Tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi



Download 329 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana10.07.2022
Hajmi329 Kb.
#767972
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

 

 
A.I.Gersen, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va N.A.Dobrolyubovlar 
taraqqiyotparvar shaxslar sifatida jamiyat hayotiga daxldor, xususan, oila tarbiyasi 
samaradorligini oshirishga doir ilg„or fikrlarni ilgari surishgan. Boshqa 
ma‟rifatparvarlarning pedagogik yondashuvlaridan farqli ular oila tarbiyasining 
imkoniyatlarini yanada keng, alohida ajratib kо„rsatishga uringanlar. 
Aleksandr Ivanovich Gersen
(1812-1870 yy.) о„z davrida birinchilardan bо„lib, 
dvoryan oilalarida bolalarni о„qitish va tarbiyalashga yо„naltirilgan harakatlarning 
tashkil etilishini keskin tanqid qildi. Adib dvoryan oilalarida yо„lga qо„yilayotgan 
tarbiyani “qullik va mustabidlik maktabi” deb nomladi. Obrazli ravishda bunday 
oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarni zamonaviy liboslar osib qо„yilgan garderobga 
qiyosladi. A.I.Gersinning fikricha, dvoryan oilalaridagi tarbiyachilar “bolalarning 


qotillari” bо„lib, ular bolalarni aqliy va axloqiy jihatdan nopob qilib о„stiradilar, 
xolos.
Adib oila tarbiyasini “muhim ahamiyatga ega ijtimoiy ish”, deb baholaydi. Shu 
sababli ota-onalar bolalarni tarbiyalash borasida jamiyat oldida majbur, burchli 
ekanliklarini qayta-qayta uqtiradi.
A.Gersen ayollarning erkaklar bilan ijtimoiy tengligining tarafdori edi. U 
ayollarning faoliyati faqat bolani tarbiyalash bilan chegaralanmasligi ta‟kidlaydi: 
“Ayollarning oilaviy vazifasi har qanday holatda ham uning ijtimoiy roliga ta‟sir 
etmaydi. Dunyo erkaklar singari ayollar uchun ham birdek ochiq”. Adibning qayd 
etishicha, ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki uning tarbiyaviy rolini 
kuchaytirishgagina xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ayollar tо„laqonli ta‟lim 
olishlari kerak, degan g„oyani yoqlab chiqqan. 
Otaning bola tarbiyasidagi roli nihoyatda mas‟uliyatli, bolalarning taqdiri otaga 
bog„liq ekanligini uqtirgan A.Gersen о„z bolalarining tarbiyasiga jiddiy e‟tibor 
qaratdi: “Agar bolalar yomon yо„lga kirib ketishsa, bu mening aybim bо„ladi”. 
Adib farzandlarining tarbiyasiga jiddiy e‟tibor qaratdi, ular uchun tarbiyachilarni 
о„zi tanladi, doimiy ravishda ularning faoliyatini kuzatib bordi va yо„l qо„ygan 
xatolarni tо„g„rilashga harakat qildi.
A. Gersen asosiy e‟tiborni tarbiyaning g„oyaviy mohiyatiga qaratib, barcha 
imkoniyatidan foydalangan holda farzandlarining vatanparvar, insonparvar, 
о„zgalarga g„amxо„r, mehribon, shaxsiy orzu-umidlarga nisbatan esa sadoqatli 
bо„lib voyaga yetishlari uchun harakat qildi.
Adib har bir oilaning muayyan qadriyatlarga ega bо„lishi muhimligini, buning 
uchun ota-ona va farzandlar, oilaning barcha a‟zolari о„rtasida о„zaro hurmat, 
mehr-muhabbatni shakllantirish zarurligini qayd etgan. Bolalar yoshligidanoq bir-
birlariga, oilaning barcha a‟zolariga nisbatan muhabbatlarini namoyon eta olish, 
yaqin kishilar haqida g„amxо„rlik qilishlari kerak.
A.I.Gersenning bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini, ongli xulq-atvorni 
shakllantirish oilaning asosiy vazifasi ekanligi borasidagi fikrlari bugungi kun 
uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir. 
Rus pedagoglari orasida

Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish