Xulosa qilib aytganda, nutqida nuqsoni bor bolalarni logopedik ta’limga jalb etish, - har tomonlama rivojlantirish, insonparvarlik, fidoiylik ruhida tarbiyalash, o'qitish, nutq kamchiklarning oldini olish va sog'lomlashtirish hayotgtayyorlash va normal rivojlangan insonlar jamiyatiga moslashtirish amaldagi vazifalardan biridir.Nutqdagi kamchiliklar bolalarning muomala qilish va bilim olishi uchun bir muncha salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nutq nuqsoni о‘z-о‘zidan yо‘q bo'lmaydi, uni tuzatish logopedning ishi, shunday ekan nutq buzilishlari uzoq vaqt bartaraf etish ishlarini olib borishni talab etadi. Logopedik korreksiyani tо‘g‘ri tashkil etmoq uchun nutq faoliyati buzilishining sabab va mohiyatini to'g‘ri anglab olish, nutqidagi kamchiliklarning paydo bо‘lishi nutq buzilishlarining rivojlanishi va uni bartaraf etish qonuniyatlarini bilib olish kerak. Bu esa ravon tо‘g‘ri nutqning yuzaga chiqishiga, aniq maqsadni ko'zlab harakat qilishga kamchiliklarni bartaraf etishga munosib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |