5.5.7. To‘puzatish Oyinga tayyorlanish. 0 ‘ynovchilar 4 ta jamoaga bo‘linib, o‘zaro
parallel bo‘lib, to‘rt qatorga tizilib, qo‘llarini yonlariga uzatgan va
oyoqlarini yonga kergan holda start chizig‘ida turadilar. Birinchi
bo‘lib turgan o‘yinchilarda basketbol yoki voleybol to‘pi bo'ladi.
O yinning tavsifi. 0 ‘qituvchining signahdan keyin o‘yinchilar
to‘pni boshidan oshirib uzata boshlaydilar, to‘p oxirgi o‘yinchiga
borgandan keyin o‘yinchilar oyoqlarini juftlamasdan sakrab orqaga
aylanib, to'pni boshdan oshirib uzatadilar. To‘p birinchi uzatgan
o‘yinchiga borgach, shu harakat yana takrorlanadi. Shundan so‘ng
144
to‘pni oyoqlar orasidan, keyin o‘ng va chap tomondan uzatadilar.
Shu to‘rt usul bilan to‘p uzatishni xatosiz birinchi bo‘Iib tugatgan
jamoa g‘olib hisoblanadi.