Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, milliy bayramimizga bo'lgan hurmatni yanada singdirish, milliy marosim, an’analarimizga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish.
Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: O' zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch”, “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O'zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Qutlug' kelgan bo'l Yil boshi-Navro'z O'zbekistonimga!”
O'qituvchi:
Respublikada Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish haqida
Respublikada insoniy qadriyatlarni yanada kamol toptirish, o'z-o'ziga ishonch ruhi va milliy g'ururni mustahkamlash, do'stlik, birodarlik, hamjihatlik, mehr- shavqatni ulug’lash, madaniy va tarixiy an’analarni davom ettirish hamda rivojlantirish, asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e’zozlash maqsadida Navro'z bayramini keng nishonlash yuzasidan quyidagilar amalga oshirilsin:
Dam olish kuni sifatida belgilangan 21 martda o’tkaziladigan Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilsin. Bu bayramni o'tkazishda 1990 yilda to'plangan ijobiy tajribalarni davom ettirgan holda, tola foydalanilmagan imkoniyatlar ham ishga solinsin. Bayramga tayyorgarlik korish va o'tkazish tadbirlarida respublikaning har bir fuqarosi yakdillik va hamjihatlik bilan faoliyat ko'rsatsin.
Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko rish va o'tkazish respublika tashkiliy qo'mitasi tasdiqlansin.
Har bir tashkilot, vazirlikdan tortib, sovetlar va mahalla qo'mitalarigacha- hamma joyda bayramni o'tkazish ishlariga javobgarlik aniq belgilab qo'yilsin. Respublika hududidagi korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xo'jaliklari, shirkatlar, jamoat tashkilotlari o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, bayram tadbirlarini tegishli transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari, to'y-hasham ashyolari bilan ta’minlasinlar hamda sarf-xarajatlarni oz zimmalariga olsinlar. Umumxalq xayriya harakatlarida faol ishtirok etsinlar. Fuqarolarning, jamoalarning Navro'z umumxalq bayramini o'tkazishdagi tashabbuskorligini qo' llab-quvvatlasinlar.
Bayram aholining barcha tabaqalari istak va xohishlariga, har bir joyning o'z sharoitlariga qarab o'tkazilsin.
Navroz umumxalq bayrami an’analariga binoan, har bir fuqaroga izzat-ikrom ko'rsatilsin. Qariyalar, bolalar, bemorlar, nogironlar holidan xabar olish, beva- bechora va boquvchisidan ajralganlarga mehr-shafqat ko'rsatishga alohida e’tibor berilsin.
O'zbekiston Televideniy va radioeshittirish davlat qo'mitasi bilan jamoat tashkilotlari, badiiy jamoalar o'tkazadigan xayriya uzluksiz ko'rsatuvi- telemarafon har tomonlama qo'llab-quvvatlansin.
Navro'z bayramini o'tkazish borasida qo'shni respublikalar bilan do'stlik, hamkorlik va madaniy aloqalar yanada kuchaytirilsin. O'zaro vakillar yuborish, mehmon qabul qilish tadbirlari ishlab chiqilsin.
Ommaviy axborot vositalari bayramni o'tkazish jarayonlarini keng yoritsin. Bu ishda jurnalistlarning mas’uliyati oshirilsin.
Qaysi yo'nalishdagi axborot vositasida bo'lishidan qat’i nazar Navro'z umumxalq bayramini yoritish yagona g'oya-insonni ulug'lash, milliy g'ururni ko'tarish, hamjihatlik, birodarlik, mehr-shafqat, tinch-totuvlik maqsadlari va g' oyalari bilan yo' g' irilsin.
Bayramga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish respublika tashkiliy qo'mitasiga bayram tadbirlarida tashabbuskor bo'lgan, faollik ko'rsatgan, fidokorona mehnat
va ijod qilgan kishilarni aniqlash hamda rag'batlantirish va taqdirlashga tavsiya etish topshirilsin.
O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Toshkent shahri, 1991 yil 12 fevral
Mustaqillikka erishmasdan turib, milliy bayramimiz “Navro'z” ning nishonlanishi xalqimiz uchun kutilmagan voqea bo'ldi. Chunki bayram qilinishi taqiqlangan davrlar edi. Mana 22-23 yillardan beri milliy bayramimiz Yil boshi - Navro'z ko'tarinki kayfiyat bilan o'tkazilib kelinmoqda. Navro'z o'zbek xalqi uchun mehr-muruvvat bayrami. Muchal yillari ham Navro'z kirib kelishi bilan bog'lanadi. Masalan, 2013 yil “Ilon yili” muchal yili har o'n ikki yilda kirib keladi. Keksa avlod vakillaridan so'rasangiz qachon tug'ilgansiz deb, ular baliq yili, sichqon yilida deb aytadilar.
Baribir milliy bayramimiz - “Navro'z” tarovati o'zgacha. Navro'z bilan bog' liq marosimlar, an’analarni har birimiz juda yaxshi bilamiz.
Navro'z ayyomingiz yana birbora qutlug' bo'lsin.
Topshiriq: “Ziyraklik” mashqi. Uydagi oila a’zolaringiz muchalini bilasizmi?
26-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati ( 9- aprel Amir Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)
Kun shiori: “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq”
Oqsaroy peshtoqidagi yozuv
Maqsad: O'quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Amir Temur va temuriylar davri madaniyatiga qiziqishni uyg'otish va hurmatni rivojlantirish.
Natija: O'quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko'zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar
Doskada: “Amir Temur buyuk siymo, buyuk me’mor, buyuk
madaniyatparvar, buyuk adolatparvar, buyuk yurtparvar va Buyuk Turon Amiri!”.
К1
к.
Amir Temur Davlati
Bog'lari
Do'stlaringiz bilan baham: |