Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma`suldir.
Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston
Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta`lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta`limi
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me`yoriy hujjatlar va Xalq ta`limi vazirligining
2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`iga 2-ilova: Ta`lim muassasalari sinf rahbari
to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo`l harakati qoidalari”ga doir
mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo`llanmada aks ettirilmagan.
Mazkur qo`llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam
sifatida Respublika Ta`lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida
“Tarbiyaviy soat”larning mashg`ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
Umumta`lim maktablarining 2-sinf o`quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy
soat” mashg`ulot ishlanmalarida mazmunan o`quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni
shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy
qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari,
tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda
nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalarni o`tkazishda nimalarga e`tibor
berish to`g`risida tavsiyalar berilgan.
“Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini o`tish va mazkur mashg`ulot ishlanmalaridan
foydalanishda o`qituvchi ijodiy yondoshgan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida
har xil qiziqarli o`yinlar orqali noananaviy tarzda tashkil qilishi mumkin.
3 – SINF
№ O`tiladigan mavzular Soati O`tish vaqti
1 Serquyosh O`zbekiston! 1
2 Qishloq yo`llarida harakat(Yo`l harakati qoidalari) 1
3 Shaxsiy gigiyena 1
4 Ustoz mehri (1-oktabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni
munosabati bilan)
5 Yo`l-transport hodisalarining sabablari(Yo`l harakati
qoidalari)
6 Bo`lay desang baquvvat bardam,sport bilan shug`ullan
hardam.
7 Ona tilga ehtirom (O`z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun
qabul qilingan kun munosabati bilan)
8 Chorraha va uning turlari(Yo`l harakati qoidalari) 1
9 Oilada tejamkorlik 1
10 Bayrog`imiz – faxrimiz (18 noyabr - O`z.Res. Davlat
bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)
11 Piyodalarning yakka,guruh va jamlanma harakatlanishi
(Yo`l harakati qoidalari)
12 Bizning huquqlarimiz (8 dekabr – Konstitutsiya kuni
munosabati bilan)
13 Davlatimiz madhiyasi (10 dekabr - O`z.Res. Davlat
madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
14 Imtiyoz belgilari(Yo`l harakati qoidalari) 1
15 Mening huquqim va boshqalar huquqi 1
16 Yangi yil rejalari(Yangi yil bayrami yaqinlashishi
munosabati bilan)
17 Vatanimiz himoyachilari (14 yanvar – Vatan
himoyachilari kuni munosabati bilan)
18 Jarohatlangan shaxsga birinchi yordam ko`rsatish (Yo`l
harakati qoidalari)
19 Jahonga tinchlik 1
20 Bobolarimiz merosi (Navoiy va Bobur tavallud kunlari
oldidan)
21 Jamoat joylarida o`zini tuta bilish.Did bilan kiyinish. 1
22 Saxiylik va baxillik o`gitlari 1
23 Onajonlar,sizga ta`zim! (8 mart – Xotin-qizlar kuni
munosabati bilan)
24 Kim bo`lsam ekan? 1
25 O`zbek milliy o`yinlari ( 21 mart – Navro`z bayrami
26 Taqiqlovchi belgilari (Yo`l harakati qoidalari) 1
27 Amir Temur ajdodlarimiz. 1
28 Ko`hna obidalar-tarix guvohi 1
29 Nonning ushog`i ham non. 1
30 Vatan-muqaddas (9-mayXotira va qadrlash kuni oldidan) 1
31 Temir yo`l kesishmasida (Yo`l harakati qoidalari) 1
32 Kitob-oftob 1
33 Yaxshi dam-o`qishga hardam. 1
Do'stlaringiz bilan baham: |