Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha sinf rahbarlari uchun metodik qo`llanma


-mavzu: Nonning ushog`i ham – non



Download 72,35 Kb.
bet27/30
Sana31.12.2021
Hajmi72,35 Kb.
#276328
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
TEST BANNKI UCHUN JILD

29-mavzu: Nonning ushog`i ham – non

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga nonni isrof qilmaslik,”Non ham non,

nonning ushog`i ham non” maqolning mazmunini ochib berish.

O`quvchilarga nonni e`zozlashga, bobodehqonlarimiz, ota- onalarimiz mehnatini

qadrlashga o`rgatish.

O`quvchilarni mustaqil izlanishga undash,ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar



Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:

O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.

a)Psixologik muhit yaratish.

b)Navbatchi hisoboti.

II.Asosiy qism:

O`g`lim,nonni yerga tashlama,

Hurmati zo`r, qadri zo`r nonning.

Zamirida tog`dek beqiyos,

Mehnati bor bobodehqonning.

Bugungi mashg`ulotimizda bizga qadrli bo`lgan aziz ne`mat – nonning paydo

bo`lishida insonlar mehnati,uni isrof qilmaslik haqida tushunchaga ega bo`lamiz.

Xalq mehnati mahsuli nondir. U hayotning asosi, inson aqlu zakovati va odamlar

uchun kundalik oziq, mamlakat boyligi, tinchlik – ramzi hisoblanadi.Kimki mehnat

qilmasa, nonning qadrini bilmasa, o`z xalqining chin farzandi bo`la olmaydi. Non

bizning dasturxonimizga yetib kelguncha qanchadan – qancha mehnatkashlar qo`lidan

o`tmaydi deysiz.Shuning uchun u shunchalar shirin va tabarrukdir.

E`tibor bering. Dastlab urug`lik bug`doy saralanadi, qurutiladi,haydalgan yerga urug`

sepadigan mashinalar yordamida ekiladi. Dehqonlar tinmay mehnat qiladilar.

Bug`doy o`sa boshlaydi. Keyin boshoq tugadi va donlar misoli oltin kabi

yetiladi.Pishib yetilgan bug`doy kombaynlarda o`rib olinadi va doni ajratiladi.Ular

tegirmonda yanchilib, un qilnadi. Qoplarga joylanib, novvoyxonalarga

jo`natiladi.Novvoylar tomonidan turli-tuman bir-biridan mazali nonlar pishirilib

do`kon va bozor rastalariga mashinalarda jo`natiladi.

Mana, ko`rdingizmi non dasturxonimizga yetib kelgunga qadar qancha insonlarning

mehnatini talab qilar ekan.

nonlarning isrof bo`lib, partalar orasida,yerda uvol bo`lib yotishiga yo`l

qo`ymasligingiz kerak.

Non bu –hayot.

Non bu –mo`l – ko`lchilik.

Nonni ko`rsang tezda ol,

Ko`zga surt,qo`yningga sol!kabi hikmatli so`zlarga amal qilib yashashimiz kerak.

III.Yakuniy qism:

O`quvchilar mavzuni qay darajada o`zlashtirganliklarini tekshirish maqsadida

Tarqatma kartochkalar tarqatiladi. `

1.Non qachon paydo bo`lgan?

-Olimlarning taxminicha, nonning paydo bo`lganiga 15ming yildan oshgan.

2.Birinchi marta oshirilgan xamirdan qayerda foydalanishgan?

-Qadimgi Misrda birinchi marta oshirilgan xamirdan foydalanish odat tusiga kirgan.

3.O`zbekistonda nonning necha xil turi mavjud?

-Yurtimizda nonning 50 dan ortiq turi mavjud.

4. “Tarmoqlash” texnologiyasidan foydalanib nonning turlarini yozib ko`rsatish

mumkin.

Obinon, patirnon, shirmoy non, Samarqand noni, lochira, qotirma non, qatlama non,

jizzali non, churraknon, kulcha non kabi nonlarimiz ta`rifi yetti iqlimga tarqagan.

Endi bolajonlar, sizlar bilan bobodehqonlarimiz va novvoylarimiz mehnatlarini sanab

mana bu jadvalga joylashtiramiz.

Test savollari

1.Non turlari qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?

A.Makaron, lag`mon, lochira.

B.Bulochka, pirojniy, keks.

D.Lochira, norin, tort.

E.Patir non, obinon, jizzali non.

2. Bug`doy qanday mashina yordamida yig`ib olinadi?

A. Kombayn.

B.O`roq.


D.Buldozer.

E.Tegirmon.

3.Dasturxon ko`rki nimada?

A. Sharbat.

B. Meva.

D.Non.


E.Shirinlik.

O`quvchilarni rag`batlantirish.




Download 72,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish