Tarbiyainstituti


ўйинлар. - Т. 1999. - 60 с



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/217
Sana14.07.2022
Hajmi12,36 Mb.
#799756
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   217
Bog'liq
MILLIY VA HARAKATLI OINLAR.Усмонхужаев

ўйинлар. - Т. 1999. - 60 с.
2 7 . U sm o n x o d ja e v
T .S ., 
A b d u lla ev
S h .A ., 
S o lie v
A .O .,
A b d u m a lik o v a E .N . B o la la r v a o 4sm irlar sporti asoslari. - T : Z am on -
P oligraf, 2 0 1 4 . - 189b.
2 8 .
Q u rb on ova М .А . 5 0 0 m ash q v a harakatli o 'yin lar. II q ism . T ,
1999. -6 0 b.
2 9 .
Q urbon ova M .A ., Q o sim o v a M .U . M illiy v a harakatli о суийаг:
0 ’q u v -u slu b iy q o 'lla n m a . T ., 2 0 0 9 . - 66 b.
218


VII bob. HARAKATLI 0 ‘YINLARGA 0 ‘RGATISH
USLUBIYATI
7.1 . Harakatli o ‘yinIarga dastlabki o ‘rgatishning
psixopedagogik ahamiyati
Bolalami harakatli o‘yin!arga dastlabki o'rgatish, ularda ushbu 
o'yinlamiug mohiyati, sog‘Uqni mustahkamlovchi va hayotiy zarur 
harakat 
ko‘nikmalarini 
shaldlantiruvchi 
qiymati 
haqida 
ilk 
tasaw um i hosil qiUsh o‘ta muhim fundamental ahamiyat kasb etadi.
HarakatU o‘yinIarining mazmuni, shart-sharoitlari, tartib- 
qoidalari, ushbu o‘yiniarda ijro etiladigan rollar, obrazlar va 
psixofunksional topshiriqlar bolalar qanchalik keng va chuqur 
singdirilsagina ularda qiziqish hamda motivatsion ehtiyoj yuzaga 
keladi. Binobarin, har bir harakatU o‘yin o‘zining hajmi, shiddati 
(yuklama jihatidan) va murakkabligi jihatidan bolalaming yoshi, 
jinsi, nihiy va jismoniy imkoniyatlariga qarab qo‘llanilishi ularda 
ana shu yuzaga keladigan qiziqish va motivatsion ehtiyojni yanada 
kuchaytiradi.
Mazkur jarayonning samaraU amalga oshishi ustivor jihatdan 
muayyan harakath o ‘yinlarga o‘rgatish uslublari va prinsiplari bilan 
belgilanadi.
Dastlabki o‘rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda 
bolaning ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e'tiborga 
olinishi zarur. Bosh-qacha qiUb aytganda dastlabki o‘rgatish 
jarayonida o‘tkaziladigan o‘yinlar yuklamalari shug'ullanuvchi 
bolalaming 
jismoniy 
va 
funksional 
imkoniyatlariga 
qarab 
me’yorlanishi va qo‘llanilishi lozim.
MaTumki, o‘yinlaming (yuklamasi) hajmi va shiddati inson 
salomatligi, uning jismoniy va funksional shakUanishida muhim 
ahamiyatga egadir. Lekin barcha o‘yin turlari, jumladan, sport 
to‘garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar 
hajmi hamda shiddati shug‘ ullanuvchining funksional imkoniyat- 
lariga mos kelishi yoki xiyolgina yuqori bo‘lishi lozim. Chunki 
biologiya fanida azaldan o‘z isbotini topgan qonuniyatlarga ko‘ra, 
ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida bajariladigan 
kundalik jismoniy yuklamaning (nagruzka) yalpi ta‘sir “kuchi”
219


organizmning funksional imkoniyatlaridan doimo yuqori bo‘lsa, shu 
organiznida (organlar, mushaklar, tomirlar, hujayralar, to ‘qimalar, 
yurak, o‘pka, taloq, jigar va h.k.) zo‘riqish yoki tez toliqish 
alomatlari paydo bo‘ladi.
Bunday salbiy “izlar” odamning, ayniqsa, bolaning odatiy 
funksional faoli-yatini izdan chiqaradi, kayfiyatini tushiradi, uyquni 
buzadi, piravordida ish qobiliyatini susaytiradi va uni to'liq 
tiklanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar shunday yuklamalar ustunhgi bola 
faofiyatida surunkaU qaytariUb tursa, organizmning nafaqat normal 
o'sishiga ta’sir etishi mumkin, balki ushbu yuklamalar ustunligi turU 
funksional “obyekt”larda lokal yoki global patologik asoratlar paydo 
bo‘Hshiga oUb kelishi ehtimoldan hoU emas. Aksincha, kundalik 
yoki yalpi mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddati funksional 
imkoniyatdan past bo'lsa, jismoniy sifatlaming shakllanishi susayadi, 
ish qobiUyati kuchaymaydi. Shunday ekan, kundalik yoki yalpi 
yuklamalar, shu jumladan, jismoniy tarbiya darslari va trenirovka 
mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan o‘yin yuklamalamn bolalarning 
yoshi, jinsi, jismoniy va fixnksional imkoniyatlariga qarab “to‘lqin- 
simon” prinsipda oshira borish darkor. Demak, bolalarga oid 
o‘yinlami tashkil qilishda pedagogik va tibbiy nazoratga asoslanish 
sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas 
qismidir.
Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o'tkaziladigan 
o‘yinlar mazmunini maqsadU rejalashtirish va boshqarish har bir 
mutaxassis (o‘qituvchi, murabbiy, tashkilotchi, uslubchi, yo‘riqchi) 
va rahbar shaxsga katta mas’uUyat yuklashi, ular jismoniy 
madaniyat, 
jismoniy 
tarbiya, 
jismoniy 
rivojlanish, 
jismoniy 
tayyorgarlik va sport masalalariga oid biUmlarni o‘zlashtirishlari, 
muvofiq 
kasbiy-pedagogik 
malaka 
va 
ko'nikmalarni 
puxta 
egaUashlari zamrligi isbot talab qilmaydi.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch, 
tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanUk kabi sifatlar 
ilmiy obyekt sifatida azaldan ko‘pdan-ko‘p tadqiqotchi olimlar 
diqqatini jalb qiUb kelgan. Ularning tadqiqotlarida jismoniy 
sifatlarning mohiyati, mazmuni, ulami jismoniy tarbiya va sport 
hamda 
boshqa 
jarayonlardagi 
ahamiyati 
va 
rivojlantirish 
muammolari atroflicha yoritilgan.
Ushbu muammolami turii yoshdagi o'quvchi yoshlar va bolalar 
sporti misoUda o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham 
talaygina ilmiy nashrlarda o‘z ifodasini topgan.
220


Ta’kidlash joizki, jismoniy tarbiya va sport turlari nazariyasi va 
uslubiyati bo'yicha nashr etilgan darslik hamda qo'llanmalarda 
jismoniy tayyorgarlik tushunchasi — bu muayyan kasbiy faoliyat yoki 
sport turida m a’lum jarayon samaradorligini belgilab berish 
darajasida shakllangan tayyorgarlik — ish qobiliyati, harakat sifatlari, 
malakalari va ko‘ nikmalarining integral ifodasini anglatadi
Sport 
amaliyotida 
(kasbiy 
amaliyotda 
ham) 
jismoniy 
tayyorgarlik, odatda, ikki bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan — 
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik turlariga bo'linadi.
Hayot davomida inson sog‘lig‘i, uning aqliy va jismoniy faolligi, 
ko‘p yillik sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana 
borishi ustuvor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va 
darajasi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida qo‘yiladigan asosiy 
maqsad — sog‘liqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga 
erishish awalambor yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlami 
rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratadi. Aksariyat olimlarning 
ta’kidlashicha, muayyan sport turi bo‘yicha muntazam o‘tkazib 
boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun jihatdan to‘g‘ri tashkil 
qilingan mashg‘ulotlar bolalar va o‘smirlar organizmiga ijobiy ta ’sir 
ko‘rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan 
va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar salbiy oqibatlarga olib 
kelishi kuzatilgan. Binobarin, dastlabki o‘rgatish bosqichida jismoniy 
va texnik-taktik mashqlar nisbatini to‘g‘ri rejalashtirish bolalar 
sog‘lig‘i va ularning harakat mahoratini samarali shakllantirish 
imkoniyatini yaratadi.
0 ‘rgatish jarayoni — bu pedagogik jarayon bo‘lib, trener- 
o‘qituvchidan katta mahorat, kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. 
Lekin shunday bo‘lsada, harakatni (o‘yin malakasini) ijro etish 
texnikasiga o‘rgatish boshqa ahamiyatli sabablarga ham bog‘liqdir: 
bolaning faolligi, rnashg1 ulotlarning soni, sifati, davom etish 
muddati, yordamchi texnik uskunalar, mashg‘ulot o‘tkaziladigan 
joyning shart-sharoitlari, bolaning qiziqishi, harakat “boyligi” , 
tajribasi va hokazo.
Shuni ham aytish zarurki, harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish 
muddati bolaning oilaviy sharoitiga, uning ijtimoiy va iqtisodiy 
imkoniyatiga hamda ruhiy holatiga ham bog‘liqdir.
Yuqorida keltirilgan m alum ot va o‘rgatish jarayonida e’tiborga 
olinadigan omillar ma'lum uslubiy tartibda asoslangan rejalashtiruv 
hujjatlaridan joy olishi kerak. Bundan tashqari bolaning ichki “sirli”
221


imkoniyatlarini hamda mavjud omillami aniqlash turU harakath 
o‘yinlar yordamida amalga oshiriUshi zarur.
Dastlabki o'rgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga 
oshiriladi va bu bosqichlaming har biri o‘ziga xos uslub va 
prinsiplami o‘z ichiga oladi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish