Тарбиявий ишлар методикаси фанидан 3-Жорий назорат иши



Download 0,5 Mb.
bet9/11
Sana21.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#70830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Жорий Эсонова Ж тарбия

"KLASTER" USULI
“Klaster” usuli erkin va ochik fikr yuritishga imkon beradi, ukuvchining fikrlash kobiliyatini ustiradi.
“Klaster”ni tuzish koidalari:

  1. Xayolingizga kelgan fikrni yozing.

  2. Imloga e'tibor bermang.

  3. Vakt tugamaguncha yozavering.

  4. Kuprok boglanishlar tuzing.

Zamonaviy pedagogik texnologiyaning ushbu elementidan belgilangan vakt ichida (masalan, 3 minut ukuvchi mavzuga oid fikrlarni yanada takomillashtirish, kuprok izlash, izlanish imkoniyatlariga ega buladi.)

  1. O'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash mezonlari va materiallari

Baholash - ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o'quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o'lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Baholashning maqsadi - ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv materiallari o'zlashtirilganligini, ko'nikma va malakalar hosil bo'lganligini tekshirish hamda baholash, ta'lim jarayonining turli bosqichlarida ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilishdir.
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta'limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda o'quv materialining o'zlashtirilganligi haqida ta'lim beruvchi xam, ta'lim oluvchi ham muayyan ma'lumotga ega bo'ladi. Baholash natijasida, ta'lim beruvchi uchun ta'lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi material yaxshi o'zlashtirilganu, qaysi biri hali etarli darajada o'zlashtirilmaganligi yoki umuman o'zlashtirilmaganligi ma'lum bo'ladi. Bu ta'lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo'lib hisoblanadi. Ta'lim beruvchi o'z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O'z ishi metodlariga tuzatishlar kiritadi. SHuningdek, baholash natijalari ta'lim beruvchining o'quv dasturidagi materiallarni ta'lim oluvchining bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi birlari esa oson o'zlashtirilishi aniq-ravshan bo'ladi. Bu ta'lim oluvchining ijodiy tarzda darsda tayyorgarlik ko'rishi va o'quv mashg’ulotini o'tkazishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta'lim oluvchi ham ta'lim jarayonida qaysi o'quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va nimani yomon o'zlashtirgani ma'lum bo'ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta'lim oluvchi o'z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to'g’ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga go'yo u o'quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog’ida esa materialni yaxshi bilmaslagi, yaxshi tushunmasligi ma'lum bo'lib qoladi. Baholash natijasida, ta'lim oluvchilarning o'rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esga saqlab qolish, anglab olish, amalda qo'llay olish, tahlil qilish va o'z bilimlarini tanqidiy baho berish darajalari aniqlanidi. Ta'lim oluvchi o'z bilimlarining ijobiy tavsifi, ta'lim muassasasida va uydagi ishining uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va ko'nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bilimlarni, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta'lim oluvchilarning o'qishga, o'z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni engish istagi tug’iladi. Baholash hamisha ta'lim oluvchining shaxs sifatida o'ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchining o'ziga nisbatan munosabatini, tuyg’ularini, uning xarakteridagi irodalilik, hamkorlik, o'zoro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga qaratilishi lozim bo'ladi.
Ba'zan baholash jarayonida ta'lim oluvchi qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalarga ham erishadi. Ta'lim jarayonida o'zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib etadi. SHu bois, baholashni ta'lim olish jarayonining davomi deb ham aytish mumkin.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta'lim muassasasi jamoasining ta'lim-tarbiya sohasidagi faoliyatiga, ukuvchilarning umumiy o'zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta'lim standartlarida davlat tomonidan qo'yilgan talablar nechog’lik bajarilayotganligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o'zida butun ta'lim tizimi va uning komponentlari tekshirilib ko'rilishi kerak. Bu bilan ta'lim tizimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o'lchanadi. Bilimlarni muntazam baholab borish ta'lim rejasi, uning katta-kichik bo'limlari asosida amalga oshiriladi. Ta'lim tizimi natijalari muayyan standart me'yori orqali ifodalanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta'lim oluvchining, balki ta'lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o'quv jarayonidagi kamchiliklar ham aniqlanadi. Ta'lim vositalari, rejalari, ta'lim jarayonining tashkil etish sifatida ham baho beriladi.
Ta'lim dasturining qism bo'laklari bo'yicha muntazam baholab borish oxir-oqibat aniq va adolatli baholanish shakllanishiga olib keladi. Kichik bo'limlar bo'yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning aniq bo'lishiga yordam beradi. Ta'lim oluvchini muntazam ravishda o'z nitijalari to'g’risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro'yobga chiqarishga ijodiy ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim berish davomidagi nazorat natijalarini o'lchab borish bilim, ko'nikma va malakalarni baholash o'quvchining o'zligini anglashi uchun bir imkoniyatdir.
YUqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Nima uchun baholash kerak?

  • O' quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;

  • Keyingi bosqichga o'tishdan oldin avvalgi o'zlashtirish darajasi aniqlash uchun;

  • Natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;

  • O' quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun;

  • YUtuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;

  • O' qituvchi o' z faoliyatini tuzatishlar kiritishi uchun;

  • YAlpi o' zlashtirish darajasini aniqlash uchun;

  • Ta'lim j arayoni yutuqlarini aniqlash uchun;

  • Ta'lim oluvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;

  • Tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota- onalarga ma'lumot berish uchun.

Nimani baholash kerak?
*amaliy ko'nikma va malakalarni;
*xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni;
Kachon baholash kerak?
*Ta'lim jarayoni boshida (boshlang’ich baholash)
*ta'lim jarayoni davomida (joriy baholash)
*ta'lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).
Baholashning asosiy xususiyatlari;
*ta'lim maqsadiga yo'nalganlik;
*muntazam o'tkazib borish;
*pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
*umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.
Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o'zaro taqqoslanishi, ya'ni o'lchanishi lozim bo'ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari o'quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko'rsatkichdir. Bu ko'rsatkichlar so'zlar («a'lo», «yaxshi», «qoniqarli» va xokazo) yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, baholash mezonlari ta'lim oluvchining qaysi o'zlashtirish darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo'yiladigan ball ko'rsatkichining tavsifidan iborat.
Baholash tamoyillari. Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik talablarga javob berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish sistemali, doimiy tarzda bo'lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta'lim oluvchilarning o'qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta'sir qiladi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta'lim oluvchi uning qaysi bilimlari, ko'nikma va malakalari baholanayotganini bilish kerak. Ta'lim beruvchining sovollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni tekshirish va baholash o'quv jarayonining muhim bir bo'lagiga, uning tarkibiy qismiga aylangan taqdirdagina ro'y beradi.
Ta'lim oluvchining bilimlari, ko'nikma va malakalari davlat o'quv rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.
Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligini poydevori hisoblanadi.
*o'quv maqsadlariga asoslanganlik
*haqiqiylik
*haqqoniylik
*ishonchlilik
*qulaylik

  1. O'quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili o'quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o'quv maqsadlariga to'g’ridan-to'g’ri bog’liqdir. O'quv maqsadlari baholash mazmunini aniqlab beradi. O'quv maqsadlarining quyilish darajasiga qarab, baholashning shakli va usullari tanlanadi. SHuningdek, o'quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan faoliyat natijasi, baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

  2. Haqiqiylik.O'quv maqsadida ko'zda tutilgan natijagina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo'lishi lozim.

Ta'lim oluvchi erishgan natijalar to'g’risida asoslangan va ishonchli axbarotlar berish kerak. Ta'lim oluvchi egallagan bilim, malaka va ko'nikmalar hamda shaxsiy fazilatlarni o'lchash imkonini beradigan metodalardan foydalanish zarur.

  1. Haqqoniylik (ob'ektivlilik). Bir xil topshiriq va testlar bo'yicha bir xil baho bergan holdagina mazkur topshiriq va test haqiqiy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun ham taalluqlidir. Baholash tizimi o'quv maqsadalariga mos bo'lishi, shuningdek baholash shart-sharoitlari va maqsadlari bilan o'quvchilar oldindan tanishgan bo'lishlari lozim. Ta'lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi va hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.

  2. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin, bu usullarni tanlashga qo'yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Usul ishonchli bo'lishi uchun baholash asosli va aniq ma'lumotlarga asoslangan bo'lishi zarur.

  3. Qulaylik. Baholash tizimi o'quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o'quv ishlab chiqarish standartlariga mos bo'lishi, murakkab bo'lmasligi, nazorat o'tkazuvchi va ta'lim oluvchi uchun qulay bo'lishi lozim. Baholashni o'tkazishda imkon qadar komp’yuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Topshiriq yoki test paytida ball beriladigan bo'lsa, ball berish o'rganish maqsadlarini nazorat qilishga moslashtirilgan bo'lishi lozim. Bunda mavzuning muhimroq bo'lgan qismlariga unchalik muhim bo'lmagan qismlariga nisbalat ko'proq ball berish kerak bo'ladi.
Baholashning reyting tizimi. Reyting tizimidagi ta'lim jarayonida baholash quyidagi nazorat turlari orqali aniqlashishi mumkin:

  • Nazorat qilish

  • Xulqini baholash

  • Amaliy bilimlarni baholash

  1. Nazorat qilish orqali o'zlashtirganlikni aniqlash:

  • ta'lim oluvchining bilim ko'rsatkichlari darajasini, malakasini shakllantirish;

  • ta'lim oluvchini doimiy baholash va ular olgan baholarni taqqoslab borish;

  • ta'lim oluvchining o'qishga intilishga va o'zaro bellashishga imkoniyatini shakllantirish;

  • ta'lim oluvchilarning bilim saviyasi va malaka ko'nikmalarini haqqoniy baholash;

  • ta' lim beruvchilarning pedagogik faoliyatini to' g’ri baholash.

  1. Xulqini baholash orqali o'zlashtirganlikni aniqlash:

  • ta'lim oluvchilarning darslarga qatnashishi intizomini yaxshilash va ularni fanlar buyicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish;

  1. Amaliy bilimlarni baholash orqali o'zlashtirganlikni aniqlash:

  • ta' lim beruvchi va ta' lim oluvchining o' z qobiliyatini oldindan rejalashtirish;

  • ta' lim j arayonining borishini tezkor tahlil qilish;

  • o'z faoliyatida zaruriy o'zgarishlar kiritish imkoniyatini yaratish uchun.

NAZARIY BILIM VA AMALIY KONIKMALARNI BAHOLASH.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish