tilida so'zlashiladi. Sobiq Ittifoq tuzumi davlatlarida 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydigan butun mamlakatda asosan rus tili millatlararo til hisoblangan.
Mamlakatimizning ko'pmillatliligi haqida fikr yuritganda, uning ijtimoiy- siyosiy omillar ta’sirida murakkablashib borganini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, chorizm istibdodi vas ho'ro imperiyasi davrida yurtimizga turli millat vakillari ko'chib kelishdi. Shuningdek, respublikamizning milliy tarkibi 1941-1945 yillardagi urush davrida yana o'zgardi. O'zbekiston frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1 milliondan ortiq kishini qabul qildi, ularga yordam, mehr- muruvvat ko'rsatdi. Bundan tashqari, butun bir xalqlarning qatag'on qilinishi natijasida koryeyslar, qrim-tatarlar, mesxeti turklari, nemislar kabi bir qator xalq vakillari ham yurtimizga majburiy tarzda ko' chirildi.
(Jamiyat va boshqaruv jurnali. 1/2010 yil) 1066 yilda qirol Vilgelmning farmoniga ko ra, normann-fransuz tili saroyning rasmiy tili, deb qabul qilinadi. Dastlab bu til mamlakat zodagonlari, keyinchalik oddiy xalq orasida keng tarqala boshladi. Shunday qilib, asta-sekinlik bilan Angliyada ingliz-saksonchada o'zgacha, yangi til paydo bo'ldi. Aynan ana shu til asosida zamonaviy ingliz tili yuzaga kelgan.
(Hamma narsa haqida kitobidan) “_Umuman, o'rtoqlar, agar rus millatiga mansub kishi o'zbek tilini bilsa, o'zbek esa rus tilini bilsa, buning ustiga hozirgi yoshlarimiz yana uchinchi tilni ham bilsalar, nur ustiga a’lo nur bo'lmasmidi”
(Islom Karimov. “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”) Topshiriq: “Jonkuyarlik” mashqi. Bunda o'quvchilar o'zlarining sinflari ingliz tili fan oyligida qanday jonbozlik ko'rsatishni rejalashtirayapti? Ingliz tili da xabar beradi. (har bir maktab o'zlarida qaysi xorijiy tili o'tilsa shunga qarab)
32-Mavzu: Sog'lom avlod yurt kelajagi Kun shiori: “Barkamol avlod yurt tayanchi”
Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ma’naviy va jismoniy sog'lom bo'lishga e’tiborlarini qaratishga o'rgatish, sog'lom avlod yurt kelajagi ekanligini singdirish .
Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Sog'lom avlod deganda, shaxsan men eng avvalo sog'lom naslni nafaqat jismonan baquvvat , shu bilan birga ruhi fikri sog'lom, iymon -e’tiqodi butun, bilimli, ma ’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni
Do'stlaringiz bilan baham: |